
Astrum Academy
🌟
Ustozlar — kelajakni yaratuvchilar!
🌟
Astrum IT Academy jamoasi sifatida bugun barcha ustozlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Sizning bilim va sabringiz tufayli minglab yoshlar orzularini ro‘yobga chiqarib, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirib kelmoqda.
📚
Siz o‘rgatgan darslar — kelajakdagi kashfiyotlar poydevori, siz bergan mehr — butun jamiyatni yorituvchi nurdir.
🤖
Bugun IT olamida yutuqlarga erishayotgan yoshlarimiz, sun’iy intellekt va yangi avlod robotlari ham sizning mehnatingiz samarasi.
✨
Rahmat sizga, aziz ustozlar! Siz bilan biz kelajakni birgalikda yaratamiz!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Faol xususiy AT akademiyalar taqdirlandi
🎉
Taqdirlash marosimi ICTWeek 2025 doirasidagi
“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt”
forumi doirasida tashkil etildi. Har bir akademiya oʻz yoʻnalishidan kelib chiqib tegishli nominatsiya doirasida taqdirlanishdi.
Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
➡️
Intention Academy
— “AT eksport yo‘nalishidagi yetakchi o‘quv markaz”;
➡️
Bilim Tech
— “Bitiruvchilarini ishga joylashganligi bo‘yicha yetakchi o‘quv markaz”;
➡️
Mohirdev
— “Tayyorlagan mutaxassislari soni bo‘yicha yetakchi o‘quv markaz”;
➡️
IT Hub Samarkand 1
— “O‘quvchilari soni bo‘yicha yetakchi o‘quv markaz”;
➡️
MAAB Innovation
— “Eng zamonaviy AT kasblarga tayyorlovchi yetakchi o‘quv markaz”.
😉
“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt”
forumini
Youtube kanalimizda
toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qiling!
❗️
Ma’lumot oʻrnida,
“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt”
forumi media hamkori Texnoplov va Profsoyuz agentligi hisoblanadi.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
🤲
Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Astrum IT Academy
jamoasi ushbu muborak kunda sizni va yaqinlaringizni chin dildan
tabriklaydi!
Bu kun
qalblarni poklaydigan, yaxshilik va saxovat taratadigan
kun!
Ilm
,
ijod
va
texnologiya
yo‘lida doim bardavom
bo‘ling!
🕌
Barchangizga qutlug' ayyom muborak bo'lsin!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi?
⚜️
Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs 2025” hisobotiga ko‘ra, eng yuqori talab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘ladi:
➡️
Data Analysis (Ma’lumotlarni tahlil qilish);
➡️
Data Science & ML/AI (Ma’lumotlar Ilmi va sun’iy Intellekt);
➡️
Data Engineering
(Ma’lumotlar muhandisligi).
💡
Nega bu yoʻnalishlar muhim?
➡️
Qaror qabul qilish – kompaniyalar muhim strategik qarorlarni haqiqatga yaqin ma’lumotlarga asoslab qabul qiladi;
➡️
Tejamkor strategiyalar – ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni avtomatlashtiriradi;
➡️
Shaxsiylashtirilgan yondashuv – har bir mijozga moslashtirilgan takliflar yaratadi;
➡️
Kelajakni bashorat qilish – yangi imkoniyatlar va tendentsiyalarni boshqalardan ilgari aniqlashga imkon beradi.
⬇️
Ushbu yoʻnalishlarda quyidagi oʻquv markazlarida tahsil olish mumkin:
➡️
Mohirdev
;
➡️
MAAB Innovation
;
➡️
Astrum akademiyasi
.
👨👦👦
Tobora rivojlanib borayotgan mehnat bozoridagi kunlik oʻzgarishlar, yoʻnalishlar kesimida aynan nimalarni oʻrganish kerakligi haqida
uzbekcoders.uz
saytida batafsil tanishib olishingiz mumkin.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
Yapon tilini o’rganing, kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz aniq!
Prezidentimizning dunyoning ilg’or davlatlari bilan do’stona aloqalarni kengaytirib borishlari ortidan Yaponiya bilan ham hamkorlik imkoniyatlarimiz ochilib borayotganini guvohi bo'ldik. Ularning
AKT vaziri
, Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat vaziri,
Tokiyo gubernatori
va barcha
boshqa tashkilotlari
rahbarlari juda iliq kutib olishdi.
Uchrashuvlarda Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizni IT habga aylantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy qabul qilib, ushbu imkoniyatlardan Yapon kompaniyalarini kengroq xabardor qilish va shu orqali yoshlarimizga masofaviy ishchi o’rinlarini kengaytirishga ko’maklashishga tayyorliklarini aytib o’tishdi.
Ikki yil avval Yapon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti 1 dona bo'lgan bo’lsa, hozir
16 taga
yetdi. Osaka hamda Tokiyoda o’tkazilgan Outsourcing konferensiyalarida
qiziqayotgan kompaniyalar soni ancha ko’p
bo’ldi. Tokiyoda
ochilgan IT Park vakolatxonasi
ham ularni sonini oshib borishiga yordam beradi. Bu yilgi
ICT Week Uzbekistan
doirasidagi ko'rgazmada
ilk bor Yaponiya pavilioni
tashkil etiladi
, bu ham kompaniyalar soni ortishiga sabab bo’ladi.
Yangi kelayotgan kompaniyalarning hammasiga
Yapon tilini biladigan va Yapon mehnatkashligiga mos ishlay oladigan mutaxassislar juda kerak
bo’ladi. Shuning uchun imkoni boricha Yapon tilini o’rganing, yurtimizdagi
Japan Digital University
kabi Yaponiya ta’lim tashkilotlariga yoki Yaponiyaning o’zidagi universitetlariga kirishga harakat qiling.
PS.
Claude.ai
tomonidan yaratilgan ikki davlat aholi piramidasida ularda yoshi kattalar ulushi ortib borayotganini, bizda esa asosan yoshlar ko’pligini ko’rish mumkin. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari o’zlarining tajribali xodimlari yordamida yoshlarnizni masofaviy xizmatlar ko’rsatishga ko’proq olishsa va startuplarimizni qo’llashsa xarajatlarni optimizatsiya qilish va yangi innovatsiyalarni joriy qilish orqali Yapon kompaniyalari raqobatbardoshligi oshishi bilan birga, bizdagi bir necha til biladigan yoshlardan foydalanib esa uchinchi davlatlarga xizmatlari eksportlarini ko’paytirishlari mumkin.
💡
Startaplar, texnologiya va real imkoniyatlar: IT Investments Center — GameFest 2025’da!
Bu stendda ikkita уo'nalish birlashadi - ITIC Game va ITIC Animation
🚀
IT Investments Center — bu texnologiyalar, investitsiyalar va yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar markazi.
Game va Animation yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar, mentorlar va kuchli networking
📅
16–17 may |
📍
IT Park Complex
🔗
Batafsil:
gamefest.uz
#GameFest2025
#ITIC
#GameDev
#VFX
#Animatsiya
#TechUzbekistan
#Startaplar
🎬
Animatsiya afsonalari Toshkentga kelmoqda!
🎮
Game Fest 2025 sizlarni jahon animatsiya olamidagi mashhur studiyalar bilan uchrashuvga taklif etadi!
📍
16–17 may
📌
IT Park Complex, Toshkent
Sizni kutmoqda:
✨
Walt Disney Animation Studios, Lucasfilm Ltd va Cartoon - European Association of Animation Film vakillari
🎨
Ajoyib master-klasslar
🎥
Jahon darajasidagi loyihalar taqdimoti
🎮
Interaktiv zonalar
Eng mashhur studiyalarning sirlarini bilish, ilhomlanish va zamonaviy animatsiya dunyosiga sho‘ng‘ish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📲
Batafsil:
gamefest.uz
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
Facebook
|
📱
Linkedin
Barcha ishlarni Sun’iy Intellekt va robortlar qilsa, odamlar nima qiladi? Ko’proq vaqtlarini o’yin va dam olishga ishlatishlari aniq.
Shuning uchun ham
Game and animation
yo’nalishi yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar ochadi. Bu sohadagi dunyoning yetakchi ekspertlari Toshkentda yig’ilib, o'z tajriba va bilimlari bilan o’rtoqlashadilar.
Ular bilan tanishib, hamkorlik imkoniyatlarini qo’ldan boy bermang! Batafsil:
www.gamefest.uz
🎯
Ahmuratov Hasan — yosh va g‘ayratli startapchi
🚀
1-startapi:
Sartaroshlarni band qilish uchun ilova. $3000+ sarmoya kiritildi, ammo loyiha muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
🔄
2-startapi — Xaridor:
POS tizimi va do‘konlarni avtomatlashtirish uchun zamonaviy echim.
📦
22 ta faol mijoz
💵
Oylik daromad: $300
💼
Shu bilan birga, Hasan Redfox Studios’da Project Manager sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
🧠
Muvaffaqiyat har doim birinchi urinishdan bo‘lmaydi. Muhimi — harakat va o‘sish!
🌐
Youtube (HD)da ko'rish:
https://youtu.be/hlCLGi9j7gY
Astrum - Biz yangi yulduzlarni kashf etamiz!
🌟
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🎓
Avval - Astrum, keyin Upwork, undan so‘ng - butun dunyo!
🌍
2003-yilda Yangiyo‘lda tug‘ilgan Bobur Ergashboev bugun — dunyo bo‘ylab xizmat ko‘rsatadigan frilanser.
👨💻
Astrum IT akademiyasida tahsil olib, u Upwork’da 48 ta loyihani muvaffaqiyatli yakunladi, 796 soat ishladi va $10 000+ daromad oldi.
“Astrum menga oʻzimga ishonishimga, haqiqiy bilim olishga va internetda pul ishlashga yordam berdi,” — deydi Bobur.
U bizning faxrli bitiruvchimiz!
💫
Siz ham o‘zingizning yo‘lingizni boshlang!
🌐
Youtube (HD)da ko'rish:
https://youtu.be/8Wr6LI-YDwY
Astrum - Biz yangi yulduzlarni kashf etamiz!
🌟
Facebook
|
Instagram
|
YouTube