Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

andijan_itschool
Murojaat uchun: Admin: @Abdurahim123 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali Takliflar: @AlXorazmiy_Andijon_Admin_bot
Subscribers
1 941
24 hours
-1
30 days
-81
Post views
711
ER
36,63%
Posts (30d)
53
Characters in post
681
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 12, 08:15
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

NAVBATDAGI YUTUQLAR — CEFR SERTIFIKATLARI!
🇬🇧

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida tahsil olayotgan o‘quvchilarimiz ingliz tili fanidan
CEFR sertifikati
ni qo‘lga kiritib, yana bir bor o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
🎓
CEFR B2 darajasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz:
🔺
11-sinf:
• Ziyoyiddinov Fazliddin —
B2
🔺
8-sinf:
• Shamsiddinov Muhammaddiyor —
B2
• Mahamadzokirov Temurbek —
B2
🔺
7-sinf:
• Norboyeva Shukronaxon —
B2

Ushbu natijalar o‘quvchilarimizning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan intilishi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.

Maktab ma’muriyati o‘quvchilarimizni ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularning ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan
ingliz tili fani o‘qituvchilariga va ota-onalariga
o‘z minnatdorligini bildiradi.
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 12, 07:12
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Kasbiy rivojlanish kuni doirasida seminar tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
Andijon filialida
shanba
“Kasbiy rivojlanish kuni”
doirasida informatika fani o‘qituvchisi
Tojiboeva Nigora
tomonidan pedagoglar uchun mazmunli va amaliy ahamiyatga ega seminar tashkil etildi.
🤔
Seminar davomida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, dars jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kasbiy rivojlanish kuni
pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biridir.
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 10, 14:06
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#Direktor_kubogi
📸
FOTOREPORTAJ
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 10, 14:06
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

⚽️
DIREKTOR KUBOGI — FUTBOL MUSOBAQASIGA START BERILDI!
🏆

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida o‘quvchilar o‘rtasida
“Direktor kubogi” futbol musobaqasi
ga tantanali ravishda start berildi.
🇺🇿
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
🤔
Tadbirda maktab direktori
R. Abduraximov
boshchiligida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
K. Isajonov
ishtirok etib, barcha jamoa va ishtirokchilarni musobaqa boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar.

Shuningdek, o‘quvchilarga musobaqa davomida
odob-axloq qoidalariga rioya qilish, sport madaniyatini saqlash, raqib jamoaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish
hamda halol va munosib bellashish muhimligi alohida ta’kidlandi.
🔥
Shundan so‘ng maydonda murosasiz va qiziqarli bahslar boshlandi. O‘quvchilarning yuqori kayfiyati, jamoaviy hamjihatligi va futbolga bo‘lgan qiziqishi musobaqaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🏆
“Direktor kubogi”
— nafaqat g‘alaba, balki do‘stlik, jamoaviylik va sport mahoratini namoyon etish maydoni!
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 10, 01:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Kun_hikmati
“Bilim — bu kelajak eshigini ochadigan kalitdir.”
🪶
Victor Hugo
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 09, 13:08
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🧠
“ZAKOVAT” — DIREKTOR LIGASI | 1-TUR

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida
“Zakovat” intellektual o‘yini Direktor ligasining 1-turiga start berildi!
🎯
🤔
Bugungi bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining
bilimi, tezkor fikrlashi, mantiqiy tafakkuri va jamoaviy hamjihatligini
sinovdan o‘tkazmoqdalar.
⚡️
Har bir savol — yangi imkoniyat,
💡
Har bir javob — bilim va tafakkur mahsuli,
🏆
Har bir jamoa — g‘alaba sari intilmoqda!
Direktor ligasi
ishtirokchilariga omad va zafar tilaymiz!
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 09, 03:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💙
💙
💙
BO‘SH ISH O‘RNI MAVJUD!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida
Kadrlar bo‘yicha menejer
lavozimiga bo‘sh ish o‘rni e’lon qilinadi!

Nomzodlardan hujjatlar 2026-yil 9-sentabrga qadar qabul qilinadi.
📌
Belgilangan muddatning
so‘nggi kuni, 9-sentabr kuni ham hujjatlaringizni taqdim etishingiz mumkin.
📝
Mazkur lavozimga qiziqish bildirgan nomzodlar o‘z hujjatlarini quyidagi
veb-sayt orqali
elektron shaklda topshirishlari mumkin:
🌐
HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN WEB-SAYT -
https://vacancy.piima.uz/
🤔
O‘z bilim va tajribangizni ta’lim sohasida namoyon etish, professional jamoamiz safida faoliyat yuritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Murojaat uchun:
☎️
Telefon:
+998917331010
📣
Hujjatlaringizni belgilangan muddatgacha topshiring!
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 08, 12:39
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

SPORT — DO‘STLIK VA BIRLIK TIMSOLI!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida
10-sinf o‘quvchilari
o‘rtasida qizg‘in futbol bellashuvlari davom etmoqda!
🤔
Yoshlarimiz sinfdoshlari bilan o‘zaro bahs olib borib, maydonda nafaqat sport mahoratini, balki
jamoaviylik, hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini
namoyon etishmoqda.
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 07, 15:46
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💡
Yosh ijodkorlar — yangi g‘oyalar sari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida
11-sinf o‘quvchilari tomonidan loyiha ishi taqdimoti
bo‘lib o‘tdi.
📊
11-sinf o‘quvchilari
Ziyoiddinov Fazliddin
va
Nurmuhammedov Abbosbek
tomonidan
“To‘garaklar reytingi”
nomli zamonaviy loyiha ishlab chiqildi.
🤔
Loyiha orqali o‘quvchilar maktabdagi turli to‘garaklarda ishtirok etib,
ball to‘plashlari, o‘z natijalarini kuzatib borishlari va reytingdagi o‘rnini ko‘rishlari
mumkin. Bu esa o‘quvchilarning to‘garaklardagi faolligini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda o‘z ustida muntazam ishlashiga xizmat qiladi.
🎓
Mazkur loyiha taqdimotini maktab rahbariyati ham kuzatib, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
👏
Fazliddin va Abbosbek kelgusidagi loyihalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram

September 07, 10:56
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🧠
Maktab psixologi bilan tanishuv — samimiy muloqot va quvnoq kayfiyat!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida bugun o‘quvchilar uchun
“Maktab psixologi bilan tanishuv”
mavzusida qiziqarli va mazmunli trening tashkil etildi.

Trening davomida maktab psixologi
Sevara Xamraboyeva
o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘rnatib, turli xil
quvnoq psixologik eslab qolish o‘yinlari
, savol-javoblar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
📝
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni aks ettiruvchi “Tanishuv varaqasi” ni to‘ldirib, bir-birlarini yanada yaxshiroq tanish imkoniga ega bo‘ldilar.
Trening ko‘tarinki kayfiyat, samimiy suhbat va iliq taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
🔵
Facebook
|
📷
Instagram