Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿

ZukkoTarbiyachi
🌈 Kanalimizga xush kelibsiz. 👩‍💼 Barcha MTT uchun! 📙 Koʻrgazmalar. ☑️ Test savollar @ZukkoTarbiyachilar 💻 MTT hujjatlar 📚 Eng yuqori malakali metodik tavsiyalar 👩‍💻 Murojaat uchun: @Dadaboyeva_O
Subscribers
64 800
24 hours
30 days
-200
Post views
1 074
ER
4,49%
Posts (30d)
600
Characters in post
1 057
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Entertainment & Media
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 26, 02:22
Media unavailable
3
Show in Telegram

Izoh qoldiring. Sizda ham shundaymi ?
https://t.me/ZukkoTarbiyachi

April 26, 02:12

****
Bolangizni qarg’amang,
Duo qiling bolani,
“It”, “Eshak” deb so’kishga,
Xayo qiling bolani.
Rasulluloh derdilar,
Yuzlaridan yog’ib nur:
“Bolalar bu – jannatning
Gulu rayhonlaridir”.
To’g’ri ba’zida “Gulu”
Rayhonlar” ham kuydirar,
Sho’xligi oshib ketsa,
Joningizdan to’ydirar.
Bobom derdi: “Bolani
So’kmoq asli emas ep,
Jahlingiz chiqsa ayting:
“Nodon” yoki “Humpar” deb,
“Boy bo’l”, “Ko’paygur” deng,
Aslo demang “O’l”, “La’nat””.
Shuni bilib qo’yingki,
So’kish ham bir san’at.
Qaniydi payg’ambarday
So’ksangiz, qilsam huzur,
Ul zot derdilar so’ksa:
“Burning yerga ishqalgur”.
Tildan chiqqan har so’zda,
Ma’rifat, ziyo bo’lsin,
Hattao so’kishingiz ham,
Yahshi bir duo bo’lsin.
Ixlos bilan qilingan,
Har niyating ushalar,
Har so’zga ko’kda “Omin!”,
Deb turar farishtalar.
“It” desangiz, it bo’lib,
O’zingizni qopadi,
“Eshak” dan eshak, har kim
O’z tilidan topadi.
Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin,
Itu eshak fellardan,
Parvardigor asrasin.
Olim, shoir, hunarmand,
Polvon bo’lsin bolalar,
Yurtga kerakli, halol
Inson bo’lsin bolalar.
Bolangizni so’ksangiz,
“Poshsho bo’lgur” deb so’king,
“Olim bo’lgur”, “Hizrga
Oshno bo’lgur” deb so’king.
Og'izdan chiqqan har so'z,
Marhabo, bilki, kushod.
Inson ma'rifatini
O'lchaydigan darajot.
Marhabo Karimova
👇
👇
👇
👇
👇
@ZukkoTarbiyachi

April 26, 01:22
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bog‘cha opalarni har kunlik muammoli vaziyatlaridan biri
🤦‍♀
https://t.me/ZukkoTarbiyachi

April 26, 01:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzing bilan faxrlanmaguningcha – toʻxtama.
Yangi narsa o'rgandingmi – davay, davom et.
Bir darsni tushundingmi – yana bitta och!
Bir sinovni topshirdingmi – ikkinchisiga yozil.
Hech qachon: “Bo‘ldi, yetarli”, deb oʻylama.
Chunki haqiqiy qoniqish – o‘zingdan faxrlangan kuningda boshlanadi.
Oʻsha: “Voy, men shuncha ishni qildimmi?” degan lahzada.
Oʻsha: “Men baribir uddalarkanman” degan koʻz yoshlaringda.
Va oʻsha: “Men oʻzimga rahmat aytaman, toʻxtamaganim uchun” degan ichki ovozda.
Toʻxtama.
Charchasang dam ol, lekin taslim boʻlma.
Boshqalar koʻrmayotgan boʻlsa ham, yurishingni davom ettir.
Nihoyat keladi:
Oʻzingni quchoqlab, “Ajoyib bo‘lding, qizim/o‘g‘lim,” deydigan kun!
O‘zing bilan faxrlanmaguncha — yurishdan to‘xtama. Lekin undan keyin ham bir joyda qotib qolma...
🔗
Kanalimiz manzili:
👇
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
🔗
Kanalimiz manzili:
👇
https://t.me/DadaboyevaO
https://t.me/DadaboyevaO
https://t.me/DadaboyevaO

April 25, 23:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yangi tong — yangi imkoniyat!
🌟
Bugun hammasi boshqatdan boshlanishi mumkin.
Kechagi xatolar — saboq. Bugungi mehnat — ertangi muvaffaqiyatning poydevori.
Maqsadingizni yodga oling. U haqida faqat orzu qilmay, unga yaqinlashish uchun bir qadam tashlang.
Kichik bo‘lsa ham — harakat qiling. Chunki katta yutuqlar, aynan mana shunday kichik harakatlardan boshlanadi.
🕊️
“Bugun o‘zimdan kechagi holatimdan yaxshiroq bo‘laman!” — deb niyat qiling.
📌
Esingizda bo‘lsin: siz orzularingizga loyiqsiz. Har tong — sizga bu yo‘lda yangi imkon eshigini ochadi!
👇
👇
👇
👇
👉
@ZukkoTarbiyachi
👉
@ZukkoTarbiyachi
👉
@ZukkoTarbiyachi

April 25, 23:03
Media unavailable
1
Show in Telegram


Hayrli tong !
Yakshanba tongi muborak bo‘lsin!
Hayot - bu o‘tib ketgan kunlar emas, xotiramizda qolgan kunlardir.
Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo‘lmaydi. Birinchisining nomi «Kecha», ikkinchisiniki esa «Ertaga»...
Bugun yaxshilik qilish uchun berilgan bir imkon!
Baxtli insonlar orasida biz ham yana bir tongni qarshi oldik!
Kuningiz barakali bo‘lsin
☺️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi

April 25, 17:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

ODINA DADABOYEVA bor ekan
🥰
Attestatsiyadan o‘tasiz — muammo yo‘q
😁
😘
Dars boshlanguncha kayfiyatni ko‘taramiz!
😘

100% natija, muammosiz — insha’Allah
🔥
👉
https://t.me/ZUKKOTARBIYACHI

April 25, 15:21

MONTESSORI PEDAGOGIKASINING ASOSIY QOIDALARI
Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon
hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha
ta’lim tizimidan boshlanadi.
Shavkat MIRZIYOYEV
Maktabgacha ta’lim muassasasi hamda maktablardagi o‘quv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatini har tomonlama rivojlantirish, ularning shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur jarayonning mahsuldorligi pedagogning bolalarni yaxshi bilishi, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Albatta, biz bu borada jahon tajribasidan o‘z milliy mentalitetimizga xos bo‘lgan jihatlarni olishimiz maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda jahon maktabgacha ta’lim tizimida italiyalik mashhur pedagog Mariya Montessorining mualliflik metodikasi juda keng tarqalgan. Bu pedagogik tizimning noan’anaviy 10 ta qoidasiga quyidagilar kiradi:
1. Bola – asosiy e’tiborda
Mariya Montessorining bolaning xohish- istaklariga qarab munosabatda bo‘lish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l, degan qat’iy fikri mavjud. Bola uchun nima muhimligi uning o‘zigagina ma’lum. U suvni idishlarga quyib, uning xossalari va jozibasini o‘rganishga bir soat vaqt ketkazishi mumkin, bu paytda uni rasm chizish yoki boshqa mashg‘ulotga chalg‘itish montessori pedagogikasiga zid.
2. Pedagog bolaning diqqatini bo‘lmasdan yo‘naltiradi
Albatta, bola ta’lim jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Kattalar muntazam ravishda kichkintoy bilan hamnafas, lekin ular bolaning tabiiy qiziqishlarini so‘ndirmaslik, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini barbod qilmaslik uchun ehtiyotkorona yondashishi kerak. Montessori kundaliklarida tarbiyachilarni tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor berish zarurligini ta’kidlagan. Shogirdlarining metodikasi bo‘yicha olgan yangi nazariy bilimlarini hayotda qo‘llay olmasligining guvohi bo‘lgach, pedagoglarning bolalar bilan ishlashida an’anaviy usullarning yangisi bilan uyg‘unlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
3. Bolalar atrofidagi muhit ularning qiziqishlariga qarab o‘zgartiriladi
Muhit – montessori pedagogikasining poydevoridir. Bolalar xonasidagi jihozlar ularning ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtiriladi va ularning qiziqishlariga mos ravishda o‘zgartirib turiladi. Tarbiyachilarning qo‘llari “guruh pulsi”da bo‘lib, bolalarni kuzatib boradi va jihoz, ko‘rgazmalarni mashg‘ulotlar mazmuni, dolzarbligiga qarab yangilaydi. Montessori ta’limoti bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun sensor amaliy nutq o‘stirish va rivojlantirish muhiti, matematik tasavvurlarni shakllantirishga sharoit yaratadi.
4. Ba’zi mashg‘ulotlarda yoshlari har xil bolalar birga shug‘ullanishi mumkin
Bolalar juda ko‘p narsalarni o‘zidek bolalarga qarab o‘rganadi. Yoshlari har xil bolalar jamoasi bunday tajriba almashish uchun qulay muhit. Bola vaqt o‘tib qanday rivojlanish darajasida bo‘lishi kerakligini kattalardan o‘rgansa, o‘zidan kichiklar bilan hayotiy tajribasini bo‘lishishdan zavqlanadi. “Zamonaviy oila”larda (kun davomida ishda bo‘ladigan ota-onalarning bolalari bilan muloqotga vaqti qolmaydi) bolalarga taqqoslash, rivojlanish, o‘zini namoyon qilish uchun sharoit yetarli emas. Shu sababli aynan shunday mashg‘ulotlar bolada o‘ziga ishonch hosil qilish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun qulaydir.
5. Bolalar mashg‘ulotlarda erkin bo‘lishi kerak
Guruhdagi bolalar mashg‘ulot uchun maxsus xonaga kirgach (montessori metodikasida mayda va yirik motorikani rivojlantiruvchi, tabiat bilan tanishtiruvchi, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari va hokazolar uchun alohida xonalar jihozlanadi), uning xohish-istaklari hisobga olinadi. Yangi bilimlar tarbiyachi tomonidan bayon qilingach, bola o‘zi tanlagan o‘yinchoq yoki jihoz bilan o‘ynashi, ba’zan bu jarayonda ular bitta o‘yinchoqni talashib qolishi mumkin. Bu holat montessori metodikasining keyingi qoidasini keltirib chiqaradi.
6. Bola yakka o‘ynash yoki tengdoshlari bilan shug‘ullanishni o‘zi tanlaydi.

April 25, 15:21
Media unavailable
2
Show in Telegram

Siz uchun juda ajoyib qòl ishi.
Biz bilan Yuksalasiz
🤗
❤️
@ZukkoTarbiyachi
@ZukkoTarbiyachi

April 25, 15:21

Bolalar o'zining mustaqil fikrini erkin bayon qilish, boshqalar fikrini hurmat qilish, bir-birlari bilan hamkorlikda ishlash, o‘zaro til topishishni erkin muhitdan o‘rganadi. Buni tarbiyachi nazorati ta’minlaydi. Guruhga yangi kelgan bola yil oxirida bir-birlarining xohish-istaklarini hurmat qilib, kelishib shug‘ullanishni o‘rganadi (bu ko‘nikmalar ular katta bo‘lgach, mustaqil hayotda asqatadi)
7. Bolalar qancha xohlasa, shuncha vaqt shug‘ullanadi
Montessori guruhida bolalarga bosim o‘tkazilmaydi, uning qo‘lidagini “bu yoqqa ber!” deb tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida bola barglarni o‘rganib o‘tirgan bo‘lsa, ikki daqiqadan so‘ng sabzavotlar bilan shug‘ullanishni xohlasa, “Qaragin, qanday chiroyli rangli barglar bor” deyilmaydi, bu mazkur metodikaga ziddir.
8. Guruhda, hatto kattalar ham amal qiladigan qoidalar mavjud
Masalan, guruhdagi har bir jihoz, ko‘rgazma va o‘yinchoqlarning o‘z joyi bor. Bolalar (kattalar ham) mashg‘ulotdan so‘ng hamma narsani o‘z joyiga qo‘yish kerakligini yaxshi biladi. Vaqt o‘tib, bu ko‘nikma malakaga aylanib, eslatmasiz bajariladi. Yana montessori guruhida bolalar tarbiyachi ko‘magida bir-biriga xalaqit bermasdan, xotirjam ishlashni o‘rganadi, hatto pedagoglar ham baland ovozda baqirishi mumkin emas.
9. Bolaga o‘z ishini o‘zi baholashiga imkon beriladi
Montessori metodikasida shunday jihozlar borki, bola mustaqil ravishda shug‘ullanib, yangi bilim hosil qiladi. Masalan, har xil shakldagi silindrlarni o‘z hajmiga mos joylarga joylashtirishdir. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, tarbiyachi ko‘rsatmasi bilan topshiriqni bajargan bolalar ertasiga ushbu vazifani qaytadan ko‘rsatib berishda xatolikka yo‘l qo‘ydi, mustaqil bajargan bolalar silindrlarni deyarli bexato bajardi. Mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin, lekin ular olgan bilimlarini xotiralarida mustahkam saqlab qoladi.
10. Bola murojaatisiz yordam berish taklif qilinmaydi
Bolaning mustaqilligi qo‘llab-quvvatlanadi, hech kim uni shoshirib, kerak bo‘lmasa ham yordam beravermaydi. Lekin har bir bola doim savol tug‘ilganda tarbiyachining yordam berishini his qiladi.
Mariya Montessorining o‘z davridagi butun insoniyatga quyidagi murojaati mavjud: “Bizda shunday muammo bor − kattalar rivojlanishning diqqat markazida turadi. Agar hokimiyat e’tiborini bolalarga, ular qalbiga qaratsa, biz tinchlik hukm surgan dunyoni quramiz. Bilim – tinchlik qurolidir”.
Bugungi kunda Prezidentimizning maktabgacha ta’lim tizimini davlat siyosati darajasiga ko‘tarishi ana shunday osoyishtalik hukm surgan dunyoni qurishimizga zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz
Gulasal BERDIALIYEVA,
Guliston davlat universiteti huzuridagi XTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri
Бизга қўшилинг
👇
@ZukkoTarbiyachi