Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

artacademyuz
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali Manzil: Sodiq Azimov koʻchasi, 35, artacademy@exat.uz, info@art-academy.uz facebook.com/badiiy.akademiya instagram.com/badiiy.akademiya art-academy.uz youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Subscribers
3 340
24 hours
30 days
Post views
413
ER
12,37%
Posts (30d)
194
Characters in post
895
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
June 10, 14:23

https://uza.uz/uz/posts/andizhon-sanat-festivali-muhitini-aks-ettirgan-korgazma_868758

June 10, 14:07
Media unavailable
11
Show in Telegram

#xalqaro_simpozium
#haykaltaroshlik
🤩
Iyun
boshida
Toshkent metallurgiya zavodi
da
start olgan V Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi
qizg'in davom etmoqda.

Mazkur nufuzli ijodiy loyiha O‘zbekiston haykaltaroshlik san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, turli mamlakatlar ijodkorlari o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda san’at orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
🧔
Simpoziumda
O‘zbekiston
,
Italiya
,
Fransiya
,
Turkiya
,
Xitoy
Xalq
Respublikasi
va
Gruziya
dan jami
18 nafar
taniqli haykaltarosh ishtirok etmoqda.
Xususan,
Aleksandre Phophkhadze
(Gruziya),
Gadadhar
Ojha
(Fransiya),
Yang Liu
(Xitoy),
Stefano
Sabetta
(Italiya) hamda
Evrim
Çamoğlu
(Turkiya) kabi xorijiy ishtirokchilar safda o‘rin olgan.
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

June 10, 12:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida
badiiy naqqoshlik yo‘nalishi bitiruvchilarining diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchilar o‘z diplom ishlari orqali ijodiy salohiyati, mahorati va yillar davomida olgan bilimlarini namoyish etdilar.
Barcha
bitiruvchilar himoyani muvaffaqiyatli
o'tkazishdi.
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

June 10, 10:45

https://uza.uz/uz/posts/sarvinoz-omontosheva-qirgizistonda-debyutlar-hamdostligi-xalqaro-mukofoti-bilan-taqdirlandi_868965

June 10, 08:32
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Badiiy akademiyada Prezidentning PF-103-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bugun, 10-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zalida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning 2026-yil 2-iyundagi
“Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”
gi
PF-103-son Farmoni
ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan
uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, akademiklar, professorlar, xalq rassomlari, san’at va madaniyat sohasi vakillari hamda akademiya xodimlari ishtirok etdilar.
🎨
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tomonidan Farmonning asosiy maqsad va vazifalari, unda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur Farmon ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi iste’dodlarni kashf etish, xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, ijodiy loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, soha vakillarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.
Uchrashuv davomida Farmonda nazarda tutilgan yangi imkoniyatlar, jumladan, ijodkorlarni rag‘batlantirish, uy-joy bilan ta’minlash, ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflarini bildirdilar. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida Farmonning mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

June 10, 07:32
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Tashrif
Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O'zbekiston xalq rassomi, akademik, professor Akmal Nur shaxsiy galereyasiga O'zBA huzuridagi Markaz
tinglovchilari tashrif buyurishdi.
➡️
Ushbu tashrif doirasida professor Akmal Nur bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuv davomida tinglovchilar san’atkorning ijodiy izlanishlari, asarlarining gʻoyaviy-badiiy mazmuni, zamonaviy san’at jarayonlari hamda yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalarini tinglash imkoniyatiga ega boʻldilar. Uchrashuv samimiy muloqot ruhida oʻtib, tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur tashrif tinglovchilarning badiiy-estetik dunyoqarashini yanada boyitish, milliy tasviriy san’at namunalari bilan yaqindan tanishish hamda ijodiy tajribalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O'zBA huzuridagi Markaz Axborot xizmati
TELEGRAM |
INSTAGRAM |
FACEBOOK |
YOUTUBE |
TWITTER |
SAYT

June 10, 02:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#anons
#korgazma
В Национальной художественной галерее «Хазинэ» (Казань
)
открывается международная персональная выставка художника из Узбекистана Татьяны Фадеевой «Состав счастья».
Экспозиция представит более 70 произведений живописи и графики, инсталляции, а также мультипликацию.
Татьяна Фадеева – яркий представитель международной современной арт-сцены, известный живописец, сценограф, художник-постановщик анимационных фильмов, куратор выставок.
Выставка Татьяны Фадеевой в Национальной художественной галерее «Хазинэ» – это новая станция большого пути, где личная история встречается с историей места, а индивидуальный художественный язык вступает в диалог с пространством.
Проект подготовлен при поддержке Национального института художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода, Академии художеств и Союза художников Узбекистана.
Открытие состоится
11 июня в 16:00
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

June 09, 17:27
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🗣
Talabamiz MDH ning XIX Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumi doirasida “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
San’atshunoslik va amaliy san’at
fakulteti
"Muzey menejmenti va madaniy turizm"
yo‘nalishi
4-bosqich
talabasi
Omontosheva Sarvinoz Uchqunovna
ayni damda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlarining "XIX Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumi"da ishtirok etmoqda.
💬
Forum doirasida iqtidorli talabamiz
Sarvinoz Omontosheva
ning ilm va ijod yo‘lidagi sermahsul faoliyati yuqori baholanib, u
“Debyutlar hamdo‘stligi”
xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof nafaqat talabamizning shaxsiy yutug‘i, balki institutimizda yoshlarning ilmiy, ijodiy va madaniy sohalardagi salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarning amaliy natijasidir.

Iqtidorli talabamiz
Sarvinoz Omontosheva
ni mazkur nufuzli xalqaro mukofot bilan institut rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etgan holda, uning kelgusi ilmiy-ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

June 09, 17:25
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🗣
O'zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati MDH ning XIX Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumida ishtirok etmoqda!

Ayni kunlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi
Feruza
Abidjanovna
hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Dilafruz
Qurbonova
Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlarining "XIX Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumi"da ishtirok etmoqda.
💬
Mazkur forum MDH davlatlari o‘rtasida ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim va ijodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ziyolilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda xalqaro madaniy muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Forum doirasida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 35 yilligi” mavzusidagi yalpi majlis va ko‘rgazma, “Hamdo‘stlik madaniy poytaxtlari” davlatlararo dasturining taqdimoti, shuningdek, “Hamdo‘stlik yulduzlari” davlatlararo mukofoti hamda “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofotining taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Vakillarimizning ushbu nufuzli xalqaro forumdagi ishtiroki mamlakatimiz ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda san’at va madaniyat sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

June 09, 13:31
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Bugun, 9-iyun kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida
“Tranzit: Toshkent – Andijon – Toshkent”
nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📃
Mazkur ko‘rgazma
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tashabbusi bilan ilk bor 18–21-may kunlari Andijon viloyatining Bobur shahrida o‘tkazilgan
Rassomlar festivali
ning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi. Ekspozitsiyadan festival doirasida namoyish etilgan eng sara tasviriy va amaliy san’at asarlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi festival muhitini Toshkent tomoshabinlariga ham yetkazish, san’at ixlosmandlarini mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ijodkorlarning ishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Ekspozitsiyada rassomlar, grafiklar, haykaltaroshlar va fotomusavvirlarning ijod namunalari namoyish etilmoqda. Taqdim etilgan asarlar milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, zamonaviy hayot va insoniy kechinmalarni badiiy talqinda aks ettiradi.
“Tranzit: Toshkent – Andijon – Toshkent” ko‘rgazmasi poytaxt aholisi va mehmonlariga Andijon san’at festivali muhitini yana bir bor his etish hamda festivalning eng yaxshi asarlarini bir maskanda tomosha qilish imkonini yaratadi.
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website