Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

arnasoyplus
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00
Subscribers
3 161
24 hours
-5
30 days
-116
Post views
435
ER
13,76%
Posts (30d)
664
Characters in post
952
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 15:08
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎉
Tabriklaymiz!
Bugun “Agrobank” ATB Jizzax viloyat boshqarmasi
Arnasoy filiali boshqaruvchisi Mardiyev Alisher Zaribboyevich
ning tavallud ayyomi.
Shu munosabat bilan
Alisher Mardiyev
ni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Yangi yoshingiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin!
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

September 11, 14:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

🚨
Пенсия — фирибгарлар нишонида!
👴
👵
Киберфирибгарлар пенсия маблағлари тушган пайтда ёши катта фуқароларга қўнғироқ қилиб, турли алдамчи гаплар билан карта маълумотлари ва SMS-кодларни қўлга киритишга уринмоқда.
💳
Карта маълумотлари ва SMS-кодларни ҳеч кимга берманг!
🔐
Огоҳ бўлинг — маблағларингизни асранг!
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

September 11, 13:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzax shahridagi “Mustaqillik bog‘i” aholining sevimli maskaniga aylanmoqda
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 11, 13:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

G‘allaorolda ichki yo‘llar holati yaxshilanmoqda
G‘allaorol tumanida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, "Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Navbahor ko‘chasining ichki yo‘llarida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
Yo‘llarning obodonlashtirilishi natijasida aholi, jamoat transporti va boshqa transport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
Bu, o‘z navbatida, mahallada yashovchi fuqarolarning kundalik harakatiga qulaylik yaratib, hudud infratuzilmasining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 11, 13:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mahallada xotin-qizlar manfaati — e’tibor markazida
Mahalla — inson taqdiri, oila tinchligi va mehr-oqibat mujassam bo‘lgan o‘ziga xos maskan.
Bu muhitda xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topish katta mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi.
Bugun mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda mahalladagi xotin-qizlar faollarining o‘rni alohida. Ular nafaqat ayollarning dardu tashvishlarini eshitadi, balki mavjud muammolarga amaliy yechim topish, bandligini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashadi.
Jizzax shahrining "Zilol” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli Madina Hamidova ham o‘z ishini ana shu ezgu maqsadlarga yo‘naltirgan fidoyi ayollardan biridir.
Uning kundalik faoliyati turli toifadagi xotin-qizlar bilan muloqot qilish, oilaviy sharoitini o‘rganish, ehtiyojmand xonadonlardan xabar olish, bandlik masalalarini hal etish, ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, murojaatlarni o‘rganish hamda zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni qamrab oladi.
Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, bir oilaning buguni va kelajagi mujassam.
Shu bois xotin-qizlar bilan ishlashda e’tibor, samimiy muloqot va amaliy ko‘mak muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayol baxtli bo‘lgan xonadonda — mehr va fayz, ayol qadrlangan jamiyatda esa taraqqiyot va farovonlik bo‘ladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 11, 13:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tayinlov
Jizzax viloyati hokimining Strategik rejalashtirish bo'yicha maslahatchisi, Axborot-tahlil guruhiga yangi rahbar tayinlandi
.
Jizzax viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq
Yoqubov Latifjon Baxodirjon o'g'li - Jizzax viloyati hokimining Strategik rejalashtirish bo'yicha
maslahatchisi, Axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Latifjon
Yoqubov 2021-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi Ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 11, 13:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Yil bo‘yi qilingan mehnatingizni qadrlang, paxtadan yuqori hosildorlikka erishing!
Arnasoy tumani Fermerlar Kengashining fermer xo‘jalik rahbarlariga murojaati
Batafsil
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

September 11, 13:00
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

UMUMIY OVQATLANISH JOYLARIDA DAVLAT TILI TALABLARI NAZORAT QILINMOQDA
Arnasoy tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda, xususan, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida foydalanilayotgan taomnomalarning davlat tilida yuritilishi, taom va mahsulot nomlarining to‘g‘ri yozilishi, shuningdek, imlo va uslubiy me’yorlarga muvofiqligi ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 78-son bayoni 8-ilovasining 16-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
O‘rganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli tavsiyalar berilib, taomnomalarni o‘zbek adabiy tili me’yorlari asosida savodli, aniq va tushunarli shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borlidi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

September 11, 12:03
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🇺🇿
🤝
🇰🇷
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Janubiy Koreyada zamonaviy HR boshqaruvi va raqamli texnologiyalar tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi dastur doirasida mamlakatimiz vazirlik va hokimliklari vakillaridan iborat delegatsiya Seul shahrida malaka oshirmoqda.
🗓
5 kunlik o‘quv dasturi davomida delegatsiya a'zolari quyidagi muhim yo‘nalishlar bilan tanishdilar:
🔹
Saemaul Undong (Yangi qishloq harakati):
Koreyaning urushdan keyingi og‘ir iqtisodiy vaziyatdan chiqish va qishloqlarni aholi tashabbusi bilan rivojlantirish tajribasi o‘rganildi.
🔹
Lavozim tahlili va HRD sertifikatlash:
Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) va KERIS tashkilotining xodimlarni tizimli baholash, individual rivojlantirish hamda "Best HRD" davlat sertifikatlash mezonlari tahlil qilindi.
🔹
"Smart Village" (Aqlli qishloq):
Raqamli tafovutni kamaytirish, qishloq xo‘jaligida AI, dronlar va IoT (Internet vositalari) sensorlaridan foydalanish bo‘yicha NIA agentligi tajribasi o‘rganildi.
🔹
Sun'iy intellekt transformatsiyasi (AX):
Davlat boshqaruvida sun'iy intellektdan xavfsiz foydalanish va fuqarolarga yengillik yaratuvchi “AI National Secretary” xizmati faoliyati namoyish etildi.
🔹
Xususiy sektor tajribasi:
Nufuzli "POSCO Group University" korporativ ta'lim markaziga tashrif buyurilib, xodimlarni qayta tayyorlash (Re-skilling va Up-skilling) dasturlari ko‘zdan kechirildi.
📊
Kelgusi rejalar:
Dastur davomida ishtirokchilar to‘rtta ishchi guruhga bo‘lingan holda O‘zbekiston davlat xizmati tizimiga tatbiq etish uchun maxsus
“Harakatlar rejasi”ni
ishlab chiqmoqdalar. Loyiha yakunida ushbu taqdimotlar himoya qilinadi.
ℹ️
Ma'lumot uchun, KOICA moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan ushbu o‘quv dasturi 12-sentabr kunigacha davom etadi.
#DavlatXizmati
#HR
#Raqamlashtirish
#UzbKoreya
#BoshqaruvSamaradorligi
#SmartVillage
#SuniyIntellekt
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

September 11, 07:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

Baxmal texnikumida yangi avtodrom foydalanishga topshirildi
Baxmal tumanidagi 2-sonli texnikumda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan yangi avtodrom foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyiha texnikum jamoasining tashabbusi hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirildi.
Yangi avtodrom o‘quv jarayonining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, nazariy bilimlarni mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratdi.
Ayniqsa, avtomobil yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlashda o‘quvchilarning transport vositasini boshqarish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va turli vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Endilikda o‘quvchilar nazariy bilimlarini avtodromdagi amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirib, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallaydi.
Bunday tashabbuslar texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan birga, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|