
Arab tili
Bizning online imtihonimiz borligidan xabaringiz bormi?
https://bit.ly/onlineimtihon
Arab tilida o'z bilimingizni sinab ko'rishingiz uchun ajoyib imkoniyat.
@arabtilibirga
Pavilyonlarda qurilaridgan kichik kioskalar, do'konchalar كُشْكٌ deyiladi.
Kichkina do'konchalar esa دكان / بقالة deyiladi.
Katta do'konlar odatda متجر deb ataladi.
Bundan tashqari مَحَلٌّ ham bor bo'lib u aynan do'kon ma'nosini bermaydi. Biror bir kasb, ish bilan shug'ullaniladigan joyga dalolat qiladi. U savdo bilan shug'ullaniladigan do'kon ham bo'lishi mumkin, sartoroshxona ham bo'lishi mumkin. Masalan محل الملابس - kiyim do'kon, محل الحلاقة - sartaroshxona.
@arabtilibirga
فَصَّلَ - ko'ylakni bichib tikmoq
خَاطَ - tikmoq
Ya'mi tikuvchiga borib ko'ylak o'lchamlarini olib tiktirmoqchi bo'lsangiz فصّل ishlatasiz.
Agar shunchaki tikish jarayoni esa خاط
@arabtilibirga
Arab tilidan akademik litseyga 0,5 stavkaga ustoz kerak.
Yakkasaroy tumanida joylashgan.
Kamida bakalavr diplomi va B2 sertifikat talab qilinadi.
Misrga boradigan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar joriy etiladi
1-noyabrdan 40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar mamlakatga faqat yaqin oila a’zolari bilan borishi mumkin. Safar davomida oilada kamida 5 ming dollar naqd pul bo‘lishi talab etiladi.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/716685/
MISRga borish orzu bo'lib qoladimi deyman.
@arabtilibirga
Arab tili grammatik qoidalariga ko'ra fe'l va foil orasida biror boshqa so'z kelsa, fe'l va foil jinsda moslashmasligi fasohatliroq hisoblanadi. Masalan,
سيكون في هذه الحديقة شجرة كبيرة بعد سنة.
Bir yildan keyin bu bog'da katta daraxt bo'ladi.
Ushbu gapda شجرة muannas jinsdagi so'z bo'lsa ham يكون muzakkarda kelishi fasohatliroq.
@arabtilibirga
الْعَشْوَائِيَّاتُ
Bu odatda kambag'allar yashaydigan, kerakli infratuzilma bilan yetarlicha ta'minlanmagan hudud degani.
Shunaqa joylar haqida to'liqroq tasavvur hosil qilish uchun:
https://youtu.be/G6eG62D0TK0?si=Qv5JaaZs4PIvvoFa
@arabtilibirga
أَدَّى إِلَى - olib bormoq
Bu fe'lni asl ma'noda ham, majoziy ma'noda ham ishlatsa bo'ladi. Masalan:
Asl ma'noda:
هذا الطريق يؤدي إلى الجبل
Bu yo'l tog'ga olib boradi.
Majoziy ma'noda:
هذه الحادثة تؤدي إلى العواقب الخطيرة
Bu voqea xatarli oqibatlarga olib boradi (sabab bo'ladi).
@arabtilibirga
وَقَعَ - joylashmoq
يقع البيت على ضفاف النهر
Uy daryo qirg'og'ida joylashgan
وَقَعَ - qo'nmoq (qush)
وقع الطير فوق غصن الشجرة
Qush daraxt shohiga qo'ndi.
@arabtilibirga
Arab tilida وَحَشَ degan fe'l bor. Bu fe'l sog'inishga majbur qilmoq, uzoq vaqt kelmaslik degan ma'nolarni anglatadi. Shuning uchun Saudiya shevasida men seni sog'indim degan jumla أنا اشتقتُ لك emas ko'proq وَحَشْتَنيِ deb ishlatiladi. Asli tarjimasi sen meni sog'intirib yubordingku degani.
@arabtilibirga