Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

avtoyulqumita
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali 🌐 www.uzavtoyul.uz 📱 t.me/avtoyulqumita ⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL 🖥 the_commitetee _for_roads Aloqa: 📬 press@uzavtoyul.uz 📞 71 207 67 68
Subscribers
16 566
24 hours
-2 741
30 days
-3 946
Unusual 24 hours drop
Post views
1 222
ER
7,38%
Posts (30d)
421
Characters in post
704
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Social & Community
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
October 16, 13:04
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON
📍
Boysun tumani Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Sariosiyo tumanidagi
Sangardak qishlog‘idan "Qirqiz" ziyoratgohiga olib boruvchi ichki xo‘jalik avtomobil yo‘lida
yo‘l qurilish ishlari olib borilmoqda.
📢
Mazkur ishlar yo‘lning holatini yaxshilash, aholi va ziyoratchilar uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
❤️‍🔥
Ayni paytda avtomobil yo‘lida mayda zarrali issiq asfalt-beton qorishmasi yordamida yo‘l qoplamasini yotqizish ishlari bajarilmoqda.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📹
You Tube
|
🌐
Website
|
▪️
Instagram

October 16, 13:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Energetika loyihalari
katta sarmoya va murakkab infratuzilmani
talab qiladi. Yer ajratish, tarmoqqa ulanish yoki texnik shart olishdagi
birgina kechikish ham butun loyihaga ta’sir qiladi.
“ACWA”, “Vision Invest”, “DataVolt”, “Voltalia”
va
“EDF”
kabi kompaniyalar bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etdi.
Buni hisobga olib, Prezidentimiz
Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini
tashkil etishga qaror qilganini ta’kidladi. Kengashga
Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Kengash
yer ajratishdan obyekt ishga tushguniga qadar sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 16, 13:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu –
o‘z kelajagimiz va farovonligimizning mustahkam tayanchi.
Bizga quruq sarmoya emas, qalban bog‘langan
o‘zaro ishonch va chin sheriklik
kerak. Bugungi muloqotimizning bosh mazmuni ham shunda.
Har bir yangi loyiha hududlarimizdagi
chinakam o‘zgarish, odamlarimizning o‘z hayoti, o‘z ishi va o‘z taraqqiyoti uchun mustahkam zamin
degani. Shu bois, hamkorligimizdagi bosh tamoyil bitta:
sizning investitsiyangiz mamlakatimiz taraqqiyotiga qanchalik nur olib kirsa, yurtimizdagi yuksalish sizning o‘z muvaffaqiyatingizga shunchalik keng yo‘l ochadi.
Chin ma’nodagi sheriklik bu –
o‘zaro ishonch, o‘zaro mas’uliyat va o‘zaro manfaatdir
,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari investorlarning asosli takliflarini eshitish, muammolarini hal qilish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shundan so‘ng
sarmoyadorlar bilan bevosita muloqot
qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 16, 12:02
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#OʻZYOʻLKOʻPRIK_KLASTERI_JIZZAX_FILIALI_DM
#JARAYON
🌐
Respublikamizdagi barcha ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar hamda avtomobil yo‘llarida paydo bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar ko‘priksozlar tomonidan doimiy ravishda bartaraf etib kelinmoqda.
📍
Jumladan, “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Jizzax filiali DM xodimlari tomonidan M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 939 – 1013-kilometrlari oralig‘ida saqlash hamda qishki qarov uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
📊
Bu esa harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, obyektlardan foydalanish muddatini uzaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📹
You Tube
|
🌐
Website
|
▪️
Instagram

October 16, 11:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#MARKAZ
#INFOGRAFIKA
🛣
Yo‘l qoplamasidagi nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va ta’mirlash — xarajatlarni kamaytirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashning muhim omilidir.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📹
You Tube
|
🌐
Website
|
▪️
Instagram

October 16, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
gazdan faqat elektr olish emas, uni chuqur qayta ishlab, ko‘proq qo‘shilgan qiymat yaratish muhimligini
ta’kidladi.
Qashqadaryodagi sintetik suyuq yoqilg‘i majmuasida
yiliga
1,5 million tonnagacha
yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Buxoro viloyatida polietilen, polipropilen va PET mahsulotlari
ishlab chiqarishga qaratilgan
MTO loyihasi albatta amalga oshirilishi
qayd etildi. Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari
yangi texnologiyalarga tayangan, ekologik talablarga javob beradigan va iqtisodiy asoslangan loyihalar
bo‘yicha investorlarning takliflarini kutayotganini bildirdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 16, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mamlakatimizda
3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan
foydalanadi. Ilgari
davlat monopoliyasida bo‘lgan mazkur ta’minot tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy qilinmoqda.
Tadbirkorlar ishtirokidagi pilot loyiha
Andijon viloyatida
boshlandi. Kelasi yil
suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasini respublika bo‘ylab xususiy sektorga berish
maqsad qilingan.
Prezidentimiz bu jarayonda
ta’minot uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati eng muhim mezon bo‘lishini
ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 16, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi
malakali kadrlarga
bog‘liq. Saudiya Arabistonining
“ACWA”
kompaniyasi
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni
boshlamoqda.
Prezidentimiz boshqa investorlarni ham
o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etishga
chaqirdi. Bunday tashabbuslar uchun
investorlarga joylardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga
tayyorlik bildirildi.
Kelasi o‘quv yilidan mahalliy
oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.
Dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun
har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 16, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xitoyning
“China Energy”
kompaniyasi
8 ta energiya saqlash stansiyasi
qurilishida
qariyb 40 foiz mahalliy mahsulotlardan
foydalandi. Ularning qiymati
200 million dollarga yaqin
bo‘ldi. O‘tgan yili esa energetikadagi barcha investitsiya loyihalarida
mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi.
Prezidentimiz ushbu ko‘rsatkichni
3-4 barobar oshirish mumkinligini
ta’kidladi. Sanoat kooperatsiyasi agentligi va mahalliy uyushmalar
investorlarga zarur mahsulotning sifati va hajmini aniqlab, uni yetkazib berishda korxonalar bilan ishlaydi.
Hozir
yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari
va
shamol generatorlari butlovchi qismlari
katta hajmda import qilinmoqda. Ularni
mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha
tayyorlangan.
Jizzax viloyati Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga
zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida shu yerda
soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
. Davlatimiz rahbari investorlarni bu loyihalarda ham hamkorlikka chaqirdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 16, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Neft-gaz sohasida
geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi.
Hozir Ozarbayjonning
“SOCAR”
va Buyuk Britaniyaning
“British Petroleum”
kompaniyalari bilan
Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida
qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijlik hamkorlarga taklif qilish uchun
boshqa hududlarda yana 128 ta blok tayyorlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularda
5 trillion 800 milliard kub metr gaz
va
560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari
mavjud. Ushbu imkoniyatlarni o‘zlashtirishda
raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X