
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
#OAV_biz_haqimizda
“Prezident va ijod maktablari bitiruvchilarining barchasi oliygohlarga oʻqishga kirmoqda” — Sevara Shokirova
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori 30 foiz prezident maktablari oʻquvchilari 11-sinfdayoq talabaga aylanayotganini aytdi. Maxsus maktablar bitiruvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olayotganiga urgʻu berdi.
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
#Silk_Road_University_Fair
⚡️
Toşkentda Silk Road University Fair xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi boşlandi
Bugun,
27-oktabr
kuni Toşkent şahrida ilk bor
Silk Road University Fair xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi
ning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston Maktab maslahatçilari tarmoği (CCNU) hamda Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamkorligida taşkil etildi. Forum xalqaro universitetlar va Özbekiston maktablari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, yoşlarning xorijda ta’lim oliş imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oşirişga qaratilgan.
Tadbirda 10 dan ortiq davlatdan 40 dan ziyod universitet vakillari iştirok etmoqda. Ikki kunlik dastur 1 150 nafardan ortiq yuqori sinf öquvçilari, 300 nafardan ziyod maktab maslahatçilari va 200 nafarga yaqin maktab direktorlarini qamrab olmoqda.
Oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qiliş böyiça örinbosari bölinmasining loyiha koordinatori
Yuliya Risyukova
, Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori
Sevara Şakirova
, "El-yurt umidi" jamğarmasi ijroçi direktori
Gulnoza Ismoilova,
Cambridge University Press & Assessment vakili
Steve King
, şuningdek, xorijiy oliygohlar vakillari va soha xodimlari iştirok etdi.
Marosimdan söng maktab rahbarlari va maslahatçilar uçun xalqaro universitetlar vakillari bilan professional uçraşuvlar taşkil etildi. Kunning ikkinçi qismida öquvçilar universitetlarning qabul komissiyalari vakillari bilan muloqot qilib, ta’lim dasturlari, qabul talablari va xorijda tahsil oliş imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
Silk Road University Fair
xalqaro ta’lim hamkorligini mustahkamlaş, yoşlarni xorijiy oliy ta’lim imkoniyatlari bilan taniştiriş va Özbekiston maktablari bilan xalqaro universitetlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Silk Road University Fair
öz işini
28-oktyabr
kuni ham davom ettiradi.
____________________________
⚡️
Silk Road University Fair International Education Forum and Exhibition Opens in Tashkent
Today,
October 27
, the official opening ceremony of the
Silk Road University Fair International Education Forum and Exhibition
was held in Tashkent for the first time.
The event was jointly organized by the College Counselor Network Uzbekistan (CCNU) and the Agency for Specialized Educational Institutions. The forum aims to strengthen cooperation between international universities and schools in Uzbekistan and raise young people’s awareness of opportunities to pursue higher education abroad.
More than 40 university representatives from over 10 countries are participating in the event. The two-day program brings together more than 1,150 upper-secondary school students, over 300 school counselors, and approximately 200 school principals.
The opening ceremony was attended by
Yuliya Risyukova
, Project Coordinator of the Deputy Head of the Presidential Administration’s Unit for Education Reform;
Sevara Shakirova,
Director of the Agency for Specialized Educational Institutions;
Gulnoza Ismoilova,
Executive Director of the El-Yurt Umidi Foundation;
Steve King,
representative of Cambridge University Press & Assessment; as well as representatives of international universities and education sector professionals.
Following the opening ceremony, professional meetings were organized for school leaders and counselors with representatives of international universities. In the afternoon, students met directly with university admissions representatives to learn about academic programs, admission requirements, and opportunities to study abroad.
The
Silk Road University Fair
serves as an important platform for strengthening international educational cooperation, introducing young people to higher education opportunities abroad, and fostering partnerships between schools in Uzbekistan and international universities.
The
Silk Road University Fair
will continue on
October 28.
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
Ijodiy_toʻgarak
Oʻzbek tilim
Tarixiy-shonimsan, Temur naʼrasi,
Sayradim minbarda burrodir tilim.
Oʻzbegimsan, oʻzligimsan- bari-barisi,
Ota meros tilim, onajon tilim.
Navoiy qalami toʻplagan qudrat,
Usmonlar soʻzida yangragan tilim.
Turkiylar qoniga singgan chin daʼvat,
Tarixdan nishona aylagan tilim.
Moziylar qatida azim rivoyat,
Madh etgay nomini mard oʻzbek elim.
Dunyo tan olgaydir asriy qudratin,
Turkiylik taxtiga xon oʻzbek tilim.
Uroqova Malikabonu Faxriddin qizi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinf oʻquvchisi
YURAK TILI
Dunyo soqov edi, tuyqus soʻz soʻradi – sado boʻlding,
Jilva sochdi mavjlaringda oyu yulduz – samo boʻlding,
Koinotning burjlariga yoyilgan kuy – sano boʻlding,
Sen tufayli vujudimga jo boʻldi-ku jonim, tilim.
Toshga ham til ato etgan sirli bitik – tilsim sensan,
Zarang moziy darvozasin ochqich kalit – “sim-sim” sensan.
Kamalakday lisonlar koʻp – yolgʻiz yurak tilim sensan,
Tilmoch boʻlding muhabbatga mehmon boʻlgan onim, tilim.
Sen suluvsan – Qoshgʻariyni Majnun kabi koʻyga solgan,
Alisherbek vasf etay deb chiroyingni oʻyga tolgan,
Qodiriy ham Choʻlpon suyib, oshiq joni oʻtda qolgan,
Ishq ahlining sharoridan sharaf topgan shonim, tilim.
Dilim sarxush, tilim biyron – abad baxtga yorligimsan,
Xudoyimning mukofoti – mangu maqtov yorligʻimsan,
Koʻzim deymi, yuzim deymi – boshdan-oyoq, borligʻimsan,
Yetmish ikki tomirimda oqib turgan qonim, tilim.
Ey, sen xazon bilmas bogʻim, oʻzbekiy sof guling boʻlay,
Guling uzra qanot qoqqan beorom bulbuling boʻlay.
Hech boʻlmasa, iltifot qil, bir qoʻriqchi quling boʻlay,
Davlatli sultonim, tilim – oliymaqom xonim, tilim.
Nodir Jonuzoq she’ri
She’rni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-D sinf o’quvchilari o’qidi.
#Live
🗣
Bugun Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda
ilk bor
Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi
bölib ötadi.
Ayni damda tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Bizni kuzatişda davom eting...
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
“Bizning dunyodagi eng aziz va mo‘tabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.
Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.
Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.
Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.
Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!
Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”
Shavkat Mirziyoyev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
#Hafta_ichida
📊
A
bdulla Oripov nomidagi ijod maktabida hafta davomida (19-24- oktabr) amalga oshirilgan va yoritilgan xabarlarning qisqacha tavsiloti (dayjesti).
🏆
Yutuqlar
“Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika tanlovi: 11-sinf o'quvchimiz Gulhayo Narzullayeva “Kichik yo'lovchi” hikoyasi bilan 1-o'rinni egalladi
Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida ijod maktabimiz o'quvchilarining “Zakovat” turniridagi g'alabasini e'tirof etdi
✅
Maktab hayoti
“Qadring baland bo'lsin, ona tilim!”: maktabimizda O'zbek tili bayramiga bag'ishlangan viloyat tantanali tadbiri
Bayram tadbiridan fotolavhalar
“Ona tilimni madh etaman” insholar tanlovi
8-sinf o'quvchilari tashabbusi bilan “Savodxonlik” so'rovi
“Savodxon tashkilot — savodli jamiyat”: xodimlar uchun beg'araz diktant
“Ekologik va'da” loyihasi: o'quvchilar “Ezgulik daraxti”ga va'dalarini muhrladi
✨
Efirda
UzA: Qashqadaryoda O'zbek tili bayrami keng nishonlandi
“Qashqadaryo axboroti”: ijod maktabidagi bayram tadbiri haqida telelavha
“Qadriyat” ko'rsatuvi: “Qadring baland bo'lsin, ona tilim!”
“Oltin voha” radiosi: maktab direktori Yoqutoy Jamolova bilan suhbat
🎓
Ijod
9-sinf o'quvchilarining O'zbek tili bayramiga bag'ishlangan badiiy kompozitsiyasi
Abdulla Oripov: o'zbek tilining ifoda qudrati haqida
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
🌐
web sayt
|
📱
telegram
|
📱
facebook
|
📹
youtube
|
QASHQADARYO AXBOROTI | Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi: amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar yuzasidan yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari.
#24oktabr
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram