
Abdulhamid Yoqubov || Essays
Yakshanba kuni ko'rgani zo'r narsa olib keldim
TOP1 % kanalida qiziq mavzular haqida gaplashgan edik
Ko'pchilikka foydali bo'lsa kerak - marketologlarga yana ham
https://www.youtube.com/watch?v=DLId8u0od0U
Debatlar
Odatda birov bilan ma'lum masalada bir to'xtamga kela olmasak, qizishamiz - ba'zida ikkinchi shaxsni xafa qilishimiz mumkin
Xoh u aqidaviy masalalarda bo'lsin, xoh u dunyoviy - yoki oddiy mayda detallar ham bo'lishi mumkin
Masalan kofe yoki energetik? kabi
Man uchun 3 xil debat(munozara) bor
1. Man bir odamga o'z fikrimni tushuntirishga harakat qilaman (odatda bu juda yaqin insonlarim bilan bo'ladi), juda ham kamdan kam hollarda
2. Ma'lum yo'nalishda bilimi yoki o'zi mandan ilgari bo'lgan odam bilan yutkizishga umid qilib debat qilaman
To'g'ri o'qidingiz, o'z fikrim oxirida noto'g'ri bo'lib chiqsa, u odam nega oldida ekani va man nimalarni o'zgartirishim kerakligi haqida aniq ko'rsatmalarga ega bo'laman
⭐️
3. Begona odam bilan o'z fikrimni unga tushuntirish uchun tortishish
Eng mantiqsizi 3-si deb o'ylayman, chunki bu haqiqatni izlashdan ko'ra ko'proq o'zini isbotlash, qaysiki mani bunga
ehtiyojim
yo'q
Eng foydalisi esa
ikkinchisi
Shunday ekan, munozarada yutqazsam juda xursand bo'laman, asosiy qiyinchilik esa, to'g'ri odam bilan bahs qilish
Sizga ham shuni tavsiya qilaman
@abdulhamidyakubov
Agar muvaffaqiyat elementi yoshga qoʻshib aytilayotgan boʻlsa, demak u yetarli darajada katta emas
Balki gapirishga ham arzimas
@abdulhamidyakubov
"Yaxshi qiz/yigit uchramayapti."
"Yaxshi loyiha chiqsa, zoʻr natija qilardim."
"Yaxshi jamoa boʻlsa, zoʻr ishlar qilish mumkin."
"Zoʻr ish boʻlsa, maza qilib ishlardim."
Bu gaplarni koʻp eshitamiz. Holbuki, atrofimizda yuzlab yaxshi variantlar turibdi.
Sizga bir narsa aytay. Koʻp yaxshi variant orasida adashib qolsam, oʻzimga shuni eslataman: 80% holatda natijani men qaysi loyihani tanlaganim emas, unga qanchalik mehr berganim belgilaydi.
Masalan, qaysi davlatga sayohat qilamiz? Variantlar bisyor. Lekin sayohatni sermazmun qiladigan narsa davlat emas, oldindan oʻrganish, boradigan joylarni belgilash va puxta tayyorgarlik.
Sevib qolish oson, birga uzoq yashashning esa mashaqqatlari bor.
Loyihani tanlash oson, unga vaqt va fokus berish esa resurs talab qiladi.
Doʻst boʻlish oson, qiyin paytda yonida turish esa mushkul.
Qisqasi: qaror qabul qilishga qancha kuch sarflasak, undan ancha kattasini BAGʻISHLASHGA ajratishimiz kerak.
Chunki qarorimiz toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini koʻpincha unga qanchalik bagʻishlanganimiz belgilaydi
@abdulhamidyakubov
Zoʻr mahsulot qilolmasang marketing qilishga toʻgʻri keladi
Zoʻr marketing qilolmasang sotishga toʻgʻri keladi
@abdulhamidyakubov
Nega mutaxassislarda koʻp stagnatsiya - bir joyda turib qolish kuzatiladi
Qisqacha fikr va tajribam bilan boʻlishaman:
Bundan qariyb 5 yil avval, sohani biroz tushunib qolgan edim
Target yoqishni oʻrganganimda, bir-ikki loyihalarda ortacha natija boʻlgan
Va talab judayam koʻpaygan, tanish bilishlar orasidan
Keyin fokusimni koʻp loyiha olishga qaratdim
Oqibat?
Hammasida oʻrtadan past natija boʻldi
Bazilar vozvrat soʻragani 4-5 oylab qilgan foydamni yechib ketdi
Hozir nima kuzatiladi, mutaxassislar qimmat sotishga urinadi
Vaholangki qimmat chek - katta haqiqiy keys orqasidan keladi
Matoh koʻz-koʻz qilish, yoki qanaqadir instagram progrevlardan emas (bular bazida sababchi)
Koʻp kuzatayotganim, yosh mutaxassislar, oʻzi manam yoshman
😂
, agenstvo qilishga qiziqadi
Siz birinchi katta natija qilmaguningizcha masalan mijozlaringiz uchun $1.000.000 sotuv, sizning hissangiz bilan - xizmatingizni qimmat va koʻp sotishingiz mantiqsiz
Shunday ekan, fokusni bir katta keysga qarating
Shunda tajriba ham oshadi
Tarmoqdagi shum’ga berilmang
@abdulhamidyakubov
Nega raqobat yuqori bo'lgan maydonlargdan qochish kerak? yoki qachon aksini qilish to'g'ri?
O'zbekistonda reklama joylashtirish uchun platformalar mavjud
Marketologlarning katta qismi aynan shunda ishlashadi, quyida raqobat:
To'yinganlik(saturation) bo'yicha baho:
Meta - ~60-70%
Google Ads - ~5-10%
Telegram - ~ 20-25%
Telegram kanallar - ~15-20%
Podcastlar - ~ 3-5%
Bu taxminan raqobatbardoshlikning platformalardagi ko'rinishi.
Masalan, Meta maydonlarida (instagram, facebook, etc.) juda ham raqobat baland, Podcastlarda esa raqobatbardoshlik juda past
Bir qarashda ko'rgan odam aytishi mumkin, demak biz raqobat past bo'lgan maydonlarda kurashishimiz kerak ma'nosida
Bu fundamental xato fikrlash (biased), chunki yuqoridagi maydonlar aynan qaysi biri eng ko'p natija olib kelayotganini ham qaysidir ma'noda belgisi
Yuqoridagi stats.dan shuni xulosa qilish mumkinki - agar sizda reklama budjet yetarli bo'lsa, unda raqobat katta bo'lganlaridan foydalaning chunki u yerda sizga kengayishuchun katta imkoniyat mavjud va juda samarali
Agar sizda reklama budet kichik bo'lsa, unda raqobat past bo'lgan maydonlardan foydalaning, shunda siz kam bo'lsa ham yetarlicha ROI olasiz, faqat muammo scaling - yani kengayishda
Saturation baland bo'lganlarida, marketing jamoa ko'nikmasining o'rni baland
- chunki raqobatni yutish kerak
Yuqoridagi raqamlar, taxminiy bo'lib, O'zbekistonda platformalar to'lagan soliqning QQS bo'yicha hisoblab, umumiy budjet kalkulyatsiya qilingandagi summalarning nisbati ga to'g'ri proporsional qilib olindi
Siz fikringizni izohda yozing
@abdulhamidyakubov
Otalar soxta doʻstlarni
Farzandlar - qarindoshlarni
Onalar - munosabatlarni
Ustozlar soxta mulozamatlarni juda ham tez anglashadi
Shu mavzularda ularning gapini soʻzsiz eshitib koʻrish maqsadga muvofiq
@abdulhamidyakubov
Kecha yaponiyalik bolalar bilan tanishib qoldik
20-21 yosh ekan
7-davlati ekan sayohat qilayotgan
Ulardan birining aytishi boʻyicha shular ichida eng zoʻri Oʻzbekiston boʻlibdi
E’tibor bergan jihatim
Oyliklari katta emas, oʻz davlatida
Biri kuryer, ikkinchisi talaba
Yigʻgan puliga sayohat qilishar ekan
Dunyo aylanib har 3 oyda
Lekin qoʻlida oddiy android smartfon
Prioritetlar
@abdulhamidyakubov
Ijtimoiy tarmoqlarning yomon jihatlaridan biri, zamonaviy olamda odamlar o'z yolg'onlariga o'zi ishonishni boshlashdi
Masalan bir odamning hayotida muammolar bor, hamma kabi, qarz, munosabat, biznes, farqi yo'q
Lekin instagram'dagi qanaqadir obraz, so'ng ularga kelgan like'lardan dofamin
Avvaliga bu narsalar boshqalarga ko'rinish uchun qilinadi
Keyinchalik esa shu obrazni takrorlayverib - mening hayotim zo'r deb muammolardan qochish boshlanadi
Oxir oqibat real muammoni hal qilish o'rniga shu instagram versiyani himoya qilish bilan vaqt o'tadi
Unutmang, sizning o'sishingiz:
- Haftalab, balki oylab cho'zib yurgan ishlaringizda
- Ochmayotgan xabarlaringizda
- Qilishga qo'rqib turgan ishlaringizda
Eng muhim joyi, aynan boyagi virtual obrazni himoya qilish sizdan katta real bo'lgan resurslarni talab qiladi
@abdulhamidyakubov