Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Andijon JST | Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

andijonjst
Telegram: t.me/andijonjst Facebook: www.fb.com/andijonjst Instagram: www.instagram.com/andijonjst YouTube: www.youtube.com/@andijonjst 📧 andijonjst.001@gmail.com © Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumning Matbuot xizmati
Subscribers
1 984
24 hours
-3
30 days
314
Post views
892
ER
44,96%
Posts (30d)
38
Characters in post
903
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 27, 18:51

📌
Kelasi yildan rezidentura bepul bo‘ladi, talabalarga 3 million so‘m stipendiya to‘lanadi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, qurilish va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan
“Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari”
joriy etilishini ma’lum qildi.
Bugun
11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor
tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan
birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
Shu bois,
kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi.
Kelasi yildan talabalar
haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Bakalavriatni bitirgan
hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama
to‘lanadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m
bo‘ladi.
Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
https://t.me/andijonjst

October 24, 09:00
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

📢
ANDIJON ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI
🎓
2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari tashkil etildi.
📅
2026-yil 24-oktabr kuni Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining yangi binosida 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
📚
Kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazildi:
🔹
Ona tili va adabiyot
🔹
Biologiya
🔹
Kimyo
✅
Imtihon jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish, abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda imtihonlarning tartibli tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🎯
Mazkur imtihonlar yoshlarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, kelajakda tibbiyot sohasi uchun malakali va bilimli kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Matbuot xizmati
https://t.me/andijonjst

October 23, 07:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

🇺🇿
MILLIY LIBOSLAR KUNI — MILLIY QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI!
✨
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Yoshlar yetakchisi hamda o‘quvchilar ishtirokida Milliy liboslar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🌸
Tadbir davomida ishtirokchilar milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va xalqimizning boy madaniy merosini o‘zida mujassam etgan betakror milliy liboslarda qatnashib, milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.
💚
Milliy liboslar — bu shunchaki kiyim emas, balki xalqimizning tarixi, ma’naviyati va o‘zligining yorqin ifodasidir!
🤝
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarni asrab-avaylashga xizmat qildi.
🇺🇿
Milliy qadriyatlarimiz — faxrimiz, milliy liboslarimiz — g‘ururimiz!
https://t.me/andijonjst

October 22, 14:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Samarqandda o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga sarmoya” Jahon sammiti yig‘ilishida ishtirok etdi.
Vazir jurnalistlarga bergan intervyusida sohani rivojlantirish uchun hamma birdek harakat qilishi, jumladan, ota-onalar o‘qituvchilarni yomonlashdan oldin o‘zlari ham farzandlarining ta’limi bilan shug‘ullanishi lozimligini ta’kidladi.
U, shuningdek, jurnalistning “Endi sohada nima yangilik qilmoqchisiz?” degan savoliga kutilmagan javob berdi.
https://t.me/andijonjst

October 22, 11:39
Media unavailable
6
Show in Telegram

🏥
MEHNAT MUHOFAZASI VA ISH JARAYONLARI O‘RGANILDI
📍
Andijon Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida xodimlarning mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi hamda ish jarayonlari o‘rganildi.
🔹
O‘rganish davomida xodimlarning ish faoliyati, mehnat muhofazasi talablariga amal qilishi, xavfsizlik qoidalariga rioya etishi va ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish, ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va xavfsizlik talablarini bajarish xodimlar salomatligini asrash hamda samarali mehnat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xavfsiz mehnat — sifatli va samarali faoliyat garovi!
https://t.me/andijonjst

October 22, 09:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

❗️
“Қанча керак бўлса, билим ва касб учун пулни аямаймиз” — Президент
https://t.me/andijonjst

October 21, 13:54

📢
HURMATLI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
🎓
2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari!
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga
My.edu.uz
platformasi orqali hujjat topshirgan barcha abituriyentlardan
2026-yil 22-oktabr kuni imtihon ruxsatnomalarini olib ketish uchun texnikumga tashrif buyurishlari so‘raladi.
📌
IMTIHON O‘TKAZILADIGAN JOY VA VAQT
📅
Sana:
2026-yil 24-oktabr
🕘
Kelish vaqti:
soat 09:00 ga qadar
🔢
Smena:
1-smena
📍
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 28-uy — Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining yangi binosi.
📝
IMTIHON TOPSHIRILADIGAN FANLAR
📚
Ona tili va adabiyot — 50 ball
🧬
Biologiya — 50 ball
⚗️
Kimyo — 50 ball
⚠️
ABITURIYENTLAR UCHUN MUHIM ESLATMA VA QOIDALAR
✅
1. Imtihon ruxsatnomasini olish.
Abituriyentlardan 2026-yil 22-oktabr kuni texnikumga tashrif buyurib, imtihon ruxsatnomalarini olib ketishlari so‘raladi.
✅
2. O‘z vaqtida kelish.
Abituriyentlar yozma imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin imtihon joyiga yetib kelishlari shart.
✅
3. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar.
Imtihon kuni abituriyentlar o‘zlari bilan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda imtihon ruxsatnomasini olib kelishlari zarur.
🚫
4. Taqiqlangan buyumlar.
Imtihon jarayonida uyali telefon, kitob, lug‘at, shpargalka, kompyuter va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.
📌
ESLATMA:
Abituriyent ruxsatnomasi ta’lim muassasasining muhri qo‘yilgan holda haqiqiy hisoblanadi.
Hurmatli abituriyentlar! Imtihon ruxsatnomalarini
22-oktabr kuni
olib ketishingizni, imtihon qoidalari bilan oldindan tanishib chiqishingizni hamda belgilangan vaqtda imtihon joyida bo‘lishingizni so‘raymiz.
Barchangizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🍀
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Matbuot xizmati
https://t.me/andijonjst

October 21, 12:27
Media unavailable
10
Show in Telegram

🇺🇿
ANDIJON ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI
📚
Ona tilim — millatim faxri!
Andijon Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
🎤
Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar va ma’naviy-ma’rifiy namoyishlar taqdim etildi. Shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🌿
Ona tili — millatning ruhi, xalqning ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimizning ko‘zgusidir.
https://t.me/andijonjst

October 21, 10:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
ANDIJON ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI
📚
Ona tilim — millatim faxri!
Andijon Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
🎤
Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar va ma’naviy-ma’rifiy namoyishlar taqdim etildi. Shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🌿
Ona tili — millatning ruhi, xalqning ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimizning ko‘zgusidir.
https://t.me/andijonjst

October 21, 02:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin.
21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Tilimizni asraylik!
https://t.me/andijonjst