Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali

andtexnika
Andijon davlat texnika instituti/ Андижанский государственный технический институт/ Andijan State Technical Institute Rektor qabulxonasi:+998-74-223-43-67.
Subscribers
6 041
24 hours
-1
30 days
613
Post views
737
ER
12,2%
Posts (30d)
183
Characters in post
1 171
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 12:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayni paytda
“Oliy ta’lim muassasalarida
nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?”
mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.
🧑🏻‍🎓
Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;
🔹
Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.
Ovozli chat qo‘shilish:
👉
https://t.me/huquqplus?livestream
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 11, 11:02
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🏐
🏐
🏐
🏐
“Rektor kubogi” doirasidagi sport musobaqalariga start berildi
🏫
Andijon davlat texnika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
“Rektor kubogi”
sport musobaqalari boshlandi.
⚽️
Musobaqalar doirasida
mini futbol
va
voleybol
sport turlari bo‘yicha institut talabalari o‘rtasida qizg‘in bahslar o‘tkazilmoqda.
🤔
Dastlabki uchrashuvlardanoq jamoalar g‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, yuqori sport mahorati, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyish etmoqda. Har bir bahs murosasiz va qiziqarli kechib, ishtirokchilarda sportga bo‘lgan ishtiyoq va sog‘lom raqobat muhitini yanada kuchaytirmoqda.
🏆
Ta’kidlash joizki,
“Rektor kubogi”
musobaqalari talabalarning nafaqat jismoniy faolligini oshirish, balki ularda jamoaviylik, iroda, intizom va g‘alabaga intilish kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
⚡️
Musobaqalar davom etmoqda.
🥇
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
#RektorKubogi
#AndDTI
#MiniFutbol
#Voleybol
#Sport
#TalabaYoshlar
#SoglomTurmushTarzi
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 10:50
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”
Institutning katta anjumanlar zalida yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar, taraqqiyot g‘oyalari va Yangi O‘zbekistonning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini keng targ‘ib etishga qaratilgan
davra suhbati
tashkil etildi.
Tadbir davomida
“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”
g‘oyasi,
“Uchinchi Renessans”
,
“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”
hamda
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
ning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Suhbat davomida mazkur strategik hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda jamiyat va davlat hayotidagi yangilanishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda
Menejment kafedrasi professori-o‘qituvchisi Martabaxon Dadajanova
ishtirok etib, mavzu yuzasidan talabalarga batafsil ma’lumot va tushunchalar berdi.
Yangi O‘zbekiston — yangi imkoniyatlar va buyuk marralar sari!
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 10:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚀
ILM-FAN • INNOVATSIYA • TEXNOLOGIYA
📢
ILMIY-AMALIY SEMINARGA TAKLIF ETAMIZ!
“Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fan, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalarning o‘rni”
mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.
📆
22-sentyabr, 2026-yil
📍
Andijon yoshlar texnoparki
Tashkilotchilar:
Andijon viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi hamda Andijon yoshlar texnoparki.
🔬
Seminarda:
▫️
ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi;
▫️
innovatsion va raqamli texnologiyalar;
▫️
istiqbolli startap loyihalar;
▫️
yosh olimlar va innovatorlarning ilmiy ishlanmalari;
▫️
hududiy rivojlanishning zamonaviy innovatsion yechimlari muhokama qilinadi.
📝
MAQOLA VA TEZISLAR QABUL QILINADI!
📌
Materiallarni taqdim etishning so‘nggi muddati:
15-sentyabr 2026-yil
.
📚
Maqolalar
o‘zbek, rus va ingliz tillarida
qabul qilinadi.
💡
Ilmiy g‘oyangiz bormi?
🚀
Innovatsion loyihangiz bormi?
🌐
Uni keng jamoatchilikka taqdim eting!
Ilm-fan — innovatsiya — taraqqiyot sari birgalikda!
📞
Murojaat uchun:
+998 94 893 00 17
+998 90 172 02 03
📲
Telegram:
@yoshlartexnoparki
|
@reeport1
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 09:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

🌟
#Biz_OAV_nigohida
ANDIJON AXBOROTI  | ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTIDA AMALIYOT VA NAZARIYA UYG‘UNLIGI. 10.09.2026.
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 08:50
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

“Biz yoshlar sog‘lom hayot tarafdorimiz”
Andijon davlat texnika institutida sentyabr oyida o‘tkazilayotgan “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan asrash hamda giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida “Biz yoshlar sog‘lom hayot tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nargizoy Mirzayeva tashabbusi va ishtirokida o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida giyohvandlikning inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf ekani, uning salbiy oqibatlari nafaqat shaxsning o‘zi, balki uning oila a’zolari, yaqinlari va jamiyat hayotiga ham ta’sir ko‘rsatishi haqida atroflicha fikr almashildi.
Suhbat davomida giyohvandlikka olib keluvchi omillar, zararli odatlarning inson organizmiga ta’siri, ruhiy va jismoniy qaramlikning yuzaga kelishi hamda uning ayanchli oqibatlari haqida talabalarga zarur ma’lumotlar berildi. Yoshlarni turli zararli ta’sirlardan asrash, shubhali taklif va muhitlardan yiroq bo‘lish, o‘z salomatligi va kelajagiga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasi va foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish giyohvandlikning oldini olishda muhim vosita ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar sog‘lom va faol hayot kechirishga, zararli odatlardan qat’iy voz kechishga hamda o‘z kelajagi uchun mas’uliyatli bo‘lishga chaqirildi.
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 08:19
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Talabalar sport imkoniyatlari bilan tanishdilar
Andijon davlat texnika instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun institut hududidagi sport maydonlari hamda Talaba sport klubi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalarga sport inshootlaridan foydalanish imkoniyatlari, faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Sport klub raisi o‘rinbosari Sh. Xolmatov tomonidan talabalarga sport bilan muntazam shug‘ullanishning ahamiyati, institutdagi sport tadbirlari va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.
⚽️
Sog‘lom talaba — faol talaba!
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 07:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

DIQQAT! OGOHLANTIRISH!
🏫
Hurmatli Andijon davlat texnika instituti jamoasi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar, shuningdek, rektorning rasmiy kanali a’zolari!
❗️
Ayni vaqtda Andijon davlat texnika instituti rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich nomi bilan soxta (FAKE) Telegram profili ochilib, uning nomidan turli xabarlar va SMSlar yuborilayotgani aniqlandi.
⚠️
Ushbu soxta akkaunt orqali
firibgarlik harakatlari
sodir etilishi mumkin.
Shu munosabat bilan barchangizdan:

mazkur profilga ishonmaslik;

undan kelgan xabarlarga javob bermaslik;

shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmaslik;

pul mablag‘lari yoki boshqa ma’lumotlarni yubormaslik;

ushbu akkauntni
bloklash
va
shikoyat (Report)
qilishni so‘raymiz.
📢
Aziz talabalar!
Sizlardan ham hushyorlikni saqlashingizni, rektor yoki institut rahbariyati nomidan kelayotgan shubhali xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Rektorning yagona rasmiy Telegram kanali:
👉
https://t.me/anddtirektor
❗️
Shubhali xabar yoki murojaat kelib tushgan taqdirda, unga javob berishdan oldin uning rasmiyligini albatta tekshiring.
Ehtiyotkor bo‘ling! Soxta akkauntlarga aldanmang!
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 05:17
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🇺🇿
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇨🇳
Xalqaro hamkorlik sari yangi qadam: Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Beijing Institute of Technology’da
Andijon davlat texnika instituti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri —
Beijing Institute of Technology (BIT)
universitetiga tashrif buyurildi.
QS World University Rankings 2027
xalqaro reytingida
243-o‘rinni
egallagan Beijing Institute of Technology Xitoyning yetakchi muhandislik-texnika oliygohlaridan biri sifatida ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohasida katta tajribaga ega.
Tashrif davomida BIT rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan Andijon davlat texnika instituti va Beijing Institute of Technology o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda, xususan, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni jalb etish, akademik mobillikni rivojlantirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muhandislik-texnika yo‘nalishlarida zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, ilg‘or ilmiy tajribalarni o‘rganish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy laboratoriyalar va tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar, ayniqsa, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish, robototexnika, zamonaviy muhandislik va texnik fanlar kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish katta imkoniyatlarga ega ekanini qayd etdilar.
Mazkur hamkorlik doirasida Andijon davlat texnika instituti talabalarining xalqaro akademik muhitda bilim va tajriba orttirishi, xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan bevosita ilmiy muloqot olib borishi hamda zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.
T
ashrif yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, mavjud aloqalarni tizimli ravishda rivojlantirish va istiqbolda qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Beijing Institute of Technology bilan yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu hamkorlik Andijon davlat texnika institutining xalqaro aloqalarini kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli va samarali sheriklik uchun mustahkam zamin yaratib, Andijon davlat texnika institutining xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Batafsil:
https://astiedu.uz
👉
на русском
👉
In English
🏫
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

September 11, 05:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Sizning fikringiz — Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim poydevori!

O‘zbekiston yoshlarining axborot maydonidagi faolligi hamda milliy va vatanparvarlik qadriyatlariga munosabatini o‘rganish maqsadida
“Raqamli muhitning Yangi O‘zbekiston yoshlaridagi vatanparvarlik dunyoqarashiga ta’siri”
mavzusida respublika onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
📊
So‘rovnoma orqali raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi o‘rni hamda vatanparvarlik haqidagi xolis fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
📲
So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉
So‘rovnomadan o‘tish
🏛
Har bir yoshning bildirgan munosabati davlatimiz sohadagi kelgusi strategiyalarini belgilashda alohida ahamiyatga ega.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram