Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zJU Andijon boʻlimi

andjurnalist
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limining rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089599550916&mibextid=ZbWKwL
Subscribers
5 887
24 hours
-11
30 days
-363
Post views
546
ER
9,27%
Posts (30d)
11
Characters in post
696
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
September 07, 16:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎙
Yosh jurnalistlar to‘garagiga marhamat!
💵
Jurnalistikaga qiziquvchi barcha uchun BEPUL to'garak!!!

Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi qoshida "Yosh jurnalistlar" to'garagining navbatdagi guruhiga qabul boshlandi.
‼️
To'garakda siz:
🎙
Jurnalistika bo'yicha bilimlarga;
📱
Mobil jurnalistika bo'yicha ko'nikmalarga;
📹
Montaj qilishni o'rganish;
📹
Ko'rsatuvlar tayyorlash;
✍️
Xabar va maqolalar yozish;
📲
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarni samarali yurgizish orqali daromadga erishish;
📲
SMM va target reklama;
🎙
Brand facelik qilish;
📷
TV va radiolarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
📆
Kasting 19-sentabr kuni soat 10.00 da Andijon shahri Ma’rifat uyi 3-qavatda bo‘lib o‘tadi.
📝
Kastingda ishtirok etmoqchi bo'lganlar
@abduvali_qurbon
telegram manziliga "Kurs" so'zini yozib qoldirsin.
🏃
Shoshiling! Kastingga oz fursatlar qolmoqda. Ko'p tinglovchi olmaymiz. Joylar soni chegaralangan!
👉
https://t.me/aktual_uztv

August 29, 11:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hamkasblarimizga koʻkrak nishonlari topshirildi
Bugun Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida  mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yoʻlida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi
Kanalga ázo bóling:
andjurnalist

August 27, 18:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

Давлат мукофотлари ўз эгаларига тантанали топширилди
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида Президентимизнинг тегишли фармонларига мувофиқ, мамлакатимиз тараққиёти ва жамият ҳаётининг турли соҳаларида самарали меҳнат қилиб келаётган бир гуруҳ андижонлик юртдошларимиз давлатимизнинг юксак орден, медаль ва фахрий унвонлари билан тақдирланди.
Бобур шаҳрида ана шу юксак давлат мукофотларини ўз эгаларига тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.
Унда вилоят ҳокими, бошқарма ва ташкилотлар раҳбарлари, давлат мукофотлари билан тақдирланган юртдошларимиз ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этди.
Тадбирда вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов сўзга чиқиб, барча иштирокчиларни Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги билан самимий муборакбод этди. Юксак давлат мукофотлари юртдошларимизнинг Ватан тараққиёти ва халқ фаровонлиги йўлидаги фидокорона меҳнатига муносиб эътироф эканини таъкидлади.

August 27, 01:41
Media unavailable
9
Show in Telegram

Андижон шаҳридаги Алишер Навоий номидаги маданият ва истироҳат боғининг ёзги амфитеатрида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди.
Тадбирда сўзга чиққанлар юртимиз мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан барча юртдошларни самимий муборакбод этдилар.
Байрам тадбири давомида юртимиз мустақиллиги, Ватанга муҳаббат, миллий қадриятлар ва эл-юртга садоқат ғояларини тараннум этувчи мусиқий чиқишлар, саҳна кўринишлари ҳамда бадиий дастурлар намойиш этилди.
Каналга аъзо бу́линг:
andjurnalist

August 22, 17:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlat mukofoti muborak !
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan O'zbekiston media sohasining bir guruh vakillari davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi.
Xususan
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan O'zbekiston media sohasining bir guruh vakillari davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi.
Xususan:
«Shuhrat» medali bilan:
Dilshodbek Askarov —
Vodiy1.uz
tahririyati muharriri;
Oʻzbekiston Jurnalistlar o‘uyushmasi Abdijon viloyat bo‘limi jamoasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan hamkasbimizni tabriklaydi
.

August 21, 08:21
Media unavailable
3
Show in Telegram

Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов Беларусь Республикасининг Витебск вилояти ижроия қўмитаси раиси Александр Рогожник бошчилигидаги делегацияни расмий қабул қилди. Юқори савияда ўтган музокаралар давомида томонлар икки ҳудуд ўртасидаги савдо-иқтисодий, инвестициявий ва саноат кооперацияси алоқаларини ривожлантириш истиқболларини атрофлича муҳокама қилдилар.
Учрашув якунида Андижон ва Витебск вилоятлари ўртасида ўзаро манфаатли қўшма лойиҳаларни ҳаётга татбиқ этиш ҳамда ҳамкорликни янги босқичга кўтаришга қаратилган стратегик «Йўл хариталари» имзоланди.
Каналга аъзо бу́линг:
@andjurnalist

August 20, 09:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

“O‘zbekchilik” podkastining navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov bo‘ldi.
▶️
“O‘zbekchilik” podkastining YouTube sahifasi:
https://youtu.be/3n5K1lbWspM?is=rPx8hcm5Sjl3YJHg
Bizni kuzatib boring
🇺🇿
Telegram
🕊
Youtube
📺
Instagram
📱
Facebook
📱

August 18, 13:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yangi kitob
O‘YINDAN O‘T CHIQDI
Kulgi, hazil-mutoyiba turli millat va elatlar uchun mushtarak tuyg‘u. Shu bois ham turli xalqlar latifa va hangomalari tarjima qilinib boshqa yurtlarda ham tildan tilga ko‘chib yuradi.
Jahonning turli mamlakatlarida yashab ijod qilgan, qilayotgan yozuvchilarning hikoya, hajviya va hangomalari jamlangan ushbu to‘plam ham, avvalo, o‘quvchilarga kulgi baxsh etishi bilan e’tiborli. Undagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli hajvchi adib Habib Siddiq tomonidan  o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girilgan asarlarda jamiyatda, insonlar fe’l-atvori va turmushida uchrab turadigan illat va qusurlar hajv tig‘i bilan fosh etiladi.
To‘plam kulgisevar adabiyot ixlosmandlariga manzur bo‘lishiga shubha yo‘q.
Tarjimon: Habib Siddiq
Mas’ul muharrir: Qodirjon Nosirov
Nashriyot: “TA’LIM PRINT”
Каналга аъзо бу́линг:
@andjurnalist

August 18, 11:11
Media unavailable
1
Show in Telegram


Янги нашрлар
Ёзувчи ва шоир, публицист, журналист Шукурилло Жалилнинг навбатдаги "Қуёшли замин фарзандлари" номли янги китоби нашрдан чиқди.
Ушбу китоб Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳузуридаги нодавлат-нотижорат ташкилотлари ва фуқаролик жамиятлари бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш Жамоат фонди томонидан молиялаштирилган «Ўзбек ва Қирғиз халқлари дўстлиги: маданият, қадрият ва мерос» мавзусидаги давлат гранти лойиҳаси доирасида тайёрланди ҳамда чоп этилди.
Китоб муқаддимасидан
Ўзбекистон қирғиз миллий маданий маркази раиси, «Фидокорона хизматлари» ордени ва «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси» фахрий унвонлари соҳиби Жаббаров Рахматулла Маматовичнинг
"БУЮК ҚАРДОШЛИКНИНГ АМАЛИЙ ИФОДАСИ" сарлавҳали сўзбошиси ўрин олган.
Каналга аъзо бу́линг:
@andjurnalist

August 18, 10:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Turkiya Jurnalistlar Federatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
📍
Turkiyaning Balikesir shahrida o‘tkazilgan xalqaro mediaforum doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi
Shuhrat Oripov
va Turkiya Jurnalistlar Federatsiyasi raisi
Yilmaz Karaja
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝
Uchrashuvda jurnalistlar delegatsiyalari almashinuvi, raqamli jurnalistika, sun’iy intellekt va media savodxonlik bo‘yicha qo‘shma seminarlar tashkil etish, jurnalistlar malakasini oshirish hamda xalqaro mediaforumlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
📌
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Turkiya Jurnalistlar federatsiyasi oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatish maqsadida
memorandum imzolandi
.
➡️
Ma’lumot uchun: Turkiya Jurnalistlar Federatsiyasi (TGF) 1996-yil 18-martda tashkil etilgan bo‘lib, Turkiyaning 81 viloyatidagi jurnalistlar uyushmalarini birlashtiruvchi yirik professional tashkilotdir.
Bizni kuzatib boring
🇺🇿
Telegram
🕊
Youtube
📺
Instagram
📱
Facebook
📱