Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Avtomobil yo'llari muhandisligi fakulteti | Rasmiy

avtoyol_uz
🔹 Fakultetimiz shiori: Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz! 📩 Murojaat va savollar bo‘yicha: @aymf_bot ga yozing. Fakultetimiz yangiliklari va muhim e’lonlarini kuzatib boring!!!
Subscribers
1 719
24 hours
-1
30 days
-22
Post views
339
ER
19,72%
Posts (30d)
184
Characters in post
790
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 15:15
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🎓
«MEN TANLAGAN MUTAXASSISLIK»
😀
Toşkent davlat transport universiteti “Avtomobil yöllarini loyihalaş va geomatika” kafedrasi dotsentlari A. Ablakulov va F.X. Ikramova tomonidan 1-kurs talabalari bilan «Men tanlagan mutaxassislik» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
💡
Suhbat davomida sohaning istiqbollari, zamonaviy geomatika texnologiyalari, kasbiy rivojlaniş va ilmiy izlaniş imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
📚
Uçraşuv talabalarni tanlagan kasbiga qiziqişini oşiriş va kelajakdagi faoliyatiga mas’uliyat bilan yondaşişga undadi.
Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz
🚀
Telegram
📷
Instagram

October 26, 12:31
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

📅
Joriy yilning 26-oktabr kuni
"Shahar infratuzilmalari muhandisligi va sun'iy intellekt" kafedrasi o'qituvchilari
A.B. Karimov, M.N. Yusupov va F.K. Jumayevlar
tashabbusi bilan
YMSH va ShQL yo'nalishi talabalariga
ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
💡
Asosiy maqsad
— yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichish va chekishga qarshi kurashish hamda to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat bo'ldi.
🌟
Tadbirda
ustozlar mustahkam oila poydevori, badantarbiya va to'g'ri ovqatlanish qoidalari haqida tushunchalar berib, talabalarni zararli odatlardan yiroq bo'lishga chorladilar.
🌿
Uchrashuv
talabalarda sog'lom hayotiy pozitsiyani shakllantirishga va ularni ma'nan hamda jismonan barkamol bo'lib voyaga etishiga xizmat qildi.
Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz
🚀
Telegram
📷
Instagram

October 26, 11:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚀
YANGI ALIFBOGA ÖTİŞ ENDİ YANADA OSON!
💻
Matnlarni yangi ö zbek alifbosiga ögiriş uçun vaqt sarflamang! Siz uçun qulay va zamonaviy
Yangi alifbo konvertori!
🔴
Nimalar qila oladi?
🔵
Matnlarni lotin va kirill alifbosidan yangi alifboga ögiradi.
🔵
`.txt` va `.docx` formatidagi fayllar bilan işlaydi.
🔵
Word hujjatlaridagi formatlaşni saqlaş imkoniyatini taqdim etadi.
🔵
**ö, ğ, ş, ç** harflarini maxsus tugmalar orqali kiritiş mumkin.
🔵
Tayyor matnni bir bosişda nusxalaş yoki yuklab oliş mumkin.
⚡️
Kamroq vaqt — köproq samaradorlik!
📌
Yangi alifboda yoziş va hujjatlarni tayyorlaş endi yanada qulay!
@Gulomov_Diyorbek
✅

October 26, 10:38
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📅
Joriy yilning 26-oktabr kuni
"Shahar infratuzilmalari muhandisligi va sun'iy intellekt" kafedrasiga
"O'zyo'lloyiha LQI" MCHJ muhandis-ekologi Olimova Sadoqat
tashrif buyurdi.
💡
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad
— talabalarga sohadagi amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashish, zamonaviy ekologik yechimlar va loyihalash jarayonlari haqida atroflicha ma'lumot berishdan iborat bo‘ldi.
🌟
Tadbir doirasida
ShQL-1 va ShQL-2 guruhlari
talabalari uchun mahorat darsi (
master-class
) tashkil etildi. Unda soha mutaxassisi o‘zining amaliy tajribalari, yo‘l-muhandislik ob'ektlaridagi ekologik omillar hamda loyihalashdagi muhim jihatlar haqida so‘z yuritdi.
🗣
Uchrashuv davomida
talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, amaliyot va nazariyaning uyg‘unligi bo‘yicha qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🌿
Mazkur mahorat darsi
talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kelajakdagi faoliyatlariga puxta zamin yaratishga xizmat qildi.
Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz
🚀
Telegram
📷
Instagram

October 26, 09:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli
Miralimov Mirzaxid Xamitoviç!
Avtomobil yöllari muhandisligi fakulteti jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizga mustahkam soğlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli va şarafli pedagogik faoliyatingizda ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Talaba-yoşlarni tarbiyalaş va sohaga malakali mutaxassislar tayyorlaş yölidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bölsin.
Yangi yoşingiz qut-baraka, ezgu niyatlar va yangi zafarlar bilan fayzli bölsin!
Tavallud ayyomingiz muborak bölsin!
Hurmat bilan,
Avtomobil yöllari muhandisligi fakulteti jamoasi.
Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz

October 26, 08:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Bilasizmi
#Yoşlar_daftari
💸
Qonunçilikka köra, Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoşlarga «Yoşlar daftari» jamğarmalari orqali:
➖
avtomototransportlar haydovçilarini tayyorlaş öquv kursi xarajatlarini qoplaş böyiça subsidiya haydovçilik guvohnomasining
«A», «B», «D» va «DE»
toifalarini oliş uçun
tölab beriladi
.
@Gulomov_Diyorbek
✅

October 26, 07:22
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

🔴
MEHNAT YARMARKASIGA TAŞRIF
🎓
Avtomobil yöllari muhandisligi fakulteti “YM va T” kafedrasi katta öqituvçisi fakultet bitiruvçilari hamda YMAQ-12 guruhi talabalari bilan birgalikda Toşkent davlat transport universitetida taşkil etilgan mehnat yarmarkasiga taşrif buyurdi.
🤝
Taşrif davomida talabalar soha korxonalaridagi mavjud böş iş örinlari, korxonalar faoliyati va kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan yaqindan tanişdilar.
Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz
🚀
Telegram
📷
Instagram

October 26, 07:19
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

🎭
Teatr — tarbiya va ma’naviyat maskani!
🔴
“Yöl muhandisligi va telematikasi” kafedrasi assistenti Mamatmuminov Alişer Turaquloviç fakultet talabalari bilan birgalikda “Andişali kelinçak” spektaklini tomoşa qiliş uçun teatrga taşrif buyurdi.
✨
Bunday ma’naviy tadbirlar talabalarning madaniy dunyoqaraşini kengaytiriş va estetik didini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz
🚀
Telegram
📷
Instagram

October 26, 06:11
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🏆
“TARAQQIYOT AMBASSADORI — 2026” XALQARO LOYIHASIDA JAMOAMIZ E’TIROF ETILDI!
✨
Yutuqlarimiz — mehnatimiz va jamoaviy hamjihatligimiz natijasi!
Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti jamoasi “Taraqqiyot ambasadori — 2026” xalqaro loyihasida faol ishtirok etib, munosib taqdirlandi.
🎖
Mazkur e’tirof jamoamizning tashabbuskorligi, intilishi hamda erishayotgan yutuqlarining yana bir tasdig‘idir.
🤝
Ushbu natijada o‘z hissasini qo‘shgan barcha jamoa a’zolarini samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va yuksak natijalar sari birgalikda harakat qilamiz!

🏆
Yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!
🔔
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Instagram
📱
Telegram

October 25, 04:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli içki işlar organlari xodimlari, aziz soha faxriylari!
Sizlarni 25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni bilan Toşkent davlat transport universiteti jamoasi va öz nomimdan samimiy muborakbod etaman.
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni saqlaş, qonun ustuvorligini ta’minlaş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölidagi xizmatingiz doimiy huşyorlik, qat’iyat va fidoyilikni talab etadi. Insonlar xavfsizligi va jamiyat barqarorligi uçun zimmangizdagi mas’uliyatni sidqidildan ado etib kelayotganingiz uçun çuqur minnatdorlik bildiraman.
Yoşlarning huquqiy madaniyatini oşiriş, ularni qonunlarga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşda ta’lim muassasalari hamda içki işlar organlarining hamkorligi muhim örin tutadi.
Talabalarimizning xavfsiz muhitda bilim olişi, öz qobiliyatini namoyon etişi va jamiyat hayotida faol iştirok etişi yölidagi sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlaymiz.
Sizlarga mustahkam soğliq, oilalaringizga tinçlik-xotirjamlik, mas’uliyatli xizmatingizda kuç-ğayrat va muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bölsin!
__
Уважаемые сотрудники органов внутренних дел, дорогие ветераны службы!
От имени коллектива Ташкентского государственного транспортного университета и от себя лично сердечно поздравляю вас с 25 октября - Днём сотрудников органов внутренних дел!
Ваша служба по обеспечению мира и спокойствия в нашей стране, верховенства закона, защите прав и интересов граждан требует постоянной бдительности, решительности и самоотверженности. Выражаю глубокую благодарность за добросовестное исполнение возложенных на вас обязанностей по обеспечению безопасности людей и стабильности в обществе.
Важную роль в повышении правовой культуры молодёжи, воспитании её в духе уважения к законам и преданности Родине играет сотрудничество образовательных учреждений и органов внутренних дел.
Мы высоко ценим ваши усилия, направленные на создание безопасных условий для обучения наших студентов, раскрытия их способностей и активного участия в жизни общества.
Желаю вам крепкого здоровья, мира и благополучия вашим семьям, сил, энергии и успехов в вашей ответственной службе.
С праздником вас!
Facebook
|
Instagram
|
Telegram