
Abdulloh's blog
🌙
Barchamizga ulug’ ayyom — Qurbon hayiti muborak bo’lsin!
👉
Sizga kerak bo'lgan juda kerakli javob ba'zan chatda — 2sm tepada bo'lishi mumkin.
Savol berishdan oldin 2sm tepaga qarab ko'ring. Javob oldin berilgan bo'lishi mumkin.
👉
Qurbonlik qilinadigan jonzotni ustidan kulib dizayn yasamang. Boshqacha qilolmasangiz dizaynni tark etib qo’ya qoling
Izlaninglar, iltimos
🤝
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo’lsin
✅
Hayit oldi sohaga endi kirganlarga, hayitlik qilib YouTube sahifamdagi darsliklarimni bera olaman:
https://youtube.com/@abdullohsspace1424?si=I4Po17NghkuCPTFG
🌙
Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin
💼
"Meridians Marketing"
jamoasi bilan hamkorlikda "Meraj" jamoamiz, Telegram Ads uchun bir qancha dizaynlar yasab kelmoqdamiz.
Telegram Ads dizaynlari bo'yicha yordam kerak bo'lsa shu yerdamiz)
+ Dizaynlar uchun animatsiya yasash xizmatimiz ham bor.
https://t.me/abdullohs_portfolio
🥴
Biron-bir ishni bosim bilan bitirtirib, to'lovga kelganda "ana-mana-ana-mana" deb sabrni o'rgatish to'g'ri emas.
Ijtimoiy tarmoqda "yumshoq supurgidek" bo'lib, ishchilaringizda kelganda "bo'ri boyvochcha" bo'lmang.
Hamkasb, birinchi marotaba ishlayotgan odamingiz bilan kelishuvni batafsil qiling.
@abdullohs_portfolio
✅
Motivatsiya kerak “брат”
Sohaga yangi kirganlarda sohani davom ettirishda motivatsiya yetishmayotganlar bo’lsa kerak.
Sizga nima sabab aynan motivatsiya yetishmayotganini sanab chiqamiz:
1. Deyarli 2-2,5 yil oldin sohani o’rganayotgan o’quvchi Photoshop’da kesishni, maskalar bilan yaxshi ishlashni, resurslarni qiynalib topib, uyer-buyerdan olgan resurslarini jamlab bir natijaga erishardi.
Hozir bu jarayon “generate” va “remove” bilan bitib ketyapti. Siz kesish, resurs topishlarni nomiga o’rganishingiz mumkin.
Bu qulayliklar aslida yaxshi, lekin siz qiyinchilik ko’rmasdan tayyor “торт” yeyaversangiz joningizga tegadi va sohada o’zingizni ko’rmay ketaverasiz.
Lekin sohadagi “middle” va boshqalar sohani kattayu-kichik qiyinchiliklaridan o’tgan. Ularda background bor. Ular hozirgi “generate” va “remove” larni rohatlanib bosadi. Chunki orqadagi 20-30 qavat qiyinliklardan chiqqanida, 31-qavatda “luxury” xonadon chiqib qolgandek gap.
Bir natijaga erishish va rohat olish uchun ozgina bo’lsa ham qiyinchilikdan o’tish kerak.
2. Yengil-yelpi reels’lar
Bunday reels’larni ko’raverish oqibatida insonda
FOKUS
yo’qoladi. Arzon dofaminga o’tirib, hayotda faqat noliydiganlar roliga o’tib borayotganingizni bir muddat o’tib sezasiz. Bir ko’zni yumganda 17 yosh bo’lsangiz, ochganda 25 yosh qo’lida bolasi bor va haligacha noliyotganlardan bo’lib qolishingiz mumkin.
Boyvachcha hayotlarni ko’raverib, reallikdan uzoqlashib, qo’lni tushirayotgingizni tepada aytganimdek katta bo’lganda bilasiz shunday ketish bo’lsa.
Shunday ekan, foydali ishlar bilan shug’ullaning. O’ziz yaxshi ko’radigan ishga qiyinchiliksiz erisha olmaysiz.
@abdullohs_portfolio
✅
Hozirgi kunlarda AI kuchayib borayotgani sabab sohaga yangi kirib kelayotganlar yaqin 2-3 yil oldingi resurs yig’ish, ularni saralash va shu kabi ishlardan yengil o’tishmoqda.
Buni yaxshi va yomon tomoni bor:
▶️
Yaxshi tomoni shuki vaqt tomonidan yutmoqdalar, iloji boricha sifatli bo’lyapti dizayn resurslari
▶️
Yomon tomoni esa, resurs sifatli bo’lib lekin dizaynda kompanovka, ilhomlanish, bir joyga diqqat, muomila madaniyati so’nib bormoqda
Buni huddi bir tarafi “kachok” va boshqa tomoni “suyak” bo’lgan odamga o’xshataman.
Baribir dizaynni asos bo’lgan jihatlarini o’rganish majburiy