Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ADPI yoşlari | Rasmiy kanali

adpiyoshlari
Andijon davlat pedagogika instituti Yoşlar ittifoqi rasmiy telegram kanaliga xuş kelibsiz! Sizning taşabbusingiz - sizning kelajagingiz uchun!!! Facebook - https://www.fb.com/adpiyoshlari Instagram - https://www.instagram.com/adpiyoshlari
Subscribers
5 769
24 hours
-7
30 days
19
Post views
735
ER
12,74%
Posts (30d)
73
Characters in post
908
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 16:01
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🟩
🟩
🟩
🟩
🇺🇿
Özbekiston yoşlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boşlangʻiç taşkiloti tomonidan talabalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, madaniy hordiq olişlarini taʼminlaş maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvçi talabalar uçun "Kino keçalari" ötkazildi
🇺🇿
Bizning sahifalarimiz:
🟦
Telegram
🟦
Instagram
🟦
Facebook

October 26, 09:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 21, 19:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
⚡️
Payshanba kuni  "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan  Talabalar ligasi Kuzgi mavsum 5-tur o'yini boʻlib oʻtadi
.
Liga bir o‘quv yili doirasidagi uch mavsum (kuz, qish, bahor) davomida bo‘lib o‘tadi. Har bir mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi.
Ligada g‘olib bo‘lgan jamoaga maxsus kubok, shuningdek dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
Liga o‘yinlari butun respublika bo‘yicha bir vaqtda - har payshanba soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
22-oktabr kuni soat 17:00 da Liganing Kuzgi mavsumi 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O'yin bo'lib o'tuvchi manzillar:
📍
Andijon davlat universiteti kutubxonasi
📍
Andijon davlat texnika instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti faollar zali.
📍
Qoʻqon universiteti Andijon filiali oshxonasi.
📍
Andijon davlat Pedagogika instituti yoshlar saroyi.
Jamoalar o'zlari uchun qulay bo'lgan hududga borib ishtirok etishlari mumkin.
🔥
Zakovat NNT Andijon viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali:
@Andijon_ZakovatNNT

October 21, 11:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
Andijonda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyatida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Telegram
📱
Youtube

October 21, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

October 21, 07:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Andijon zakovat klubi barcha ayol-qizlarni
“Ayollar ligasi”
baxslariga chorlaydi.
Ushbu haftadan Ayollar ligasi yangi mavsumiga start beriladi. Bu o’yinda barcha hotin-qizlardan iborat jamoalar qatnashishi mumkin.
Jamoa tuzing va ishtirok eting.
Jamoalar
ushbu havola
orqali yoki
@Nurmuhammadamin
ga murojaat orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
Ayollar ligasi bir oyda bir marta o’tkaziladi.
1-tur o’yini 24-oktabr, shanba kuni 13:00 da boshlanadi.
Manzil: Andijon davlat texnika instituti.
@Andijon_ZakovatNNT

October 21, 04:41
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida ertalabdan bayramona kayfiyat hukm surdi.
Institutga tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar samimiy kutib olinib, ular O‘zbek tili bayrami bilan muborakbod etildi. Ushbu samimiy tabriklar orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ulari yana bir bor namoyon bo‘ldi.
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismi. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Institutda kunni ana shunday samimiy tabriklar bilan boshlash bayram shukuhini yanada oshirib, ustozlar va talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va faxrimiz! O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

October 21, 03:36
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLATIM RUHI, G‘URURIM VA IFTIXORIM!
Til — millatning qalbi, tarixning ovozi, kelajakning poydevoridir.
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan o‘zbek tilining beqiyos qadri, milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizni tarannum etuvchi ijodiy videorolik tayyorlandi.
🎬
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida suratga olingan ushbu videorolikda buyuk ajdodlarimizning ona tilimizga bo‘lgan ehtiromi, o‘zbek so‘zining qudrati va yosh avlodning milliy tilimiz oldidagi mas’uliyati badiiy obrazlar orqali ifoda etilgan.
Tilimiz — o‘tmishimizdan meros, bugunimizga iftixor, kelajagimizga omonat!
Ona tilimizning qadri baland, umri boqiy bo‘lsin!
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

October 21, 03:36
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli ustozlar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni milliy o‘zligimiz, boy ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizga ehtirom ifodasi —
O‘zbek tili bayrami kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
O‘zbek tili
— ajdodlarimizning asriy tafakkuri, xalqimizning tarixi va orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Uning har bir so‘zida millatimizning qalbi, ezgu fazilatlari va betakror ruhiyati aks etadi.
Ona tilimizning sofligini asrash, uning boy imkoniyatlarini chuqur o‘rganish, ilm-fan va ta’limdagi mavqeyini yuksaltirish hamda kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir. Bu yo‘lda ustoz va ziyolilarimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning bilimga intilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ona tilimizning qadri baland, umri boqiy bo‘lsin!
O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

October 20, 12:22

🟩
🟩
🟩
🟩
21-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan "ZAKOVAT QUIZ" intellektual tanloviga quyidagi jamoalar muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgan:
1.Zetintelligent
2.Parvoz jamoasi
3.Erudit
4.Kifoya
5.Magnus
6.Gap yo'q
7.Lider girls
8.Progress
9.Navigator
10.Nobel Squad
11.IQ
QUEENS
12.Alfa
13. Imperiya
14."Olego qizlari"
15.Intellekt yulduzlari
16. Rusistika
17.Kitobxonlar
18.Irfon
19.Evolyutsiya
20.Zukko Avlod
21.Intellekt jamoasi
22.Urfon jamoasi
23.Ibtido
24.Fiziklar
25.Femida
Qo'shimcha o'rinlar uchun (
Vaqtida kelmagan jamoalar o'rniga
)
1.Talaba IQ
2.Kimyogarlar
3.Mixed Time
Ro'yxatdan o'tish yakunlandi hammaga rahmat shu kuni kech qolmasdan kelishinglarni so'raymiz...
🇺🇿
Bizning sahifalarimiz:
🟦
Telegram
🟦
Instagram
🟦
Facebook