
AKADEMIK BURCHAK
‼️
ОДАМНИ ИШ ЭМАС, БАЪЗАН ИШДАГИ МУҲИТ ЧАРЧАТАДИ
Ҳаётда шундай одамлар борки, улар билан ўн дақиқа суҳбатлашсангиз ҳам, бир кунлик кучингиз кетгандек бўлади. Улар муаммога ечим топишдан кўра айбдор излашга, йўл кўрсатишдан кўра камчилик топишга мойил бўлади.
Айниқса, бундай муносабат раҳбар томонидан бўлса, унинг таъсири бутун жамоада сезилади.
Менимча, раҳбарликнинг энг муҳим жиҳатларидан бири — одамларни фақат ишлатиш эмас, уларда ишлашга бўлган иштиёқни ҳам сақлаб қолишдир.
Албатта, раҳбар талабчан бўлиши керак. Хатони кўрсатиши, натижа сўраши, интизом талаб қилиши табиий. Лекин
талабчанлик билан доимий руҳий босим ўртасида катта фарқ бор.
Яхши раҳбар танқид қилганда ходим нимани тузатиш кераклигини тушунади. Носоғлом бошқарув муҳитида эса ходим хатосини тузатишдан кўра, навбатдаги танбеҳдан қандай қочиш ҳақида ўйлай бошлайди.
Энг ёмони, бундай муҳитда одам аста-секин ташаббус кўрсатмай қўяди. Аввалига янги ғоялар билан чиқади, кейин фикрини эҳтиёткорлик билан билдиради, охир-оқибат эса фақат айтилган ишни бажариш билан чекланади.
Яна бир қизиқ ҳолат бор. Айрим жамоаларда ишни яхши бажарадиган ходимга тобора кўпроқ вазифа юкланади. Чунки раҳбар унинг уддалашини билади. Камроқ ишлайдиганлар эса нисбатан тинч юради.
Натижада
масъулиятли бўлиш рағбат эмас, қўшимча юкка айланади.
Бу эса вақт ўтиб энг фаол ходимнинг ҳам иштиёқини сўндириши мумкин.
Аслида раҳбарнинг вазифаси ҳаммани хурсанд қилиш эмас. У адолатли талаб қўйиши, вазифаларни оқилона тақсимлаши ва натижани баҳолай олиши керак.
Ходим ҳам ҳар қандай танқидни шахсий муносабат сифатида қабул қилмаслиги, ўз масъулиятини англаши зарур. Соғлом иш муҳити ҳар икки томоннинг масъулияти билан шаклланади.
Лекин раҳбарнинг таъсир доираси кенгроқ. Унинг бир оғиз гапи одамга ишонч бериши ҳам, йиллар давомида шаклланган иштиёқини сўндириши ҳам мумкин.
Шу ўринда бир савол туғилади: раҳбарнинг самарадорлигини фақат бажарилган топшириқлар билан ўлчаш тўғрими?
У раҳбарлик қилган даврда қанча ходим ўсди? Кимнингдир қобилияти очилдими? Жамоада янги ғоялар пайдо бўлдими? Одамлар мустақил фикрлашга ва ташаббус кўрсатишга интиладими?
Менимча, булар ҳам бошқарув самарадорлигининг муҳим кўрсаткичлари бўлиши керак.
Чунки одамни ҳар доим ишнинг кўплиги чарчатмайди. Баъзан уни қадрланмаган меҳнат, адолатсиз тақсимланган вазифалар, тушунтирилмаган талаблар ва доимий босим чарчатади.
Энг хавфлиси — ташкилот яхши ходимини йўқотишидан анча олдин унинг ишлашга бўлган иштиёқини йўқотиши мумкин.
Шунинг учун яхши раҳбар фақат ишни бошқарадиган эмас, одамларнинг салоҳиятини оча оладиган раҳбардир.
📍
@akademik_burchak
🛋
#patent
#intellektualmulk
#ilm
#phd
#dsc
‼️
Mazkur havolalar orqali o‘zingizga kerakli patent ma’lumotlarini topishingiz mumkin
1. Espacenet (Yevropa patent idorasi)
https://www.epo.org/searching-for-patents/technical/espacenet.html#tab1
2. WIPO (Jahon intellektual mulk tashkiloti)
https://patentscope.wipo.int/search/en/search.jsf
3. USPTO (AQSh Patent va savdo belgilari idorasi)
https://www.uspto.gov/patents
4. Patent lens portali
https://www.lens.org/lens/
5. SciFinder (faqat kimyoga oid patentlar)
https://www.cas.org/cas-data/cas-patents
6. Scopus - tegishli kalit so'zlar bo'yicha hujjatni qidirish; qidiruv natijalari ro'yxatida siz hujjat natijalaridan patent natijalariga o'tishingiz mumkin.
https://www.scopus.com/home.uri
7. Google patentlari
https://www.google.com/?tbm=pts
8. Patent tahlili
https://www.google.com/?tbm=pts
Ps: Ushbu postni maksimal darajada do‘stlaringizga hamda ilmiy doiralarga ulashing va kanalga taklif qiling
📍
@akademik_burchak
da bo‘ling
🛋
🎓
ILMIY XIZMATLAR — PROFESSIONAL YONDASHUV
📚
ILMIY MAQOLALAR
▪️
Ilmiy maqolalarni tayyorlash va tahrirlash
▪️
OAK jurnallarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
▪️
IMRAD talablari asosida rasmiylashtirish
📑
ILMIY TEZISLAR
▪️
Respublika va xalqaro konferensiyalar uchun tezislar tayyorlash
▪️
Konferensiya to‘plamlarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
✅
Sifat • Aniqlik • Mas’uliyat
📩
Murojaat uchun:
@uzbek_scientist
ILMIY FAOLIYATINGIZDA ISHONCHLI HAMKOR!
🎓
Til sertifikati sabab himoyasi qolgan magistrantlar uchun muhim xabar
Taqdim etilgan bayonning 4-bandiga ko‘ra,
2023-yil 14-fevraldagi 13-son bayon asosida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan talabalar
PF–81-son Farmonda belgilangan darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lsa, magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishiga ruxsat beriladi.
Talab etiladigan darajalar:
🔹
C1
— filologiya yo‘nalishlari;
🔹
B2
— gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
🔹
B1
— boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari.
Sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lishi va u rasman tan olingan sertifikatlar ro‘yxatiga kirishi shart.
Demak, yuqoridagi tartibda qabul qilingan, mutaxassisligi uchun
B1 darajasi belgilangan magistrantlar B1 sertifikati bilan ham himoyaga qo‘yilishi mumkin.
Sertifikat talabi bekor qilinmagan.
Tegishli sertifikatni taqdim etgan magistrantlarning himoyasini belgilangan tartibda tashkil etish OTM rahbarlariga topshirilgan.
🎓
@Magistr_Hub
❗️
ILMIY RAHBARGA YUBORISHDAN OLDIN
…
Ilmiy rahbar matndagi har bir imlo xatosini topish uchun emas,
tadqiqotingizni ilmiy jihatdan kuchaytirish uchun
kerak.
Shuning uchun ishni rahbarga yuborishdan oldin kamida 7 jihatdan tekshirib chiqing:
Maqsad.
Tadqiqot nima uchun bajarilayotgani aniqmi?
Tadqiqot savoli.
Ish aynan qanday savolga javob izlayapti?
Metod.
Tanlangan metod orqali ushbu savolga javob olish mumkinmi?
Dalillar.
Muhim fikr va da’volar ishonchli manba bilan asoslanganmi?
Natijalar.
Jadval, diagramma, foiz va matndagi raqamlar bir-biriga mosmi?
Manbalar.
Matnda keltirilgan havolalar adabiyotlar ro‘yxatida bormi? Manbalar haqiqatan mavjudmi?
Mantiq.
Muammo → maqsad → metod → natija → xulosa o‘rtasida uzviy bog‘lanish bormi?
Shundan keyin ilmiy rahbarga shunchaki “Ishimni tekshirib bering” deyish o‘rniga, aniq savol bilan murojaat qilish mumkin.
Masalan:
“Metodologik qismda tanlanmani asoslashim yetarlimi?”
Bunday yondashuv ilmiy rahbar bilan ishlashni ham samaraliroq qiladi.
📍
@akademik_burchak
da bo‘ling
🛋
Ilmiy unvon olish uchun qanday hujjatlar kerak? -
Batafsil
Dotsent qanday kompetensiyalarga ega boʻlishi kerak -
Batafsil
Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda qancha muddatga ijodiy taʼtil beriladi?
Batafsil
Ijtimoiy-gumanitar fan sohasida ilmiy unvona talabgorlar maxsus imtihon topshiradilar -
Batafsil
Dissertatsiya mavzusini tanlash eng muhim jarayon
-
Batafsil
📍
@akademik_burchak
da bo‘ling
🛋
Kuniga 137 ta ajrim. Bu mavzuni kim tadqiq qiladi?
O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida 24,8 mingta ajrim qayd etilgan. Kuniga o‘rtacha 137 ta.
Bu raqam ortida insonlar, bolalar, buzilgan rejalar va murakkab hayotiy vaziyatlar bor.
Bu — ilmiy tadqiqot talab qiladigan ijtimoiy muammo.
Psixologlar, sotsiologlar, iqtisodchilar, pedagoglar, ijtimoiy ish yo‘nalishidagi tadqiqotchilar — mavzu izlayotgan bo‘lsangiz, shu masalaga ham e’tibor qarating.
Oilalar nega ajrashyapti? Qaysi omillar birgalikda ta’sir qilyapti? Qanday yordam oilaviy nizolarni kamaytirishi mumkin?
“Yoshlar sabrsiz bo‘lib ketgan”, degan gap ilmiy javob bo‘la olmaydi. Buni dalil bilan tekshirish kerak.
Magistrlik yoki doktorlik tadqiqoti uchun aniq savollar bor:
— Uy-joy muammosi va qarzdorlik yosh oilalardagi nizolar bilan qanday bog‘liq?
— Mehnat migratsiyasi er-xotin munosabatlariga qanday ta’sir qilmoqda?
— Qarindoshlarning aralashuvi qachon yordam, qachon nizoga sabab bo‘lmoqda?
— Ota-onaning ajrashishi jarayonida bolalarga maktab va psixolog qanday yordam bera oladi?
— Oilaviy maslahat xizmatlarining qaysi usullari amalda natija bermoqda?
Faqat so‘rovnoma tarqatib, foiz chiqarish bilan cheklanmaylik. Oilalar bilan suhbatlashaylik, turli holatlarni taqqoslaylik, vaqt davomida kuzataylik. Taklif qilayotgan yordam usulimizni sinab, natijasini baholaylik.
Albatta, maqsad har qanday nikohni har qanday narxda saqlash emas. Zo‘ravonlik mavjud vaziyatlarda inson xavfsizligi va bolalar manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak.
Mavzu izlayotgan tadqiqotchilar, ajrim masalasini jiddiy o‘rganing. Bizga uning sabablarini tushuntiradigan, oldini olish mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlaydigan va oilalarga amaliy yordam beradigan ilmiy ishlar kerak.
Manba:
Milliy statistika qo‘mitasi
.
📌
@ILM_NUR_2020
Qulay klaviatura terilmasi
izlaganlar uchun
Oʻzgarishli alifbodagi
ş, ç, ö, ğ
harflarini qanday teramiz degan savollar koʻp berilgan edi. Aslida bu – juda tez hal qilsa boʻladigan muammo. Kanalimiz obunachisi oʻzgarishli lotin alifbosiga moʻljallangan maxsus terilma ishlab chiqib,
kiritish.uz
saytiga joylabdi.
Terilma ochiq manbali (open source) ekan, kodidan foydalanmoqchi boʻlganlar bemalol GitHubʼdan yuklab olishlari ham mumkin.
Yaxshi tomoni, terilma turli operatsion tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Undan Android telefonda ham, makbukda ham, Windows yoki Linuxʼda ishlaydigan qurilmalarda ham foydalana olasiz.
👉
Yuklab olish:
https://kiritish.uz
📍
@akademik_burchak
🛋
Педагог ва ўқувчилар бир ўқув йилида камида бир маротаба психологик диагностикадан ўтказилади
❗️
“Узлуксиз таълим тизимида психологик хизмат соҳасини илмий асосда ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (
ПҚ–379-сон, 19.10.2026 й.
) қабул қилинди.
🔰
Қарорга кўра, барча таълим ташкилотларининг педагог (тарбиячи) ва ўқувчилари (тарбияланувчилари, талабалари)
бир ўқув йилида камида бир маротаба мақсадли психологик диагностикадан ўтказилади
.
Бунда ушбу тизим:
🔹
биринчи босқичда —
2026/2027 ўқув йилидан
бошлаб мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотларида;
🔹
иккинчи босқичда —
2027/2028 ўқув йилидан
бошлаб ўрта махсус, касбий ва олий таълим ташкилотларида жорий этилади.
💰
Каскадли малака ошириш курсига ўқитувчи сифатида жалб этилган психологларга бу даврда асосий иш жойидаги лавозим маошига нисбатан
20 фоиз миқдорида устама
тўланади.
🏅
Ўқув йили давомида психологик барқарорликни таъминлашда юқори кўрсаткичларга эришган
150 нафар
ментор психолог
меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 20 баробари
миқдорида бир марталик моддий рағбатлантирилади.
🎓
Таълим ташкилотлари психологик хизмат ходимлари
беш йилда камида бир маротаба
малакасини ошириши шарт этиб белгиланади.
🏛
Низомий Ганжавий номидаги Ўзбекистон миллий педагогика университетининг Психология ўқув-илмий маркази негизида
Психология илмий-тадқиқот институти
ташкил этилади ва Таълим ва илм-фан вазирлиги бўйсунувига ўтказилади. Институтда
2027 йил 1 январдан
бошлаб Рақамли психология ва сунъий интеллект, Таълим психологияси ва психологик хизмат, Психологик саломатлик ва профилактика лабораториялари фаолияти йўлга қўйилади.
📍
@akademik_burchak
🛋
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuning bilan davlatimiz rahbari Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkentga
qaytib keldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Каршинский государственный университет и ознакомился с созданными здесь условиями. На этом глава нашего государства завершил поездку в Кашкадарьинскую область и
вернулся
в Ташкент.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#universitet
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X