Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AKFA Medline Universitet klinikasi

akfamedlinehospital
AKFA Medline Universitet klinikasining rasmiy kanali 💉 Zamonaviy tibbiyot va sizning sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik 🌐 Veb-sayt: www.akfamedline.com 📞 Aloqa: 1141, 71 203-30-03 📋 Tahlil javoblari: @akfameduz 🏥 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani
Subscribers
1 989
24 hours
-3
30 days
-28
Post views
693
ER
34,84%
Posts (30d)
13
Characters in post
733
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 29, 12:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
Bo‘ka tumani aholisi uchun ajoyib imkoniyat!
30-oktyabr kuni Bo‘ka tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida AKFA Medline klinikasi mutaxassislari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.
👨‍⚕️
Quyidagi mutaxassislar qabulida bo‘lishingiz mumkin:
• Mammolog-onkolog
• Kardiojarroh
• Ayollar shifokori
• Oftalmolog
• Umumiy jarroh
Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang. Ushbu imkoniyatdan foydalaning va yaqinlaringizga ham ulashing!
📍
Manzil: Bo‘ka tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi
📅
Sana: 30-oktyabr

October 27, 04:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

ONKOLOGIK DIAGNOSTIKA SOHASIDAGI HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center va AKFA Medline University Hospital o‘rtasida patogistologik tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
—
НОВЫЙ ЭТАП СОТРУДНИЧЕСТВА В ОБЛАСТИ ОНКОЛОГИЧЕСКОЙ ДИАГНОСТИКИ
Между Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center и AKFA Medline University Hospital подписано соглашение о сотрудничестве в области патогистологических исследований.
👉
https://cancercenter.uz/news/90
Website
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

October 24, 08:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Uchtepada aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi!
AKFA Medline klinikasi shifokorlari Uchtepa tumani 22-oilaviy poliklinikasida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Ko‘rik davomida oftalmolog, LOR va ortoped mutaxassislarimiz fuqarolarni qabul qilib, ularga tibbiy maslahatlar berishdi.
AKFA Medline — aholi salomatligi yo‘lida!
☎️
1141

October 24, 08:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zamonaviy texnologiyalar, tajribali mutaxassislar va bemor xavfsizligi — har bir operatsiyaning muhim qismi.
Klinikamizning 8 ta zamonaviy operatsion zali, robot-jarrohlik texnologiyalari va ko‘p bosqichli sterilizatsiya tizimi murakkab jarrohlik amaliyotlarini yuqori aniqlikda bajarishga xizmat qiladi.
Har bir bosqichda shifokorlarimiz jamoasi bemorning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga intiladi.
Biz uchun har bir bemorning salomatligi va ishonchi muhim.
Sog‘lig‘ingizni tajribali mutaxassislarga ishoning.
☎️
1141

October 22, 06:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ba’zan birgina tekshiruv butun hayotimizni o‘zgartirishi mumkin.
Oktabr — “Pushti lenta” oyi. Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash davolash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zingizni asrang. Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang. Chunki sizni kutayotgan yaqinlaringiz bor.
🎀
Onkomammolog ko‘rigi va mammografiyadan o‘tishni unutmang.
O‘zingiz uchun. Yaqinlaringiz uchun.
☎️
1141

October 20, 11:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Cleveland Clinic bosh direktorining AKFA Medline Universitet klinikasiga rasmiy tashrifi
Dunyoning yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri — Cleveland Clinic bosh direktori, doktor Tomislav Mihaljevic AKFA Medline Universitet klinikasiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmon klinikaning zamonaviy tibbiy infratuzilmasi, ilg‘or diagnostika va davolash imkoniyatlari hamda xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, klinika shifokorlari va rezidentlari bilan uchrashuv tashkil etilib, zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari, xalqaro tajriba, innovatsion yondashuvlar va tibbiy ta’lim istiqbollari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
Mazkur tashrif xalqaro professional aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tibbiy tajribalarni o‘zaro almashish hamda sog‘liqni saqlash sohasida istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
-
Официальный визит генерального директора Cleveland Clinic в университетскую клинику AKFA Medline
Генеральный директор Cleveland Clinic, одного из ведущих медицинских учреждений мира, доктор Томислав Михалевич посетил с официальным визитом университетскую клинику AKFA Medline.
В рамках визита почётный гость ознакомился с современной медицинской инфраструктурой клиники, передовыми возможностями диагностики и лечения, а также с деятельностью учреждения, организованной в соответствии с международными стандартами.
Кроме того, состоялась встреча с врачами и резидентами клиники, в ходе которой прошёл конструктивный обмен мнениями по актуальным направлениям современной медицины, международному опыту, инновационным подходам и перспективам развития медицинского образования.
Данный визит стал важным шагом на пути укрепления международных профессиональных связей, обмена передовым медицинским опытом и расширения перспективных возможностей сотрудничества в сфере здравоохранения.

October 20, 05:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Noto’g’ri qo’llangan tabobatga isbotlangan tibbiyotning javobi!
To'liq video:
👉
https://youtu.be/PS7BffsNq00?si=mFr1QQplYLgxkaE8
Ushbu videoda noto‘g‘ri tavsiyalar, asossiz muolajalar va ilmiy dalillarga asoslanmagan usullar inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi to'g'risida, AKFA Medline Universitet klinikasi ortopediya va travmatologiya bo'limi shifokorlari ishonchli ilmiy dalillarga tayanib javob berib o'tishdi!
Sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘ymang — har bir tavsiyani tekshiring va malakali shifokorga murojaat qiling!
👉
Kanalga a'zo bo'lish
🔔
Youtube
|
Instagram
|
Facebook
|
TikTok

October 16, 13:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yunusobod tumanida AKFA Medline mutaxassislari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi!
🏥
✨
15-oktyabr kuni AKFA Medline klinikasi yetakchi mutaxassislari — kattalar kardiojarrohi hamda spinal neyroxirurg Yunusobod tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bo‘lib, aholi uchun bepul ochiq konsultatsiyalar tashkil etishdi.
🩺
👨‍⚕️
Aholi salomatligini asrash va yuqori texnologik tibbiyotni barchaga yaqinlashtirish — bizning bosh maqsadimizdir!
📍
Keyingi bepul ko‘riklar va mutaxassislarimiz tashrifidan xabardor bo‘lib borish uchun sahifamizni kuzatib boring.
☎️
1141
☎️
71 203 30 03

October 16, 09:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Texnologiya va tajribaning mukammal uygʻunligi
✨
Tibbiyotda inson omili va zamonaviy texnologiyalar oʻrtasidagi bahs doimo davom etadi. Biroq eng yaxshi natija — bu inson tajribasi va robot aniqligi birlashgan joyda boʻladi.
Robotlashtirilgan jarrohlik – bu shunchaki texnika emas, bu jarrohga eng murakkab amaliyotlarni ham mikroskopik aniqlikda va minimal jarohat bilan bajarish imkonini beruvchi vositadir.
☎️
1141

October 16, 05:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏆
Ishonch va sifatning xalqaro eʼtirofi: AKFA Medline 3-marotaba JCI akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi!
Biz uchun har bir bemorning salomatligi va xavfsizligi — eng oliy qadriyat. AKFA Medline klinikasi dunyo boʻyicha tibbiyot sohasidagi eng nufuzli va qatʼiy standart hisoblangan JCI (Joint Commission International) xalqaro akkreditatsiyasini 3-marotaba rasman qoʻlga kiritganini faxr bilan maʼlum qilamiz!
✨
Bu yutuq ortida kimlar turibdi? Bu katta zafar — avvalo, kechayu kunduz bemorlar salomatligi yoʻlida astoydil xizmat qilayotgan shifokorlarimiz, mehribon va eʼtiborli hamshiralarimiz hamda klinikamizning har bir xodimi mehnati va fidoiyligi mahsulidir.
Sizning professional mahoratingiz, masʼuliyatingiz va oʻz kasbingizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatingiz sababli klinikamiz xalqaro darajadagi ushbu yuksak eʼtirofga munosib koʻrildi. Har biringizga chin kalbimizdan chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
👏
💼
🩺
Bu akkreditatsiya bemorlarimiz uchun nimani anglatadi?
🔹
Oliy darajadagi xavfsizlik: Davolash usullari, sanitariya va gigiyena qoidalari jahon standartlariga toʻliq javob beradi.
🔹
Xalqaro darajadagi xizmat: Professional tibbiy jamoamiz eng ilgʻor va zamonaviy uslublar bilan xizmat koʻrsatadi.
🔹
Barqaror sifat: JCI sertifikatini ketma-ket 3-marotaba tasdiqlash — sifat va xavfsizlik borasidagi doimiy yetakchiligimiz isbotidir.
Bizga oʻz salomatligini ishonib topshirayotgan har bir bemorimizga ham tashakkur bildiramiz.
☎️
1141