
Intellektual mulk yangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📌
Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi: ogohlantiruvchi tamg‘alarning yangi shakllari tasdiqlandi
➡️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentyabrdagi
469-son qarori
bilan geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ogohlantiruvchi tamg‘alarining shakllari hamda tavsiflari tasdiqlandi.
❗️
Ma’lumot uchun:
Ogohlantiruvchi tamg‘a — tovar yoki uning o‘rovida qo‘llaniladigan, mazkur belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanini bildiruvchi maxsus belgidir.
Ushbu tamg‘a iste’molchilarga mahsulotning muayyan geografik hudud bilan bog‘liqligi va tegishli intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganini anglash imkonini beradi. Shuningdek, u mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati yoki obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
📌
Mazkur tamg‘alarning joriy etilishi bilan:
⏩
mahalliy mahsulotlarning tanilishiga, hududiy brendlarning rivojlanishiga va mahalliy iqtisodiy faollikning oshishiga ko‘maklashadi.
⏩
mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lash orqali uning
bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga
xizmat qiladi.
⏩
geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan
qonuniy foydalanishni rag‘batlantiradi
hamda ulardan
noqonuniy foydalanishning oldini olishga
xizmat qiladi.
✔️
Shu tariqa, ogohlantiruvchi tamg‘alar nafaqat iste’molchilarni xabardor qilish, balki mahalliy mahsulotlarning qiymatini oshirish, ularni huquqiy muhofaza qilish va hududiy brendlarni rivojlantirishning muhim vositasiga aylanadi.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
#Adliya_xabari
⚖️
Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi
✅
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori
bilan
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni
ta’sis etildi.
📣
Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan
davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga
beriladi.
📌
Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
✔️
intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtiroki;
✔️
intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati;
✔️
intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashdagi faol ishtiroki;
✔️
jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi;
✔️
intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishdagi ishtiroki.
😅
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar
har yili 1-yanvardan 1-martga qadar
Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa 1-aprelga qadar qabul qilinadi, taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq esa 20-aprelga qadar rasmiylashtiriladi.
🖥
Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
🔘
Taqdirlangan shaxslarga
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti
beriladi. Shuningdek, taqdirlanganlar ro‘yxati Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
✅
Bir shaxs mazkur ko‘krak nishoni bilan
faqat bir marta
taqdirlanadi.
Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
#
Rasmiy_munosabat
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda B. Hamdamovning
ijodiy merosiga mansub asarlardan foydalanish masalasi
, xususan, uning farzandi tomonidan mazkur asarlarni mualliflik huquqi nuqtayi nazaridan himoya qilishga qaratilgan murojaatlar yuzasidan turli fikr va munozaralar bildirilmoqda.
Shu munosabat bilan Adliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni
ga muvofiq, mualliflik huquqi fan, adabiyot va san’at asarlariga ularning maqsadi, qadr-qimmati hamda ifodalanish shaklidan qat’i nazar tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan boshlab yuzaga keladi va buning uchun asarni alohida ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tadi. Shu sababli muallif vafot etganidan keyin uning asarlariga bo‘lgan tegishli mulkiy huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda merosxo‘rlarga o‘tishi mumkin.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida hamda uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi. Mazkur muddat tugaganidan so‘ng asar ijtimoiy mulkka aylanadi.
Shu sababli, qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, asardan foydalanish faqat huquq egasi bilan tuzilgan tegishli shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, mualliflik huquqi
sohasidagi nizolar
, jumladan, muayyan asarga bo‘lgan
huquq egasini aniqlash
, undan foydalanish qonuniyligini
baholash
yoki huquq buzilganligi to‘g‘risidagi masalalar
tegishli dalillar
va
huquqiy asoslar asosida
qonunchilikda belgilangan tartibda, zarur hollarda
sud tomonidan
hal etiladi.
Adliya vazirligi fuqarolar va ijodkorlarni mualliflik huquqiga oid masalalarda
hissiy
yoki
bir tomonlama
xulosalardan tiyilishga, har bir asardan foydalanishdan avval tegishli
huquq egasining roziligi
yoki qonunda nazarda tutilgan
boshqa huquqiy asos mavjudligini
aniqlashga chaqiradi.
Shu bilan birga, agar Sizning
mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz
buzilgan deb hisoblasangiz, o‘z huquq va qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish masalasida
Adliya vazirligining 1008 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga
murojaat qilishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
Ba’zi san’atkorlarga farosat kerak – Farida Afro'z
Nega shoirlar bugun qiyin ahvolda yashayapti?
Ularning daromadi qayerdan keladi? Aslida ijodkorning mehnati qanday qadrlanishi kerak?
Shoirlar qachon maddoh bo‘ladi? “Qaroqchi”da bugun adabiyotni tijoratga aylantiayotganlar, “o‘tinchi” shoirlar va bugungi adabiyotning muammolari haqida shoira Farida Afruz bilan ochiq suhbat.
Videoni ko‘rish
👉
https://youtu.be/FmgFcjm0ABk
#Men_bilgan_adliya
✅
Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz?
🔵
Ushbu savolga
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi
,
shoira va yozuvchi
Farida Afro'z
javob berdi.
🔹
Batafsil
👉
videoda
✅
"
Qaroqchi"
loyihasining navbatdagi mehmoni
Farida Afroʻz
bilan to‘liq suhbatni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
#Intellektual_mulk
⚔️
Intellektual mulk nizolarini sudgacha, tezkor va kelishuv asosida hal etish imkoniyati kengaymoqda
Adliya vazirligi, Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamda Toshkent mediatsiya markazi hamkorligida respublika bo‘ylab
“IP Mediation”
loyihasiga start berilmoqda.
⚖️
Loyiha intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni tomonlar uchun
qulay, tezkor va o‘zaro kelishuv asosida
hal etishga xizmat qiladi.
✅
Bu esa huquq egalari va tadbirkorlar uchun nizolarni ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz, murosaga asoslangan tartibda hal etishning yana bir samarali mexanizmini yaratadi.
🎥
“IP Mediation” qanday ishlaydi? Batafsil — videoda.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
“Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📌
Buxoro sho‘rdanaklari
— ko‘p asrlik o‘zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadigan an’anaviy mahsulotlardan biridir. Sho‘rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.
🌿
“Buxoro sho‘rdanaklari”
ning o‘ziga xos xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim sharoiti, mahalliy xomashyo hamda uni tayyorlashning an’anaviy usullari bilan chambarchas bog‘liq. Tarixan ushbu mahsulot Buxoro vohasida tayyorlanib, turli hududlarga keng tarqalgan.
⚖️
“Buxoro sho‘rdanaklari”
geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.
🔒
Natijada:
✅
mahsulotning Buxoro hududiga mansubligi va o‘ziga xos xususiyatlari himoya qilinadi;
✅
iste’molchilar uchun mahsulotning kelib chiqishi va haqiqiyligini aniqlash imkoniyati oshadi;
✅
Buxoro sho‘rdanaklarini mahalliy va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos mustahkamlanadi.
📈
Mazkur geografik ko‘rsatkichning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
Buxoro viloyatining milliy gastronomik merosini asrash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hududiy brendni rivojlantirish hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
📚
Ma’lumot uchun:
geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan geografik hududga mansubligini hamda uning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hududga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi intellektual mulk obyektidir.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
#Adliya_xabari
⚔️
Muallif huquqini himoya qilish — millat ijodiy salohiyatini himoya qilishdir!
✅
Har bir qo‘shiq, she’r, kitob, musiqa yoki boshqa ijodiy asar ortida
muallifning mehnati, iste’dodi va intellektual salohiyati
turadi. Muallif o‘z asaridan foydalanish va buning uchun haq olish huquqiga ega.
📊
2025–2026-yillar davomida:
🔹
300 dan ortiq muallifning huquqlari himoya qilindi;
⚖️
Bugungi huquqiy himoya tizimi
mashhur ijodkorga ham, xalq artistiga ham, oddiy muallifga ham birdek ishlashi
kerak. Chunki asosiy maqsad faqat huquqbuzarni jazolash emas, balki jamiyatda
muallif mehnati va huquqlariga hurmat madaniyatini shakllantirishdir.
✍️
Muallifning qalamiga hurmat — uning mehnatiga hurmat. Muallif mehnatiga hurmat esa milliy ijod va madaniyatga hurmatdir.
🎥
Mualliflik huquqlari qanday himoya qilinmoqda? Batafsil — videoda.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
#Adliya_xabari
📍
Mahsulotning “manzili” ham uning qadrini belgilaydimi?
✅
Albatta. Chunki ayrim mahsulotlarning sifati va obro‘si aynan
u yetishtirilgan hududning tabiati, iqlimi, an’analari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tajribasi
bilan chambarchas bog‘liq.
❗️
Bunday mahsulot nomlarini
geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydi.
✅
Xo‘sh, bundan xalqqa nima foyda?
✅
hududga xos mahsulotlarning nomi va obro‘si huquqiy himoyaga olinadi;
✅
mahsulot nomidan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi;
✅
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari himoya qilinadi;
✅
iste’molchi mahsulotning haqiqiy kelib chiqishi va o‘ziga xos sifatiga ishonch hosil qiladi;
✅
mahalliy mahsulotlarni
milliy brendga aylantirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish
uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
🇺🇿
Bugun hududlarimizga xos mahsulotlarni geografik ko‘rsatkich sifatida huquqiy himoyaga olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
🎥
Ayni shu yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirildi va buning oddiy ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi uchun qanday foydasi bor? Batafsil — videoda.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA
🛒
📱
📣
Hurmatli fuqarolar!
Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.
Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi
.
👉
So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola
:
🔗
https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA
🔒
So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.
❗️
Sizning fikringiz biz uchun muhim
🙌
Ishtirokingiz uchun rahmat!
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter