
Afiyfun
Ichingda og’riydigan bir joy doimo bo’ladi, ammo hech kimga "Mana, aynan shu joyi", deb ayta olmaysan.
Shuhrat Orif
@afiyfun
“Apple Isroil askarlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Apple Isroilda katta miqdorda investitsiyalarga va faoliyatga ega. Uning xodimlarga moslashtirilgan xayriya dasturi orqali Isroil askarlarini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga, jumladan,
IDF (Isroil mudofaa armiyasi) do‘stlari
tashkilotiga xayriya qilish mumkin.
Ularni o‘z pulingiz bilan qo‘llab-quvvatlamang.
Manba:
Ahmed Zeyada
@afiyfun
Bilgan bo’lib qolmas, bilinsa,
Baxt emas u - ko’z-ko’z qilinsa...
Behzod Fazliddin
@afiyfun
Ey inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g’ururga ketkazdi?! U seni to’la-to’kis va mo’tadil qilib yaratgandi. O’zi xohlagan suvratda seni tarkib qildi.
Infitor surasi, 6,7,8 oyatlar.
@afiyfun
Agar senga birodaringdan biror yoqimsiz xabar yetsa imkon qadar unga uzr ista. Agar unga uzr topmasang ham "ehtimol men bilmagan uzri bordir" deb ayt".
Abdulloh ibn Zayd al-jurmiy rahimahulloh
@afiyfun
"Biz oʻzimizni doʻzaxga tushirib boʻlganmiz. Agar Alloh bizni undan chiqarishni istasagina undan chiqarilamiz".
Alo ibn Ziyod al-adaviy rahimahulloh
@afiyfun
Kim Allohga ehsonu hush muomalasida yuzlanmasa, O'zi uni sinov zanjirlariga bog'lab olib keladi.
Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh
@afiyfun
Bir yigit Shayx Muhammad G’azzoliydan: "Ey Shayx, namoz o’qimagan odamning hukmi nima bo’ladi?" deb so’radi.
U kishi shunday javob berdilar: "Hukmi - uni o’zing bilan masjidga olib borishingdir!
Yaxshilikka chaqiruvchi bo’lgin, amallarga hakam emas!
@afiyfun
Dovud at-Toiy rahimahulloh aytadilar:
Men Atvon ibn Amrdan "Orzu-havasning qisqaligi qancha boʻlish kerak" deb soʻradim.
U aytdi:
"Nafas olib uni chiqarguncha".
@afiyfun
Yaqinlarga yaxshi bo’lish - ularga yaxshilik qilishning o’zigina emas, balki ulardan kelgan ozorlarga sabr qilish hamdir.
Jamoliddin Muhammadjon
@afiyfun