
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari
📣
Adliya vazirligi jamoasi Respublika qon quyish markazi tomonidan e’tirof etildi!
🩸
Bugun
"14-iyun
—
Butunjahon donorlar kuni
" munosabati bilan
Respublika qon quyish markazi
tomonidan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Adliya vazirligi tomonidan
muntazam ravishda
o‘tkazib kelinayotgan
“Mehr ulash”
donorlik aksiyasi
jamiyatda ezgulik, birdamlik va inson hayotiga befarq bo‘lmaslik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.
☄️
Qon topshirish jarayonida faol ishtiroki va donorlik harakatini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Adliya vazirligi jamoasi
Respublika qon quyish markazi tomonidan e’tirof etilib
, taqdirlandi.
♥️
Donorlik — bu nafaqat insoniylik namunasi, balki jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatdir. Adliya vazirligi xodimlari ushbu ezgu tashabbus orqali inson hayotini asrashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram |
Facebook
|
YouTube
|
Bot
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
🎓
Xorazmda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch shahar Davlat xizmatlari markazida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda Urganch davlat universiteti talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
⚖️
Uchrashuv davomida yoshlarga qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar, adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, adliya tizimida faoliyat boshlash va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🏢
Tadbirning amaliy qismida talaba-yoshlar uchun Urganch shahar Davlat xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirildi. Unda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda davlat xizmatlarining o‘rni, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilining afzalliklari hamda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💻
Shuningdek, ishtirokchilar davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari, yaratilgan qulayliklar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
💬
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy tavsiyalar va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
✨
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni davlat xizmatlari tizimi bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yo‘nalish berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#Adliya_xabari
❗️
Farg'ona viloyatida yana 1975 nafar fuqarolarning yer va unda qurilgan binoga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi
.
Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami
1975
nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uchun,
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun
ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda jami
11 731
nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
Shuningdek, mazkur sessiyada vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy hamda yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aniqlangan qonunbuzilish holatlari va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalasi ham muhokama qilindi.
#Adliya_aralashgach
⚖️
Adliya aralashuvi bilan 202 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi
📍
Andijon viloyatida fuqaroning uzoq yillardan buyon to‘lanmay kelayotgan ustama pullari va kompensatsiya mablag‘lari adliya organlari ko‘magida undirib berildi.
📝
Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida AKTni raqamlashtirish bo‘yicha metodist lavozimida faoliyat yuritgan fuqaro D.A. qonunchilikda nazarda tutilgan ustama pullari to‘lanmayotganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qilgan.
🔎
Murojaatni o‘rganish davomida davlat organlari va budjet tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul xodimlarga lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, mazkur to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.
👨⚖️
Holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.
✅
Sud qaroriga ko‘ra:
💰
117 million 552 ming so‘m ustama pullari;
💰
85 million 129 ming so‘m to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya mablag‘lari undirilishi belgilandi.
📌
Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklanib, jami
202 million 681 ming so‘m
mablag‘ni undirishga erishildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#Rahbar_va_yoshlar
#Huquqiy_aksiya
⚖️
Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqotlar va bepul yuridik yordam tadbirlari o‘tkazildi
📍
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari, Yuridik texnikum o‘quvchilari hamda Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
💬
Ochiq muloqotlar davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan huquqiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Zarur hollarda huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
🤝
Tadbirlarda advokatlar, notariuslar va tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarning savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
📚
Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazilgan uchrashuvda bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#yoshlar_kuni
“
Har payshanba – Yoshlar kuni”: Chiroqchida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
⭐️
Chiroqchi tumani hokimligi majlislar zalida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
🔂
Tadbirda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda Chiroqchi tumani hokimi
ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita suhbatlashdilar.
🔂
Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Shuningdek, ularga adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sohadagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔂
Yigit-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarilib, ularning murojaat va tashabbuslari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔂
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#Tayinlov
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga direktor tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan
Maxkamov Murodjon Zaxidovich
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Murodjon Maxkamov 1980-yilda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – texnologik mashina va jihozlar, sud-avtotexnika va sud avtomobil yo‘llari eksperti. 3-darajali adliya maslahatchisi. Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida boshlagan.
➖
2001–2022-yillarda Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida laboratoriya laboranti, kichik ilmiy xodim vazifasini vaqtincha bajaruvchi, ilmiy xodim, yetakchi ekspert va bosh ekspert;
➖
2022–2024-yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i;
➖
2024–2025-yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi
Murodjon Maxkamovni
ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#Tayinlov
Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan
Xalilov Akram Utamurodovich
Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Akram Xalilov 1970-yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1996-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1-darajali adliya maslahatchisi.
Mehnat faoliyati:
➖
1990–1997 yillarda. - Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi sud majlisi kotibi, sud ijrochisi
➖
1997–1998-yillarda Adliya vazirligi Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash boshqarmasi katta maslahatchisi;
➖
1998–1999-yillarda - “Xalq banki” davlat aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi yuridik xizmat boshqarmasi bosh yuristi;
➖
1999–1999-yillarda - Toshkent viloyat xo‘jalik sudi katta maslahatchisi;
➖
1999–2000-yillarda - Oliy xo‘jalik sudi Plenumi va Rayosati kotibiyati katta maslahatchisi, bosh sud ijrochisi;
➖
2000–2002 yillarda - Toshkent viloyat xo‘jalik sudi bosh sud ijrochisi;
➖
2002–2002 yillarda - Sud ijrochilari Chilonzor tumani bo‘linmasi katta sud ijrochisi
➖
2002–2007-yillarda Sud departamentida bosh inspektor, bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;
➖
2007–2010-yillarda Sud departamenti Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi va boshqarma boshlig‘i;
➖
2010–2017-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i;
➖
2017–2019-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar (2019-yildan) Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi
Akram Xalilovni
ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#Adliya_xabari
❗️
Marg'ilon shahridagi "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da yosh tadbirkorlarning tovar belgilari o'rganildi
Xususan, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning tovar belgilari bo'yicha qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida ushbu sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi va ularga o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi. Natijada 5 ta tadbirkorlik subyekti o‘zining tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish istagini bildirdi hamda ularga amaliy yordamlar berildi.
Shuningdek, 2025-yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonuni bilan intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini, jumladan tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy taʼminot, sanoat namunasi va boshqa obyektlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar belgilanligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir davomida sanoat zonasidagi tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot
#yoshlar_kuni
#adliya_yoshlar
📣
“Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shayxontohur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida "Bepul yuridik yordam kuni" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
🔰
Muloqot davomida, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtyozlar, shuningdek, adliya organlarining vazifa va funksiyalari hamda adliya organlarida faoliyatni boshlash va ishga kirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar haqida ma’lumotlar berildi.
✅
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 312-son qarori hamda boshqa qonunlarda belgilangan imtiyozlar boʻyicha batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Ⓜ️
Ishtirokchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
📄
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan muammo va takliflar nazoratga olindi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot