
Academic Affairs Office|PDPU
Hurmatli bitiruvchilar!
🎓
➡️
Level 5 darajasidagi diplomlar yetib keldi. Diplomi tayyor bo'lgan bitiruvchilarning to'liq ro'yxati ilova qilingan faylda berilgan.
➡️
Ro'yxatdan o'z familiya va ismingizni toping hamda diplomni qabul qilib olish uchun Yoshlar siyosati departamentiga murojaat qiling.
⚠️
Diqqat!
Ro'yxatda ismingiz bo'lmasa, xavotir olmang — qolgan bitiruvchilarning diplomlari tez orada yetib keladi va ular haqida alohida e'lon beriladi.
➡️
Shuningdek, Level 6 diplomlari ham tez orada yetib keladi va bu haqida alohida eʼlon beriladi.
Universitetga berilgan xujjatlaringiz Level 6 diplomi bilan birgalikda beriladi.
QIZIL (“IMTIYOZLI”) DIPLOM OLISH SHARTLARI
🎓
Hurmatli talabalar!
Bakalavriat bosqichini
“imtiyozli” (xalq orasida “qizil”) diplom
bilan tugatish uchun quyidagi
uchta shartga bir vaqtda
javob berish talab etiladi:
➡️
O‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida 75 foizi bo‘yicha “5”
(a’lo, 90–100 ball) bahoga ega bo‘lish;
⭐️
➡️
Qolgan fanlar bo‘yicha baho “4”
(yaxshi, 70–89,9 ball) dan past bo‘lmasligi — ya’ni o‘qish davomida
birorta “3” baho bo‘lmasligi
kerak;
➡️
Yakuniy davlat attestatsiyasining barcha sinovlaridan
, jumladan bitiruv malakaviy ishi / diplom loyihasi himoyasidan
“5” (a’lo) baho olish.
🎓
💯
⚖️
Huquqiy asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 30-bandi —
https://lex.uz/docs/-7267040
➡️
Shuningdek, universitetimizda bitiruvchilarni rag'batlantirishning ichki tartibi joriy etilgan. Bitiruv marosimida imtiyozli diplom sohiblari orasidan:
🥇
O'qishdagi a'lo natijalari bilan bir qatorda talabalar hayotida yetakchilik qilgan, tashabbuskorlik ko'rsatgan bitiruvchilar
"Ta'limdagi a'lo natijalari va liderlik qobiliyati uchun"
oltin medal
bilan;
🥈
A'lo o'zlashtirish va namunali xulq-atvori bilan ajralib turgan bitiruvchilar
"Ta'limdagi a'lo natijalari va namunali xulqi uchun"
kumush medal bilan taqdirlanadi.
✍️
Bundan tashqari, munosib natijalarga erishgan bitiruvchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi.
📌
Muhimi: Qizil diplom bitiruv yilida emas, birinchi kursdan boshlab yig'iladi. Bir semestrdagi bitta "3" baho butun to'rt yillik natijani bekor qiladi. Shuning uchun har bir fanga bugundan jiddiy yondashing, ilmiy to'garaklar, konferensiya va universitet tadbirlarida faol ishtirok eting — medal uchun aynan shu faollik hisobga olinadi.
🎓
❤️🔥
❤️🔥
❤️🔥
Hurmatli bitiruvchi talabalar! Yuqoridagi e'londa ko'rsatilgan diplom topshirish marosimining sanasi ma'lum sabablarga ko'ra o'zgartirildi. Shuningdek, tadbir o'tkaziladigan joy aniq bo'ldi. Tadbir bo'yicha yangilangan ma'lumotlar:
🗓
Sana:…
📢
Hurmatli talabalar!
📌
LMS tizimida oxirgi marta ochilgan
retake
to'lovini amalga oshirgan va topshirig'ini yuklagan talabalar quyidagi havolada ko'rsatilgan vaqtlar asosida tegishli ustozlar bilan uchrashib,
retake
baholarini olishlari so'raladi.
https://docs.google.com/spreadsheets/d/1ta1_Y1XmUvwNXsiTKrLGfK0q8MyPnwLfDhg7fZDpBlc/edit?usp=sharing
❗️
Eslatma:
🔹
LMS tizimida
oral imtihonlari yaratilmaydi.
🔹
Ushbu imkoniyatdan
faqat 09.08.2026–16.08.2026
sanalari davomida foydalanishingiz mumkin.
🔹
Belgilangan muddat tugagandan so'ng
retake baholarini olish imkoniyati bo'lmaydi
.
⏰
Iltimos, belgilangan vaqt oralig'ida ustozingiz bilan uchrashishni unutmang.
📣
Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlar diqqatiga!
➡️
Stipendiya tanlovining navbatdagi bosqichi uchun hujjatlarni tayyorlash vaqti keldi!
😀
Bilasizmi?
Nomdor davlat stipendiyalari (Prezident, Islom Karimov, Navoiy, Beruniy va h.k.) g'oliblari bakalavriatni tugatgach, o'z mutaxassisligi bo'yicha
magistraturaga davlat granti asosida IMTIHONSIZ kirish imtiyoziga ega bo'ladilar!
Ushbu imtiyoz bitta ta'lim bosqichida faqat bir marta beriladi.
Shunday katta imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
➡️
Nizomga asosan, OTM kengashi taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqadi hamda yashirin ovoz berish yo'li bilan munosib nomzodlarni saralab oladi.
➡️
Barcha nomzodlardan quyidagi hujjatlarni to'liq holda
9-avgustga qadar
taqdim etishlari so'raladi:
🟢
Transkript nusxasi;
🟢
Dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
🟢
Ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
🟢
Ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
🟢
Tillar kafedrasi hamda tarix kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomalari.
📌
Eslatma:
Transkript olish uchun
@PDP_STUDENT_SUPPORT_BOT
orqali so'rov yuborishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
@Farxod_Qidirov
📢
❤️🔥
❤️🔥
❤️🔥
💙
💙
💙
➡️
2026-2027-oʻquv yili uchun to'lov shartnomalarini berish boshlandi!
💼
To'lov shartnomalarini rasmiylashtirish va olish quyidagi tartib hamda shartlar asosida amalga oshiriladi:
➡️
Shartnoma 2025-2026-oʻquv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan va GPA koʻrsatkichi 2.8 hamda undan yuqori boʻlgan talabalarga beriladi
.
➡️
Shartnoma olish jadvali va tartibi:
Toshkent shahri va yaqin atrofda yashaydigan talabalar:
OTMga
shaxsan kelgan holda
shartnomalarini olib ketishlari mumkin. (121-xona)
➡️
Boshqa viloyatlarda yashaydigan talabalar:
10-avgustdan keyin
shartnomani
onlayn
tarzda olishingiz mumkin.
⚠️
Eslatma:
1. 2025-2026-oʻquv yili natijalariga koʻra GPA koʻrsatkichi
2.8
dan past boʻlgan talabalarga shartnoma berilmaydi.
2. Avvalgi oʻquv yilidan toʻlov-kontrakt boʻyicha qarzdorligi bor talabalar qarzlarini toʻliq uzmaguncha yangi o'quv yili shartnomasi berilmaydi va kursdan kursga o'tkazilmaydi!
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!
📌
RETAKE imtihonlari bo'yicha qo'shimcha eslatma
1️⃣
Davomat talabi:
RETAKE imtihonlarida faqat fan bo'yicha
davomati 75% va undan yuqori
bo'lgan talabalar ishtirok eta oladi.
❗️
Agar sizning davomatingiz 75% dan past bo'lsa, sizga ushbu fan bo'yicha RETAKE imtihoni ochilmaydi. Bunday holatda siz tegishli fanni
REMODULE
tartibida o'zlashtirishingiz zarur.
2️⃣
Qayta topshirish talabi:
Agar avvalgi RETAKE imtihonida natijangiz
"reject"
yoki
"unclassified"
deb baholangan bo'lsa, siz ushbu fan bo'yicha RETAKE imtihonini
qaytadan topshirishingiz
kerak bo'ladi.
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!
🔗
Quyidagi havola orqali
2025–2026-o‘quv yilining 1-semestri
uchun retake imtihonlarining
Assignment Brieflari
bilan tanishishingiz mumkin.
https://drive.google.com/drive/folders/1zJvUWy8TKc_PvGDbSSwkr2TEW-PTfPK6
🔗
Quyidagi havola orqali
2025–2026-o‘quv yilining 2-semestri
uchun retake imtihonlarining
Assignment Brieflari
bilan tanishishingiz mumkin.
https://drive.google.com/drive/folders/12c1vabz5vRkc8PTxS7fBHQv9yf9s2LQR?usp=sharing
Topshiriqlarni diqqat bilan o‘rganib chiqing va belgilangan talablarga amal qiling.
✅
Imtihonlarda sizlarga omad tilaymiz!
🍀
✨
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!
1-semestr va 2-semestr yakunlariga ko‘ra fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida
RETAKE
imtihonlari tashkil etildi.
Barcha qarzdor talabalar belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirib, retake imtihonlarida ishtirok etishlari shart.
💳
To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma quyidagi havola orqali taqdim etilgan:
https://t.me/academicaffairspdp/1171
❗️
Eslatma:
Retake imtihonlari uchun to‘lovlar faqat
Uzum Bank
ilovasi orqali amalga oshiriladi. Boshqa to‘lov usullari qabul qilinmaydi.
Barchangizdan ko'rsatmalarga qat’iy amal qilishingiz so‘raladi.