Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ADChTI.uz | Rasmiy kanal

adchti_uz
✔️ Veb-sayt: www.adchti.uz ✔️ Facebook: www.fb.com/adchtiuz/ ✔️ Instagram: http://www.instagram.com/adchti_uz ✔️ Youtube: https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw © Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati Murojaat uchun: @adchtiuz_bot
Subscribers
5 990
24 hours
30 days
-10
Post views
691
ER
11,54%
Posts (30d)
282
Characters in post
1 288
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 03:47
Media unavailable
5
7
Show in Telegram

🔹
🔹
🔹
🔹
🗣
Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ma’rifiy tashriflar va tadbirlar
o‘tkazilmoqda
.
🏢
Oliy ta’lim tashkilotlarida
“Payshanba – Yoshlar kuni”
doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Guliston davlat universiteti


Urganch davlat pedagogika instituti


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turan International University


Andijon davlat tibbiyot instituti


Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti


Andijon davlat pedagogika instituti


Andijon davlat universiteti


Andijon davlat chet tillari instituti


Buxoro davlat universiteti


Farg‘ona davlat texnika universiteti


Qoraqalpoq davlat universiteti


Samarqand davlat universitetining Urgut filiali


Olmaliq davlat texnika instituti


Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali


Samarqand davlat tibbiyot universiteti


Jizzax politexnika instituti


Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi


Jizzax shahar Sambhram universiteti


Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali


Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali


Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti


Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bunday tadbirlar oliy ta’lim muassasalarida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

June 12, 00:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Bugun 12-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳
BMT – Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni.
🌏
To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni.
🌏
Xalqaro shialar kuni.
🇹🇲
Turkmaniston – Fanlar kuni.
🇽🇰
Kosovo – Tinchlik kuni.
#muhim_voqealar
💠
1668 – Lund (Shvetsiya)da Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri
tashkil etildi.
💠
1849 – Lyuis Xaslet protivogazga patent oldi.
💠
1955 – Yoqutistonda dunyodagi eng katta olmos koni ochildi.
💠
2014 – San-Paulada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati ochildi.
#tavalludlar
🔹
1773 – Amshel Rotshild – nemis bankiri, Rotshildlar sulolasi asoschilaridan biri.
🔹
1915 – Devid Rokfeller – amerikalik bankir, davlat arbobi.
🔹
1924 – Jorj Bush – AQShning 41-prezidenti, kongressmen, diplomat.
🔹
1946 – Yodgor Saʼdiyev — o‘zbek kino va teatr aktyori
🔹
1957 – Quvondiq Sanaqulov – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori.
1990 – Sevara Soliyeva – o‘zbek aktrisasi.
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 16:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

TALABA-QIZLAR VA OTA-ONALAR FORUMI QANDAY O‘TDI?
👍
Andijon davlat chet tillari institutida o‘tkazilgan
“Talaba-qizlar va ota-onalar forumi”
unutilmas taassurotlarga boy tarzda tashkil etildi.
🎥
Batafsil videolavhada tomosha qiling!
🎥
Video muallifi:
"ADCHTI pressa" guruhi a’zosi —
Sherali Ismoilov.
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 14:51
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
90 KUN

ASIFL STUDENTS’ LEAGUE 2026 G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
🏆
👍
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida
“Payshanba — yoshlar kuni”
tadbirlari davomida Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilgan
“ASIFL STUDENTS’ LEAGUE 2026”
futbol musobaqasining g‘olib jamoalarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔺
Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
🏆
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — “Turon” jamoasi
💰
12 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
🥈
2-o‘rin — “Remontada” jamoasi
💰
9 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
🥉
3-o‘rin — “Sony X” jamoasi
💰
6 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
👏
G‘olib jamoalarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sport — sog‘lom avlod, mustahkam iroda va yorqin kelajak garovidir!
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 14:21
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
90 KUN
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
👍
Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.Rustamov
boshchiligida
“Dolzarb 90 kun”
loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔻
Yig‘ilishda talaba-yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔺
Muhokamalar davomida institutda faoliyat yuritayotgan fan, ijodiy va sport yo‘nalishlaridagi bepul to‘garaklarga talaba-yoshlarni keng jalb etish, ayniqsa uyushmagan yoshlar hamda maktab yoshidagi bolalarning qamrovini oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. To‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
🔺
Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan fan to‘garaklari, xorijiy tillarni o‘rganish kurslari, ijodiy mashg‘ulotlar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli tanlov va uchrashuvlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ularni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali faol targ‘ib etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
🔺
Yig‘ilish yakunida loyiha doirasidagi barcha tadbirlarning sifat va samaradorligini oshirish, yoshlarni mazmunli faoliyatga keng jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini foydali tashkil etishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi.
👍
“Dolzarb 90 kun” loyihasi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir.
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 13:51
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#tavallud_kun
🎁
Bugun - 11.06.2026-yil kuni
Andijon davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Baltabayeva Mohigul Tursunbayevna
uchun unutilmas kun. Boisi,
Mohigul Tursunbayevna
o'z tavallud topgan kunini nishonlamoqda.
💐
Shu munosabat bilan institut mehnat jamoasi nomidan
M.Baltabayeva
ni muborakbod etgan holda, mas'uliyatli va mashaqqatli ish faoliyatida ulkan zafarlar, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog'lik-salomatlik tilab qolamiz!
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 13:31
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
90 KUN
“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA TTJDA SPORT TO‘GARAKLARI DAVOM ETMOQDA
👍
“Dolzarb 90 kun”
loyihasi doirasida
Andijon davlat chet tillari instituti
Talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol, stol-tennisi hamda qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport to‘garaklari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
🔺
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar sport turlarining nazariy va amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi hamda sport mahoratini yanada oshirib bormoqdalar.
🔺
To‘garaklarda talaba-yoshlarning jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik va qat’iyat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔺
Futbol, stol-tennisi va voleybol mashg‘ulotlari davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va iqtidorlarini namoyon etmoqdalar.
🔺
Mazkur sport to‘garaklari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jismonan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

🏓
🏐
Sport — sog‘lom hayot, mustahkam iroda va yangi yutuqlar sari ishonchli qadamdir!
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 12:26
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
90 KUN
“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA KURASH TO‘GARAKLARI DAVOM ETMOQDA
👍
“Dolzarb 90 kun”
loyihasi doirasida
Andijon davlat chet tillari instituti
da talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy sport turlariga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida kurash bo‘yicha sport to‘garaklari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
🔺
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar kurash sport turining nazariy asoslari, texnik va taktik usullari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab bormoqdalar.
🔺
To‘garaklarda talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik va matonat kabi fazilatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔺
Kurash mashg‘ulotlari davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, iroda kuchi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etmoqdalar.
🔺
Mazkur to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, milliy sport an’analarini keng targ‘ib etish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
🤼‍♂️
Kurash — kuch, jasorat va g‘urur timsolidir!
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 12:05
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
90 KUN
“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA YOZGI SUV HAVZASIDA SUZISH MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA
👍
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon davlat chet tillari instituti qoshidagi yozgi suv havzasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish maqsadida suzish mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
🔺
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar suzish sport turining nazariy asoslari, xavfsizlik qoidalari hamda suzish texnikalarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirmoqdalar.
🔺
To‘garaklarda talaba-yoshlarning jismoniy chiniqishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, chidamlilik va iroda sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔺
Suzish mashg‘ulotlari davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, intilishi hamda jismoniy tayyorgarlik darajalarini oshirib bormoqdalar.
🔺
Mazkur mashg‘ulotlar yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🏊‍♂️
Sog‘lom turmush tarzi — muvaffaqiyat va yuksak natijalar garovidir!
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube

June 11, 11:46
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
90 KUN
“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA CHIM USTIDA XOKKEY MASHG‘ULOTLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA
👍
“Dolzarb 90 kun”
loyihasi doirasida Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida chim ustida xokkey bo‘yicha sport to‘garaklari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
🔺
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar chim ustida xokkey sport turining nazariy asoslari, texnik va taktik jihatlari bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
🔺
To‘garaklarda talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔺
Sport mashg‘ulotlari davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoaviy hamjihatlik qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar.
🔺
Mazkur to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom va barkamol avlod sifatida tarbiyalash hamda sport sohasida yangi iste’dodlarni kashf etishga xizmat qilmoqda.
👍
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
🕸
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️
adchti.uz
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube