Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

azizbek_zubaydullayev
Shaxsiy rivojlanish xalqaro darajali trener - Azizbek Zubaydullayevning maqolalari toʻplami Maqolalarni boshidan diqqat bilan oʻqib chiqishni samimiy tavsiya qilaman) Muallif nomi bilan bemalol ulashishingiz mumkin) Murojaat: @Azizbek_murojaatbot
Subscribers
1 651
24 hours
—
30 days
-21
Post views
569
ER
34,46%
Posts (30d)
10
Characters in post
600
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
October 26, 03:02

Toʻsiqlar - faqat niyating qanchalik jiddiy ekanini isbotlash uchun imkoniyat xolos...

October 23, 20:46

Bir vaqtlar adolatsiz yomonlik qilgan taqdir - vaqti kelib bir necha adolatsiz yaxshiliklar qiladi...

October 22, 11:22

Unreasonable Hospitality.pdf

October 19, 16:11

Gʻayrat, xodim boʻlish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim boʻlib ishlaydi.
Qo’lidan real ish keladi. Katta masʼuliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa boʻladi.
Evaziga yaxshi haq oladi. Bonuslari bilan oyiga $4 000 dan koʻproq topadi.
Yaqinda tadbirkor tanishlaridan biri unga oʻzi saviyasidagi ayrim yigitlarni misol qilib, tadbirkor boʻlishni tavsiya qilibdi.
Ukamiz esa bundan salohiyatli odamning xodim boʻlib ishlashi — kuchsizlik, tadbirkor boʻlishi esa kuchlilik, degan xulosa chiqaribdi.
U tadbirkor nima maqsadda gapirganini bilmayman. Lekin ukamizning xulosasi notoʻgʻri.
Unga bir nechta narsani tushuntirdim.
Birinchidan, biznesga egalik qilish va uni yaxshi boshqarish — boshqa-boshqa qobiliyatlar.
2025-yilda AQShning eng yirik 500 kompaniyasidan atigi 24 tasini oʻz asoschisi boshqargan. Qolgan 476 tasini kompaniyaga asos solmagan rahbarlar
boshqargan
.
Shu odamlarni ham «qachongacha birovga ishlaysan?» deb kuchsiz deymizmi?
Ikkinchidan, tadbirkorlik koʻproq pul topish kafolati emas.
NBERning 2025-yilgi tadqiqot sharhiga koʻra, AQShda asosan oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlaganlarning 57 foizi oʻziga oʻxshash yollanma xodimlardan kamroq daromad
topgan
.
O’zbekistonda ham bozor shakllangani sari ayni shu tendensiya bo’lyapti. Asos xodimlar biznes egalaridan ko’p daromad topyapti.
Bu tadbirkorlikda katta pul topib boʻlmaydi degani emas. Lekin biznes ochgan odam albatta koʻproq topadi, degan qarash ham notoʻgʻri.
Biznesi o’xshamasdan, qarzga botgan, tushkunlikda yashayotganlar son mingta. Ular mediaga chiqib intervyu bermaydi, uka.
Uchinchidan, kuchli tadbirkorga kuchli xodimlar kerak.
Sherigim
Aziz Rahimov
— bir vaqtning oʻzida doʻstim, ustozim va akam — bilan 400 kishiga yaqin jamoani
boshqaramiz
.
Biznes kattalashgan sari bir narsaga amin boʻlyapmiz: hamma ishni oʻzimiz qilishga na vaqtimiz, na kuchimiz, na bilimimiz yetadi.
Misol uchun, shu yil:
— 100 dan ortiq xodim ishga oldik. Buning ortida 7–8 mingga yaqin ariza va minglab suhbatlar
turibdi
.
— Maktablarimizga 700 dan ortiq yangi oʻquvchi qabul
qildik
. Buning uchun 30 mingga yaqin lid bilan
ishlandi
.
Shu jarayonlarning oʻzida 30 ga yaqin jamoadoshimiz katta mehnat
qildi
.
Bu faqat ikkita misol.
Maktablarimizda har kuni yuzlab oʻquvchilarga taʼlim berayotgan ustozlarimiz, akademik jamoamiz, maktablar boshqaruvi,
moliya
, qurilish,
IT
va boshqa boʻlimlarimiz ham oʻz yoʻnalishida katta ishlarni bajaryapti.
Bularning hammasini faqat biz ikkalamiz qilayotganimiz yoʻq. Qilolmasdik ham.
Jamoadoshlarimiz qilyapti!
Ularning aksariyati oʻz vazifasini bizdan yaxshiroq bajaradi. Shuning uchun ham oʻsha ishlarni ularga ishonib topshirganmiz.
Shunday odamlarni faqat birovga ishlayotgani uchun kuchsiz deyish qanchalik toʻgʻri?
Vaholanki, kuchsiz tadbirkorlar ham bor, kuchli xodimlar ham. Buning aksi ham bor.
Tadbirkor boʻlmoqchimisan — boʻl. Lekin kimdandir kuchli ekaningni isbotlash uchun emas, shu ishni haqiqatan xohlaganing uchun boʻl.
Xodim boʻlib ishlamoqchimisan — ishla. Oʻz sohangning zoʻri boʻl. Biliming, masʼuliyating va natijang bilan qadrlanadigan darajaga chiq.
Messi «Barcelona»da yulduz boʻldi. Lekin klub uning mulki emasdi. Oʻzi esa bu yil Ispaniyadagi «UE Cornellà» klubini sotib oldi.
Hech kim unga «qachongacha birovning klubida oʻynaysan?» demasdi.
Chunki uning qadri klubga egalik qilishida emas, maydonda qanday oʻynashida.
Biznesda ham shunday. Muhimi, oʻynayotgan maydoning seniki boʻlishi emas. Oʻsha maydonda senga berilgan vazifani qoyillatishing.
@boshqaruvchiga

October 15, 07:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Honestly, one of the most useful books I have ever read
It transformed how I look at education, and business as a whole
It talks about how a 2 star restaurant turned itself into the most famous restaurant in the world
It is a
mad
interesting book - you can love the events happening around the author as he deals with different aspects of his business in a story way
The main theme is: how can you make the Experience of a customer so great that they feel truly special
💚
If you are in a service business, or whatever business - I definitely recommend this book

October 14, 16:38

Oʻquv markaz rahbarlari/menejerlari bormi?
Oʻquv boʻlimini rivojlantirish, xizmat sifatini oshirish boʻyicha oʻzimni yangi bilimlarimni ulashib boruvchi bepul networking guruh ochmoqchiman
Haftalik kitob suhbatlar qilamiz
Murojaat:
@Azizbek_TZ

October 10, 16:35

Startup jamoasi sifati
Abdulaziz Yakubov
yozadi
:
Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir xil, nega aynan shu muammo va nega aynan siz uni hal qilasiz.
Koʻpchilik bozor hajmini, raqobatchilarni sanaydi va baland parvoz gaplar bilan texnologiyasini maqtaydi. Lekin oʻzlari haqida gap ketganda, gapira olishmaydi.
Men buni odatda qanday tekshiraman:
1. Jamoadan har bir aʼzoning muammo bilan shaxsiy aloqasini soʻrayman. Javob tayyor boʻlsa, bu yaxshi belgi.
2. Oxirgi uch oyda nima oʻzgarganini soʻrayman. Hech narsa oʻzgarmagan boʻlsa, bu signal.
3. Mijozlar bilan necha marta gaplashganini soʻrayman, aniq raqam bilan. Juda koʻp degan javob meni qoniqtirmaydi.
4. Jamoa oʻzaro qanday qaror qabul qilishini kuzataman. Bitta odam gapirsa, qolganlar jim tursa, bu ham belgi.
Bir safar bir jamoa mijozlar bilan gaplashgan sonini aniq raqam bilan aytib berdi. Shu javobdan keyin biz ikki soat muhokama qildik.

October 09, 13:29

"Taqdirdagi sodir boʻladigan yaxshi va yomon voqealarga iymon keltirish - iymonning 7ta shartlaridan biridan"
Sodir boʻlishi kerak narsa - boʻldi
Sodir boʻlishi kerak narsa - boʻladi
Oʻzgarmas narsalar uchun hissiyot qilishning nima keragi bor...
Biz faqat ularga boʻlgan munosabatimizni oʻzgartira olamiz

October 06, 18:44

Harakatda boʻl
Musibat bekor
Qiyinchiliklar bekor
Yoʻqotishlar bekor
Rad etishlar bekor
Azoblar bekor
Muhimi - harakatda boʻl
Baxt seni oʻzi topib keladi...

October 04, 07:52

Mazmunli ish gʻamlarni unuttiradi. Hatto kasallikni ham