
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok
etadi.
Prezidentimiz “O‘zbekfilm” kinostudiyasida
kinoijodkorlar bilan uchrashuv
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari bu dargohda
milliy kino tariximiz, bir necha avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga ko‘chgan orzulari, intilishlari va armonlari mujassam
ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”
kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir og‘iz so‘z yoki tanish kuy
bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni ko‘z oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz o‘z davrida
siyosiy va mafkuraviy bosimlar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ijodkorlarimiz ana shunday milliy san’at asarlarini yarata olganini
tahsinga sazovor deb baholadi.
“O‘zbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi.
“Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “O‘tov”
singari xalqimizga manzur filmlar
yaratildi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Renessans" kino uyiga tashrif buyurib, kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashadi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalarni muhokama
qiladi
.
Is gazidan zaharlaniş ölimga olib kelişi mumkin
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini is gazidan zaharlanişning oldini oliş uçun xavfsizlik qoidalariga rioya etişga
çaqirdi
.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
💬
Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱
Telegram
|
📒
Facebook
📹
YouTube
|
🌐
Instagram
Taʼlimga hissa qöşayotgan tadbirkorni qöllab-quvvatlaş — farzandlarimiz kelajagiga eʼtibordir
Taʼlim va ilm-fan vaziri Samarqand viloyatida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uçraşdi. Oçiq muloqotda ularning takliflari, faoliyatidagi qiyinçiliklar va yeçimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, davlat-xususiy şeriklik asosida boğça taşkil etişga kömaklaşiş, xususiy maktab oçiş uçun litsenziya oliş, soliq imtiyozlari hamda oilaviy boğçalarda qöşimça ştat ajratiş böyiça murojaatlar bildirildi.
Xususiy maktablar uçun böş turgan binolardan foydalaniş va sport zali qurişga imtiyozli kredit ajratiş masalalari ham kötarildi. Şuningdek, öqituvçilar öz hisobidan xorij tajribasini örganiş uçun safarlarni taşkil etiş va viza olişda amaliy yordam söradi.
Har bir murojaatni tegişli idoralar bilan birgalikda örganiş va yeçimlar işlab çiqiş uçun masʼullar belgilandi.
Taʼlim sohasidagi tadbirkorlik ortida bolalar uçun yangi örinlar, pedagoglar uçun iş, oilalar uçun esa kengroq tanlov bor. Şu bois taşabbuskorlarning yölidagi tösiqlarni kamaytiriş va ularga amaliy kömak beriş muhim.
Maqsad — tadbirkorning taşabbusi, pedagogning intilişi va ota-onaning umidi bolalar uçun sifatli taʼlim imkoniyatiga aylanişiga
kömaklaşiş
.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi: bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat, tashabbusga madad berish orqali vohaning yuksak salohiyati va boy resurslarini daromadli ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga aylantirish
yo‘lida
.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Кашкадарью: поддержать стремление к знаниям, открыть возможности для труда, дать ход инициативам, чтобы богатые ресурсы края приносили людям доход, а экономике – высокую добавленную стоимость.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida
98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
“Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.
Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni
qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga
aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi
. Kelasi yildan
barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar
robototexnika bo‘yicha jahon chempioni
bo‘ldi. Yil yakunigacha
har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi.
Har yili mart oyida
o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati
o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga
30 million,
ikkinchi o‘ringa
20 million,
uchinchi o‘ringa
10 million so‘m mukofot
beriladi
.
Prezidentimiz
Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi
tajribasiga to‘xtaldi. Uning
32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi
va hozir viloyatdagi
57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili
10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi
. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga
1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning
birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini
aytdi. Ularga
Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari
taklif qilinmoqda.
Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq
berildi
.
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari
hosil yig‘ishtirish ishlari qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini
bildirdi.
Mamlakatimiz yetakchisi yig‘ilish ishtirokchilarini
O‘zbek tili bayrami
bilan tabriklab,
Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni
yodga oldi.
Bir necha yil avval
eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri
bo‘lgan
Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish
maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun
aniq hisob-kitoblar
mavjudligini qayd
etdi
.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib,
juda katta kuch oldim
,
– dedi Prezidentimiz.
Erkinjon Turdimov xalqaro hamkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi
21-oktyabr kuni Samarqandda
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” jahon sammiti
doirasida Taʼlim va ilm-fan vaziri
Erkinjon Turdimov
bir qator xalqaro hamkorlar bilan uçraşdi.
Jumladan, Qirğiz Respublikasi maʼorif vaziri
Dogdurkul Kendirbayeva
bilan uçraşuvda
qirğiz tilida taʼlim beriladigan maktablar uçun darsliklar tayyorlaş, pedagoglar malakasini oşiriş, tajriba almaşiş
hamda
oliy taʼlim taşkilotlari örtasida qöşma dasturlar va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş
masalalari muhokama qilindi.
Fransiya Respublikasining bolalar masalalari böyiça oliy komissari
Sara El-Xayri
bilan uçraşuvda esa
maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş, inklyuziv taʼlimni qöllab-quvvatlaş, pedagoglar malakasini oşiriş hamda bolalar farovonligini taʼminlaş
sohasida tajriba almaşiş va qöşma dasturlarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça inson taraqqiyoti yönalişi mintaqaviy direktori
Aparnaa Somanatan
bilan muloqotda
maktab taʼlimi sifatini oşiriş, taʼlim infratuzilmasini rivojlantiriş, pedagoglar salohiyatini mustahkamlaş va «Bilim» loyihasini amalga oşiriş
istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuvlar taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni joriy etiş va bolalar uçun sifatli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirişga
qaratildi
.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram