
𝐀𝐥.𝐌𝐢𝐬𝐚𝐪
Nafs sizni yengib qo’yayotgan bo’lsa quyidagi tavsiyalarni bajarib ko’ring!
1-Bekorchilikda yotib telefon kavlayotganingizda shartta turib taxorat qiling, va 2 rakat nafl namoz o’qing.
2-Har kuni o’qiydigan Qur’oningizni tashlab qo’ygan bo’lsangiz endi yana o’sha holga qaytmaguningizcha o’qiyvering.
3-Har kuni o’zingiz uchun kamida 1.000 tadan zikrlarni tahsimlab oling, ular Allohga hamd, Rasululloh ﷺ ga salovat, istig’forlar bo’lsin.
4-Nafsingiz sizni gunoh ishni qilishga unayotganida, yoki bu ishni qilish hayolingizdan o’tganida turib taxorat qilib namoz o’qing.
5-Nafsni bo’g’zidan olib ro’zalar tuting.
Shunda in shaa Alloh nafsingiz sizga yengiladi, va bu ishlaringiz sababidan siz Allohga yaqin bandaga aylanasiz in shaa Alloh.
Nafsim meni yengib qo’yayabdi deb bu ishlarni qilmaslik, nafs sizni egallab olganidan darak beradi, bunga yo’l qo’ymang.
Nafsim bilan o’tayotgan kurashda mag’lubdekman go’yo. Robbim O’zing yordam ber.
Tme
@almisaq1
Oisha roضiyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy ﷺga: «Onam to‘satdan jon taslim qildi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilar edi. Uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?» – dedi. U zot: «Ha», dedilar»
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Tme
@almisaq1
Mo’min uchun eng afzal ne’mat Robbisini tanishidir, u eng baxtli kishidir, garchi qo’lida hech qanday dunyo moli bo’lmasa ham.
Tme
@almisaq1
Bizni yo’qdan bor qilgan, va O’ziga ibodat qilishimiz uchun yana bir kunni nasib etgan Allohga hamdlar bo’lsin.
Rasululloh ﷺ «Muloyim so’z ham sadaqadir» dedilar.
Buxoriy / Muslim
Tme
@almisaq1
Robbimiz, agar Sen bizni hidoyat qilmasang biz zalolatga botgan holimizcha qolar edik.
Tme
@almisaq1
«Alloh bandaga ato qilgan tuhfaning eng cho‘qqisi baxt saodat emas.
Zero, baxt saodat vaqtincha ato etilgan his tuyg‘u bo‘lib, zavol topishi mumkin.
Alloh bandaga ato qilgan tuhfalarning eng cho‘qqisi (qazoi qadarga) rozilik tuyg‘usini tortiq qilishidir.
Alloh taolo Qur’oni karimda:
«Yaqinda Robbing senga ato qiladi va sen baxtli bo‘lursan», demadi, balki
«Yaqinda Robbing senga ato qiladi va sen rozi bo‘lursan»
, dedi. 93/5