
Avtoradio FM 102.0 | Rasmiy kanal
«O‘takamni yording» iborasidagi o‘taka nima?
Hozir biz buni kutilmaganda birovdan qattiq cho‘chib ketishga nisbatan ishlatamiz. Ammo qo‘rqqanda insonning qayeri "yoriladi"?
"O‘taka" — bu inson organizmidagi o‘t qopi
deganidir. Qadimgi turkiy tabobat va tafakkurda o‘t qopi qat'iyat, botirlik va shu bilan birga qattiq qo‘rquv markazi hisoblangan.
Inson to‘satdan kuchli dahshatga tushganda, uning miyasi favqulodda xavf signalini beradi. Natijada organizmda keskin biokimyoviy o'zgarishlar va ichki a'zolarda kuchli spazm yuz beradi. Xalqimiz asab tizimidagi bu kutilmagan va og'riqli zarbani metafora qilib "o‘t qopi yorilib ketish darajasidagi zarba" deb ta'riflagan. Xalq orasida esa qattiq qo‘rquvdan odamning o‘t pufagi yorilib ketishi mumkin degan afsonaviy tushuncha shakllangan.
Imlosi: O‘taka so‘zi 3 ta unli, 2 ta undoshdan iborat. O’-ta-ka tarzida 3 ta bo’g’inga ajratiladi.
Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Chilonzor tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, vakolatli tashkilotlarning ruxsatnomalariga asosan, Bunyodkor shoh ko‘chasining ikkinchi darajali qismi bo‘ylab, KXAY yo‘lining Chilonzor metro bekatidan So‘galli ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida mavjud suv tarmog‘ini mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur ishlar doirasida "Toshkent shahar Suv injiniring kompaniyasi" tomonidan eskirgan suv quvurlari yangilanadi.
Shu munosabat bilan 2026-yil 28-iyul kuni soat 23:00 dan 30-avgustga qadar Bunyodkor shoh ko‘chasining yuqorida ko‘rsatilgan qismida bir tomonlama avtomobil qatnovi vaqtincha yopilishi haqida xabar berilyapti.
Haydovchilar va piyodalardan ta'mirlash ishlari olib borilayotgan hududda ehtiyotkor bo‘lishlari, vaqtinchalik yo‘l harakati cheklovlariga amal qilishlari hamda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari so‘raladi.
Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz avtoradiochilar
💛
👳♀️
@avtoradiouz
Bir tinglovchimiz: “Avtomobilimning yurish masofasi ham Avtoradioning muxlisi” deya rasm yuboribdilar
😁
👳♀️
@avtoradiouz
💰
”XAZINA” shousining navbatdagi soni gʻolibini aniqladik
“Xazina” loyihasini tinglang, unda ishtirok eting va gʻolib boʻling
🤑
Dushanbadan Jumagacha, soat 14:00 da — “Xazina” loyihasida koʻrishamiz
🤬
👳♀️
@avtoradiouz
BIR PAS NECHA DAQIQA?
Bolalikdagi she’riy mashqlarimning birida
shabboda, to‘xta bir pas
, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri: “O‘zbek adabiy tilida
bir pas
degan so‘z yo‘q,
bir nafas
deyish kerak”, deb o‘zi qizil qalam bilan to‘g‘rilab qo‘ygan.
Ko‘p yillar o‘tib Navoiyning
“Layli va Majnun”
ida shunday baytni ko‘rdim:
Bir pos chu tundin o‘di ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyquga mayl.
Lug‘atlarga qaradim.
Pos
—
tunning sakkizdan biri
, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat —
pos
, bir soatlik tungi soqchi —
posbon
, ruscha
chasovoy
ma’nosidagi atama bo‘lib chiqdi.
Pos
— o‘zimizning so‘z, deb xato aytmadim. Asli forscha yoki arabcha o‘zakka ega bo‘lgan, asrlar davomida tilimiz tarkibida yashab bizga xizmat qilayotgan so‘zlar ham, albatta, o‘z so‘zlarimizdir.
Xuddi shunday, rus, mojar, arab, tojik va boshqa tillarda xizmat qilayotgan o‘zbek so‘zlari ham hozirgi egalariga buyursin.
Demak, o‘zbekning
bir pasi
bir soat bo‘lar ekan.
Gapimni bir pasda tugataman
, degan so‘zning ma’nosini o‘zingiz tushunavering.
Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
🤩
Taksi haydovchisi tugʻilgan kunida
“TOP TAXI”
loyihasining navbatdagi soni gʻolibi boʻldi
🎉
⚡️
Dushanbadan-Jumagacha, soat 15:00 da, Avtoradio FM 102.0da “TOP TAXI” loyihasi boʻlib oʻtadi
🚕
Avtoradio FM 102.0 yulduzi Ilova orqali taxi chaqiradi, buyurtmani qabul qilib, bizning boshlovchimizni studiyamizga olib kelgan taksi haydovchisi gʻolibga aylanadi
🎉
Haydovchiga yoʻl haqqi toʻlovi bilan birga, bakini benzinga toʻldirib beramiz
⛽️
😻
Agar avtomobil FM 102.0ga sozlangan boʻlsa,
biriz ikki boʻlgani shu — bunda siz avtomobil yutib olish imkoniyatiga egasiz degani!
🚗
TOP TAXI — TOP RADIODA!
📻
👳♀️
@avtoradiouz
"Esdalik" so'zi o'zbek tilida
esdalik
tarzida yoziladi.
Tarkibi:
es-da-lik (3 bo'g'inli so'z)
Ma'nosi:
Esda qolgan taassurot, xotira, yodgorlik.
Masalan: Sayyohlar yurtimizdan esdalik uchun sovg’alar olishdi.
Sizga o’z
esdaliklarimdan
bir voqeani so'zlab berdim.
Ba’zan bu so’z esTalik tarzida t xarfi bn xato yoziladi.
Imlo lug'atiga ko'ra so'zning to’g’ri yozilishi, "esdalik" d xarfi bilan yoziladi.
Demak, eslab qolamiz:
Esdalik
— biror voqea, joy yoki insonni
yodga solib turuvchi narsa
, ya’ni
xotira uchun saqlanadigan buyum.
Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Gʻolibimizga doimgidek benzin, Jasur Xudayberganovga esa OSCAR!
🏆