
Anvarov’s blog
Shunaqa bezbet pistalarni nima qilish mumkin? Pulini berib sotib olganman, ichidagi pistani bergisi kelmaydi
😏
@anvarovsblog
“Qush inida ko’rganini qiladi”
Biz oilada hammamiz dadam bilan salomlashganda qo’lini o’pib, peshonamizga surib ko’rishamiz. Buni ko’rib katta bo’layotgan jiyanimda MuhammadHalidda ham shu odat shakllanyapti. Barakalla!
@anvarovsblog
Uydagilarni toqqa olib borib, aylantirdim, keyin ularni uyga qaytarib.
O’zim dars o’tishga ketdim.
Bugun
Humoyun aka Sobirovni
mentorlik dasturi o’quvchilariga 2 soat dars o’tdim.
Prodyuserlar, soha mutaxasisslari va biznesmenlarga telegram imkoniyatlarini ko’rsatib, blog yuritish bo’yicha bilib ulashib keldim.
Yakshanba juda intensiv o’tdi. Kimdur bu kunim uchun menga Barakalla deyishi kerak
☺️
Siz bu postga “
❤️🔥
” bosish orqali menga
Barakalla
deb qo’yishingiz mumkin)
@anvarovsblog
Bugun dadamni sanatoriyadan uyga olib kelishim kerak edi. Kecha kechqurun Andijonga opamni uyiga taxi yuborib, opam bilan jiyanimni Toshkentga olib keldim. Dadamga aytmadim.
Bugun sanatoriyaga syurpriz qilib bordik. U yerdan chiqib, aylanishga chiqdik. Bolacha xursand.
@anvarovsblog
Sizga pochta kelibdi, ochib koʻring
☺️
@anvarovsblog
Shanba asli dam olish kunim, lekin bugun
full work day
bo’lyapti.
• Ertalab 8’da marketing jamoamiz bilan yig’ilishimiz bor edi, uni o’tkazdik (sal kechikdim);
• Yig’ilishdan keyin Mentorlik uchun yangi darslik yozyapmiz;
• Bundan keyin sizlarga bitta zo’r syurprizni syomka qilamiz;
• Syomkadan keyin Yoshlar ishlari Agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullaev bilan uchrashuvimiz bor;
• Uchrashuvdan keyin yana marketing jamoa bilan ishlarimizni qilamiz;
• 20:00’da esa Ustozlar uchun razbor dars o’taman.
Hammasini yakunlab. Ertaga dadamni sanatoriyadan olib kelib, shahar aylantirishga tayyorgarlik qilaman.
Shunaqa gaplar. Menga kuch-quvvat tilash tugmasi — “
🔥
”
@anvarovsblog