Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati

angrenhokimligi_7
Murojaatlar uchun: @Angrenhokimigamurojaat_bot Rasmiy sayt: https://gov.uz/oz/angren Instagram: angrenhokimligi_7 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100066489963157 https://www.youtube.com/https://youtube.com/@angrenhokimligi?si=qYWdBb7l2q
Subscribers
6 682
24 hours
-3
30 days
14
Post views
812
ER
12,15%
Posts (30d)
801
Characters in post
1 054
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 11, 03:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!
🔹
Angren shaharida 20 ta (
Ko'rish
)
🔹
Bekobod shaharida 12 ta (
Ko'rish
)
🔹
Nurafshon shahrida 10 ta (
Ko'rish
)
🔹
Olmaliq shahrida 22 ta (
Ko'rish
)
🔹
Chirchiq shahrida 9 ta (
Ko'rish
)
🔹
Yangiyo'l shahrida 2 ta (
Ko'rish
)
🔹
Bekobod tumanida 7 ta (
Ko'rish
)
🔹
Bo'stonliq tumanida 8 ta (
Ko'rish
)
🔹
Zangiota tumanida 10 ta (
Ko'rish
)
🔹
Ohangaron tumanida 11 ta (
Ko'rish
)
🔹
Parkent tumanida 16 ta (
Ko'rish
)
🔹
Chinoz tumanida 1 ta (
Ko'rish
)
🔹
Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (
Ko'rish
)
🔹
Quyichirchiq tumani 7 ta (
Ko'rish
)
🔹
Qibray tumani 10 ta (
Ko'rish
)
🔹
Piskent tumani 13 ta (
Ko'rish
)
🔹
Ohangaron shahri 7 ta (
Ko'rish
)
🔹
O'rtachirchiq tumani 2 ta (
Ko'rish
)
🔹
Oqqo’rg’on tumani 11 ta (
Ko'rish
)
🔹
Yangiyo'l tumani 1 ta (
Ko'rish
)
Barchasini
ko'rish
👇
Xabardor bo'lish uchun
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 16:19
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

#montaj
ISSIQLIK TARMOQLARIDA MONTAJ ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
“ANGREN SHAHAR ISSIQLIK TA’MINOTI” MChJning “Issiqlik tarmoqlari 2-nohiya” hamda “Nasos shohobcha (stansiya)larini ishlatish” bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan Ko‘k-terak MFY G‘uncha ko‘chasida joylashgan “Bo‘linish shohobchasi” nasos stansiyasida montaj ishlari amalga oshirildi.
Ishlar davomida G‘uncha ko‘chasini issiqlik bilan ta’minlovchi d-89 mm o‘lchamli issiqlik tarmoqlari quvurlari ko‘chirilib, 28 metr uzunlikda montaj qilindi.
Shuningdek, issiqlik tarmog‘iga d-80 mm o‘lchamli 2 dona zulfin o‘rnatildi.
Mazkur ishlar issiqlik tarmoqlarining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱

September 10, 16:14
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH MARKAZI OCHILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-240-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahar “Istiqbol” mahallasida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi” o‘z faoliyatini boshladi.
Markazning ochilish marosimida Angren shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi B. Qobilova, Angren shahar “Oqila ayollar” harakati rahbari M. Saynazarova, “Buvijonim maktabi” rahbari R. Xanayeva, mahalla raisi M. Nishanova, xotin-qizlar faoli K. Tagayeva, mahalla faollari hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Mazkur markaz xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱

September 10, 16:02
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

#Angren
Targ‘ibot ishlari
Mahallalarda aholini yot g‘oyalar ta’siridan asrashga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Angren shahridagi Navro‘z MFYda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ularni turli yot va yod g‘oyalar, axborot xurujlari hamda kiberjinoyat tuzoqlaridan asrash maqsadida profilaktik targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹
Axborot xavfsizligi va kiberogohlik
🔹
Oila va yoshlar tarbiyasi
🔹
Jamiyatda hamjihatlik va o‘zaro tushunish
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
Obod va tinch mahalla — ogohlikdan boshlanadi!
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱

September 10, 15:56
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

Axborot erkinligi va ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati O. Qahramonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439-II-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasida Angren shahar hokimligida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida Angren shahar hokimining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi G. Shaxonova tomonidan olib borilayotgan faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, jamoatchilikni shahar hokimligi faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan muntazam xabardor qilib borish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ochiq axborot almashinuvini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, rasmiy axborotlarni aholiga tezkor, xolis va ishonchli yetkazish, hokimlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning axborot olish huquqini ro‘yobga chiqarish hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida deputat O. Qahramonov axborot erkinligi va ochiqlikni ta’minlash, aholiga haqqoniy va tezkor axborot yetkazish, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalarini bildirdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱

September 10, 15:40
Media unavailable
5
Show in Telegram

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati
E. Karaboyev
tomonidan “Nuroniylar” jamg‘armasida rahbarlariga, ishchi-xodimlar hamda nuroniy fuqarolar ishtirokida
kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet firibgarligidan himoyalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash
ga qaratilgan kiberprofilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
📌
Tadbir davomida ishtirokchilarga:
📢
kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot flayerlari tarqatildi;
💸
nuroniy fuqarolar bilan umumiy va yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borildi;
🔹
bank kartalari, shaxsiy ma’lumotlar va elektron hisoblarni himoya qilish bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi;
🔹
kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot videoroliklari namoyish etildi;
📱
“APK Qo‘riqchi”
ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tadbirda fuqarolarga internetdan foydalanishda hushyorlikni oshirish, noma’lum havolalarga kirmaslik, begona shaxslarga bank karta ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini bermaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

September 10, 15:39
Media unavailable
5
Show in Telegram

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining
2026-yil 25-martdagi VII-26-25-10-148-K/26-sonli qarori
bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi
“Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori
ijrosini ta’minlash hamda Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarning dastlabki manzilli ro‘yxatiga kiritilgan yo‘llarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish Щищвщтдфырекшыр davomida
Yangi Go‘shtsoy MFY, Zarafshon ko‘chasida
, xususan,
40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldida
665-sonli qaror doirasida asfaltlashtirish ishlari olib borilayotgani va ayni vaqtda ushbu ishlar davom etayotganligi aniqlandi.
Mas’ullarga asfaltlashtirish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, yo‘l qoplamasining mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

September 10, 15:23
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

Shahar Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan, shuningdek, hududga oid dolzarb masalalar bevosita o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabul davomida jami 10 nafar fuqaro murojaat qildi.
Murojaatlar asosan quyidagi masalalarga taalluqli bo‘ldi:
5 ta — ishga joylashish;
1 ta — elektr ta’minoti;
1 ta — davolanish;
1 ta — sug‘orish uchun suv ta’minoti;
1 ta — mahallani asfaltlashtirish;
1 ta — BSK masalasi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga zarur tushuntirishlar hamda nazoratga olingan murojaatlarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Angren shahrida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Qabul jarayonida tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱

September 10, 15:22
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

ANGREN
: HOKIMNING NAVBATDAGI SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
Xabar berganimizdek, Angren shahrida
Davlatimiz rahbarining 2026 yil 13 mart kuni «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar» yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida
berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, shahar hokimi va uning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har hafta shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan
shaxsiy qabullar
o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun - 10-sentyabr kuni shahar hokimi
Alisher Rayimov
tomonidan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Hokimning shaxsiy qabuli davomida 10 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱

September 10, 14:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi.
➡️
Kreditlash shartlari:
🔷
Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha;
🔷
Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha;
🔷
Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha;
🔷
Imtiyozli davr — 2 yil;
🔷
Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi.
➡️
Foiz xarajatlarini qoplash:
Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.
➡️
Murojaat tartibi:
Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.
📌
Batafsil ma’lumot uchun:
Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi,
Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi:
☎️
Tel.: +99877 448 77 88.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱