
ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
22 yoshli rejissyor Prezidentdan medal oldi
Prezidentimiz va kino sohasi vakillari bilan uchrashuvda yosh rejissyor Munisa Magametibragimova
so'zga chiqdi. U VGIKga 300 balldan 300 ball to'plab, davlat granti asosida o'qishga kirgan, qisqa metrajli filmlari xalqaro maydonda e'tirof etilgan. Hozir o'qish bilan birga Bolalar kontentini rivojlantirish markazida ishlaydi.
«O'qishga topshirganimda eng ko'p eshitgan gapim: rejissyorlik erkaklar kasbi, ayollar uchun emas, degan so'zlar bo'lgan. Siz bu stereotiplarni sindirdingiz, hurmatli Prezident.
Bugun biz, yoshlar, jumladan qizlar ham o'z yurtimizda ta'lim olib, munosib hayot qurishimiz mumkin», — dedi Munisa.
U ayol rejissyorlar nomidan subsidiyalarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kino loyihalari uchun maxsus kvota belgilashni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Agar iqtisodiyot bilan birga ilmimizni, bilimimizni rivojlantirmasak, orqada qolamiz. Bugun oliy ta'limda o'qiyotganlarning 60 foizga yaqini — qizlar. Dissertatsiya himoya qilganlarning 75 foizi — ayollar va qizlar. Birinchi kundan aytib kelaman: bitta oilada o'qimishli qiz bo'lsa, oiladagi vaziyat o'zgaradi. U tarbiyalagan farzandlar esa millatni o'zgartiradi.
Agar rozi bo'lsangiz, bugun ishxonaga borib, Munisa qizimni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yaman».
Manba
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt
Andijon sportchilari poytaxtda — endi navbat g‘alabalar sari!
💼
“Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qiladigan sportchilar delegatsiyasi Toshkent shahriga yetib bordi.
📍
Poytaxt sari boshlangan yo‘l — katta maqsadlar, yuksak marralar va g‘alabaga bo‘lgan ishonch sari tashlangan muhim qadamdir. Delegatsiya a’zolari Toshkentda munosib kutib olinib, sportchilarning musobaqalar oldidan xotirjam tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur tashkiliy sharoitlar yaratildi. Ular maxsus avtobuslarda mehmonxonaga yetkazilib, joylashtirildi.
✔️
Endi maydonda mahorat, iroda va matonat namoyon bo‘ladi. Har bir bellashuv — o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatish, yurt sha’nini ulug‘lash va Andijon sporti nufuzini yanada yuksaltirish uchun imkoniyat.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Telegram
📱
Youtube
⚡️
Hayotga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartiruvchi suratlar! | 2-qism
Mutolaa ilovasini yuklab oling
🏆
ANDIJONDA "YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTIQBOLLI KADRLARI" TOP–100 TANLOVIGA START BERILDI
👍
Siz tashabbuskor, bilimli va o‘z salohiyatiga ishongan mutaxassismisiz?
Unda
Andijon viloyati
da o'tkaziladigan
"Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari" TOP–100
tanlovida ishtirok eting va kelajak rahbarlari safidan munosib o‘rin egallang!
👍
Tanlov ishtirokchilari:
Andijon viloyati
da faoliyat olib borayotgan
20–40 yosh
dagi davlat organlari, mahalliy ijro hokimliklari, nodavlat va xususiy sektor tashkilotlari, ta'lim muassasalari,
"Mahalla yettiligi"
hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar.
👍
Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
- Malaka talablari asosida saralash;
- Bilim test sinovi;
- Esse bosqichi;
- Yakuniy suhbat.
👍
G‘oliblar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
* Malaka oshirish kurslari;
* Xorijiy stajirovka imkoniyatlari;
* Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilish va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar.
Ro‘yxatdan o‘tish:
2026-yil
27-oktabrdan 5-noyabr
ga qadar.
Hujjatlar qabuli:
2026-yil
5-noyabr
soat
23:59 da
yakunlanadi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
my.bsa.uz
elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
(
✅
Ariza topshirish jarayonida o'zingizga mos mutaxassislik bo'yicha nominatsiyani tanlang)
Murojaat uchun:
(+998 74) 223-23-34
Qo‘shimcha ma'lumot:
(+998 74) 223-23-37
Tanlov haqida batafsil ma'lumot videorolikda.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang
!
TOP–100 safidan o‘rin oling va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
✅
Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti
O‘tgan hafta yoshlarimizning
xalqaro yutuqlari, ta’lim, tadbirkorlik, kasbiy rivojlanish
va
yangi imkoniyatlar
yo‘nalishida qator muhim voqealar amalga oshirildi.
Hafta davomida ro‘y bergan asosiy voqealarni qisqacha yodga olamiz.
• O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida ilk bor kuchli uchlikdan
joy oldi
;
•
Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo
viloyatida
;
• XI Yevropa kino festivali Toshkent va Urganchda bo‘lib
o‘tadi
;
• Qamashilik yoshlar startap loyihalarini taqdim
etdi
;
• Yoshlar Ventures portfelidan 4 ta startap AQShga
yo’l oldi
;
•
Bişkekda turkiy dunyo yoşlari hamkorligi muhokama
qilindi
;
•
Yoshlar Ventures’ning San-Fransisko ofisi faoliyati endi yagona
platformada
;
•
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy
tadbir
;
•
O‘zbekistonlik qizlar kosmik texnologiyalar sari
;
•
"Yoshlar biznes maktabi" yangi mavsumiga qabul
boshlandi
;
•
Qamashi tumanida yoshlar kutubxonasi
ochildi
;
•
Xiva shahrida
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlar
forumi
;
• Haftaning muhim yangiliklarini “
Yoshlar ovozi
” gazetasida
mutolaa qiling.
#Dayjest
#YoshlarYangiliklari
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt
🏆
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi!
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Tadbirlarda davlat va hukumat vakillari, vazirlik va idoralar hamda sport tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, sportchilarimiz va ularning murabbiylarini erishilgan buyuk g‘alaba bilan samimiy muborakbod etishdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, sportchilar, murabbiylar hamda ota-onalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda sportga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz!
🇺🇿
🥇
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Xalq xizmati uchun urar yuragi!
🇺🇿
25-oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
⚔️
El-yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, sharafli xizmatingizda kuch-g‘ayrat va matonat tilaymiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va mas’uliyatli xizmat faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!
Yurt tinchligi — xalq farovonligi!
Hurmat bilan,
Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Telegram
📱
Youtube
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube