
Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi
#foydali
#xazina
#juma_hadyasi
Arab tilini örgatish böyicha materiallar izlayapsizmi?
Quyidagi Google Drive papkasida şu sohaga oid turli manbalar jamlangan:
📖
Öquv dasturlari va darsliklar
👨🏫
Öqituvçi uchun qöllanmalar
📊
Baholaş böyicha yöriqnomalar
✍️
Maşq va topşiriqlar
📝
Öqituvçilar uchun metodik tavsiyalar
🎓
Sohaga oid ayrim kurslarning yozma materiallari hamda ilmiy kitoblar
Havola:
https://drive.google.com/drive/mobile/folders/1gR3AyyqDXF-ltLNcVwRMp59LDJqcJjoL
Darsga tayyorgarlik köriş, maşqlar tanlaş va baholaş mezonlarini işlab çiqişda foydalanişingiz mumkin.
Bizning manzil:
@arabic_burhan
#elektron_kutubxona
#xazina
📚
63 mingdan ortiq arabcha kitob — bir platformada!
Arab tilidagi manbalarni izlaydigan ustozlar, talabalar va tadqiqotchilar uchun foydali elektron kutubxona —
«الجامع» — Aljame’
.
Platforma ma’lumotiga ko‘ra, unda
63 mingdan ortiq kitob va 37 million sahifa
jamlangan. Tafsir, hadis va fiqh bilan birga arab tili, nahv-sarf, adabiyot, balog‘at, tarix, ta’lim, psixologiya, iqtisod, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarga oid manbalarni ham topish mumkin.
🔎
Kitob nomi va matnidan qidirish;
📖
mavjud kitoblarda matn va PDF sahifasini yonma-yon o‘qish;
📋
matndan nusxa olish;
💻
kompyuter dasturi orqali yuklangan kitoblardan internetsiz foydalanish imkoniyatlari bor.
Ayniqsa,
matnni kitobning asl sahifasi bilan solishtirib o‘qish
ilmiy izlanishda qo‘l keladi. Shamelani "yo'qotib" qo'yganlar uchun ayni muddao))) Kompyuterga o'rnatib olish mumkin.
🔗
Kutubxona:
https://aljam3.com/en
Bizning manzil:
@arabic_burhan
#tanqid
#mulohaza_uchun
Ustozni eng ko‘p nima charchatadi?
Darsga tayyorlanishmi? Bir mavzuni qayta-qayta tushuntirishmi? Daftar tekshirish, topshiriqlarni baholashmi?
Ba’zan ustozni eng ko‘p charchatadigan narsa — o‘rgatishga bo‘lgan ishtiyoqining beparvolik bilan yuzma-yuz kelishidir.
U darsga tayyorlanib kiradi. Mavzuni qanday tushuntirishni, talabani qanday qiziqtirishni o‘ylaydi. Ammo ayrim paytlar dars vaqtining katta qismi telefonni chetga qo‘yishni, suhbatni to‘xtatishni, e’tibor berishni so‘rash bilan o‘tadi.
Ustoz talabaning o‘z imkoniyatini, ota-onasining mehnatini, o‘qishga sarflanayotgan vaqtning qadrini anglashini istaydi. Har bir talabaga nimadir bera olishni xohlaydi. Shu istak bilan beparvolik orasida qolish esa odamni ichidan toliqtiradi.
Bir tomonda ustozni: «Bu mening vazifam, yana yo‘lini topishim kerak», degan mas’uliyat kemiradi. Ikkinchi tomonda: «Shuncha urinishimning foydasi bormi?» degan og‘ir savol qanotini qirqadi.
Ustoz ham inson.
Uning ham kuchi, sabri va ruhiy quvvati cheksiz emas.
Unga darsdagi e’tibor, o‘rinli savol, bajarilgan topshiriq, talabaning kichik yutug‘i ham kuch beradi. «Tushundim, ustoz», degan bir og‘iz so‘z ba’zan butun kunlik charchogʻini yengillashtiradi.
Bizning manzil:
@arabic_burhan
#tanlov
Samarqandni madh etgan qasidalar tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi!
Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — ICESCO Samarqand shahriga bag‘ishlangan «مدن القصائد» — «Qasidalar shaharlari» xalqaro she’riy tanlovining ikkinchi mavsumi natijalarini e’lon qildi.
Tanlov Samarqandning 2025-yil Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’tirof etilgani munosabati bilan tashkil etilgan. Unda shaharning tarixi, go‘zalligi va boy madaniy merosini tarannum etuvchi 600 ta qasida qatnashgan. Shulardan 174 tasi saralanib, hakamlar hay’ati tomonidan batafsil baholangan.
🏆
G‘oliblar:
🥇
Muhammad Darvish Hasan Maqsa’iy — Yaman
🇾🇪
محمد درويش حسن مقصعي
🥈
Ahmad Yusriy Hasan al-Xattob — Falastin
🇵🇸
أحمد يسري حسن الخطاب
🥉
Muhammad Ismoil Abdulloh Suvaylim — Misr
🇪🇬
محمد إسماعيل عبد الله سويلم
Shuningdek, yana
yetti nafar shoir
rag‘batlantiruvchi mukofotlarga loyiq ko‘rilgan:
1. Muborak al-Abboniy — Marokash (مبارك العباني).
2. Muhammad Ziyod Shudub — Suriya (محمد زياد شودب).
3. Abdulloh Sarmad al-Jamil — Iroq (عبد الله سرمد الجميل).
4. Abdurahmon Buzarba — Jazoir (عبد الرحمن بوزربة).
5. Al-As’ad al-Husayn Qosimiy — Tunis (الأسعد الحسين قاسمي).
6. Nohid ash-Shabib — Suriya (ناهد الشبيب).
7. Sidiy Muhammad Muhammad al-Mahdiy — Mavritaniya (سيدي محمد محمد المهدي).
Bizning manzil:
@arabic_burhan
#grammatika
#musiqa
#ohang
#hordiq
Hammasi mana shundan boshlandi...
Universitetda talabalarimga sanoq son va sanalmish mavzusini tushuntira turib, yodda qolishi uchun o'zim yaxshi ko'radigan manzumani ohang bilan aytib berdim. Bu ularga yoqib qolib, yana va yana so'rashdi))). Qarabsizki, "birrovchi"ga aylandim-qoldim.
Bugun esa yonimga minnatli oranjirovkachi Suno AIni olib, astoydil ishga kirishdim. Men ijro etdim, u esa kuy bastalab, musiqiy bezadi.
Xullas, ilk "san'at asari"miz tayyor-uuuu... Sanoq son va sanalmish mavzusini esda saqlab qolishga qiynalasizmi, marhamat! Bizning mahsulot Sizga koni foyda.
Tinglab, baho berasiz-da endi)) Aytib qo'yay, buyurtma olmayman, to'ylarga chiqmayman, faqat "zakaznoy dars"lar olaman))
Bizning manzil:
@arabic_burhan
https://www.youtube.com/watch?v=S7jeUkW2ikc
https://www.youtube.com/watch?v=S7jeUkW2ikc
#fikr
Ovoz chiqarib kitob o'qing!!!
Buyam bir fikrda))). Ozmi-ko'pmi haqiqati bor. Tajribadan o'tgan. Kuzatishlarim bari buni tasdiqlaydi.
Ovoz chiqarib kitob o'qing, qiyofangiz o'zgaradi...
"Madaniyat va ma'rifat" telekanali
da bugun efirga ketgan
"Agar" ko'rsatuvi
da "agar... kitob o'qimay qo'ysak" nima bo'lishi haqida fikrlarimni aytdim, kitob o'qimay qo'ysak, hammamiz bir xil bo'p qolamiz dedim, Siz nima deysiz
😉
👍
to'g'ri))
❤️
ajoyib))
😄
original)))
Bizning manzil:
@arabic_burhan
🎲
“«Arab tilida sanoq son va sanalmish» mavzusida sinov testi” العدد والمعدود في اللغة العربية testi
🖊
20 ta savol ·
⏱
1 daqiqa
🎲
“
«Arab tilida sanoq son va sanalmish» mavzusida sinov testi
”
العدد والمعدود في اللغة العربية testi
🖊
20 ta savol ·
⏱
1 daqiqa