Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI

bagdodim_news
🇺🇿 Bag'dod tumani hokimligi Axborot xizmati | rasmiy ▫️ Veb-sayt: https://gov.uz/oz/bogdod ▫️ Fb.: Bag’dod tumani hokimligi | https://www.facebook.com/profile.php?id=6158792496420 ▫️ Instagram: bagdod_tumani_hokimligi ▫️ Telegram: @Murojaat_Bagdod_tumani
Subscribers
6 112
24 hours
4
30 days
-51
Post views
1 121
ER
18,34%
Posts (30d)
193
Characters in post
1 169
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 05:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

BAG‘DODDA XITOY INVESTORLARI ISHTIROKIDA 10 MILLION DOLLARLIK ZAVOD QURILADI
Bag‘dod tumanining sanoat salohiyatini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida navbatdagi yirik loyihaga kelishildi.
Xitoylik investorlar ishtirokida tumanda transformator va elektr uskunalari ishlab chiqarish zavodi barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
📊
Loyiha qiymati: 10 million AQSh dollari
📍
Joylashuvi: Bag‘dod tumani sanoat zonasi
🔹
Yo‘nalishi: transformatorlar va zamonaviy elektr uskunalari ishlab chiqarish
Loyihaning sanoat zonasida amalga oshirilishi mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish va zavodni qisqa muddatda ishga tushirish imkonini beradi.
Zavod faoliyati yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan investorlarni qo‘llab-quvvatlash va loyihani amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 11, 05:00
Media unavailable
9
Show in Telegram

“Namuna” mahallasida xonadonbay o‘rganishlar: kambag‘allikni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda
Bag‘dod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida xonadonbay o‘rganishlar davom etmoqda.
Tuman hokimligi ishchi guruhi, mutasaddilar va mahalla “yettiligi” hamkorligida “Namuna” MFYda o‘rganishlar o‘tkazildi.
Mahallada 2 475 nafar fuqaro istiqomat qiladi. O‘rganishlarda:
- 42 ta oila ijtimoiy reyestrda;
- 18 ta oila to‘liq davlat ta’minotida;
- 22 ta ehtiyojmand kambag‘al oila;
- 2 ta oila kambag‘allik chegarasida ekani aniqlandi.

Oilalarni barqaror daromad bilan ta’minlash, tomorqadan unumli foydalanish, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Shuningdek, Abdumansur Abdurazziqov xonadoniga tashrif buyurilib, zarur tibbiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bunday ishlar tumanning barcha hududlarida davom ettiriladi.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 11, 04:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

YIL BO‘YI QILINGAN MEHNATINGIZNI QADRLANG, PAXTADAN YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHING!
🏛
Bag‘dod tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining fermer xo‘jalik rahbarlariga MUROJAATI
Hurmatli fermer xo‘jaligi rahbarlari!
Bugun o‘ta mas’uliyatli pallaga kirdik. Paxta dalalarimizda yil davomida olib borilgan agrotexnik tadbirlar natijasida mo‘l hosil yaratildi. Uni qisqa muddatlarda sifatli va to‘liq yig‘ib olish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.
Paxta terimi mavsumida fermer xo‘jaliklariga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan keng foydalanib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermerlari kengashi tavsiyalarini inobatga olib, ishlarni to‘g‘ri va oqilona tashkil etish muhim.
Hali to‘liq yetilmagan, vazn to‘plash jarayonidagi paxtani terib olishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shoshqaloqlik bilan terimni erta boshlash yillik mehnat samarasiga salbiy ta’sir qiladi.
G‘o‘zada yashil barglar va yetilayotgan ko‘saklar mavjud bo‘lsa, dala hali terimga to‘liq tayyor emas. Shu bois defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini agrotexnik talablar asosida, o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, hosilning to‘liq yetilishi uchun zarur sharoit yaratish muhim.
To‘g‘ri agroteхnologiyaga rioya qilinsa, gektaridan qo‘shimcha 10–20 sentnergacha paxta olish imkoniyati mavjud. Bu esa mo‘ljallangan 50–60 sentner o‘rniga 70–80 sentner hosil olish uchun puxta zamin yaratadi.
Aziz fermerlar!
Defoliatsiya va desikatsiyadan keyin «paxtaning vazni oshadi» degan maqsadda dalalarni sug‘orish noto‘g‘ri yondashuvdir. Bu g‘o‘zaning qayta ko‘karishiga, yangi barglar chiqarishiga va hosilning yetilish jarayoni kechikishiga olib kelishi mumkin. Terimga tayyorlangan dalalarda agrotexnik talablarga qat’iy rioya qilish zarur.
💡
Mirishkor va fidoyi fermerlar! Quyidagi 8 ta muhim qoidaga amal qiling:
1️⃣
Dalani ko‘zdan kechiring
— paxta dalalarini to‘liq pishirib, terimga puxta tayyorlang.
2️⃣
Sifatli agrotadbir o‘tkazing
— defoliatsiya va desikatsiya ishlarini sifatli tashkil eting.
3️⃣
Sug‘orishni to‘xtating
— desikatsiyadan keyin dalalarni asossiz sug‘ormang.
4️⃣
Shoshilmang
— hosil to‘liq yetilmasdan terimni boshlamang.
5️⃣
Tayyorlikka ishonch hosil qiling
— g‘o‘zapoya qurimagan, yashil barglar mavjud dalalarda terimga tushmang.
6️⃣
Namlikdan asrang
— terimga tayyor dalalarni sug‘ormang.
7️⃣
Texnikani shaylang
— paxta terish mashinalari bilan terim uchun dalalarni zarur holatga keltiring.
8️⃣
Qonunchilikka amal qiling
— yig‘im-terimni mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya qilgan holda tashkil eting hamda har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanmang.
Qadrli fermerlar!
Paxta xomashyosini qabul qilish jarayonida noxolis munosabat yoki asossiz chegirmalar qo‘llanilganda Kengash mutaxassislari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda murojaatlaringizni ko‘rib chiqib, manfaatlaringizni himoya qiladi.
Barchangizni mavsumni yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etib, yil davomida qilingan mashaqqatli mehnatingizni qadrlagan holda, paxtani to‘liq pishirgandan keyin terib olishga chaqiramiz. Bu orqali xarajatlaringizni qoplab, yuqori daromad olishga erishasiz.
Xirmoningizga baraka tilaymiz, aziz fermerlar!
Bag‘dod tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

September 10, 16:04
Media unavailable
4
Show in Telegram

“ITTIFOQ” MFYDA SUV TOSHQINLARINING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR BELGILANDI
Bag‘dod tumani hokimi
Maqsadjon Isaqov
“Ittifoq” MFY faollari bilan uchrashib, mahalla hududidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda mahalla hududidan o‘tuvchi Samarqand arig‘ining o‘zanini tozalash va kovlash, uning suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish orqali ariqning suv o‘tkazish imkoniyatini oshirish, yog‘ingarchilik va suv sathi ko‘tarilgan paytlarda toshqinlarning oldini olish, aholi xonadonlari hamda hudud infratuzilmasini asrash ko‘zda tutilmoqda.
Mas’ullarga Samarqand arig‘ini tartibga keltirish, zarur ishlarni tezkor tashkil etish hamda hududdagi suv bilan bog‘liq muammolarning oldini olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 10, 16:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

ISLOMOBODDA SAVDO UCHUN ZAMONAVIY SHAROIT YARATILMOQDA
Bag‘dod tumani hokimi
Maqsadjon Isaqov
“Islomobod” dahasining Soy bo‘yi ko‘chasida tadbirkor Abdurashid Sirojiddinov tomonidan barpo etilgan, 24/7 ish rejimida faoliyat yuritishga mo‘ljallangan savdo shoxobchalarini ko‘zdan kechirdi.
Savdo do‘konlari tadbirkorlar faoliyatini boshlashi uchun tayyor.
Loyiha ko‘chalardagi tartibsiz va noqonuniy savdo rastalarini bosqichma-bosqich tartibga keltirib, tadbirkorlar uchun zamonaviy va qulay savdo nuqtalarini yaratishga qaratilgan.

Savdo faoliyatining belgilangan joylarga ko‘chirilishi ko‘cha va yo‘l bo‘ylaridagi tartibsizliklarning oldini olish, piyodalar uchun qulaylik yaratish hamda avtomobillar harakatidagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Hokim tomonidan hududdagi savdo faoliyatini tartibli tashkil etish va loyiha natijadorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 10, 15:14
Media unavailable
10
Show in Telegram

#FOTONIGOH
Bag‘dod tumanida tuman hokimi
Maqsadjon Isaqov
hamda IIB boshlig‘i
Faxriddin Hayitov
ishtirokida 130 nafardan ziyod faol va iqtidorli yoshlar, maktab maslahatchilari hamda sportchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 10, 15:13
Media unavailable
10
Show in Telegram

#YOSHLAR_KUNI
Bag‘dod tumanida tuman hokimi M.Isaqov hamda IIB boshlig‘i F.Hayitov ishtirokida 130 nafardan ziyod faol va iqtidorli yoshlar, maktab maslahatchilari hamda sportchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning IT, innovatsiya va sportdagi yutuqlari e’tirof etildi. Jumladan, 2-IDUM o‘quvchisi Fayzrahmon Xalilov yaratgan mini-platforma, maktab maslahatchisi X.G‘ulomjonova ishlab chiqqan “
kasb.uz
” sayti hamda 2-maktab o‘quvchisining "Aqilli issiqxona"ni takomillashtirish taklifi bildiridi.
Yoshlar murojaatlari ham joyida ko‘rib chiqildi. Shashka bo‘yicha viloyat bosqichi sovrindori I.Sherboyev uchun zarur jihozlar masalasi ko‘rib chiqiladigan, 51-maktab sport maydonchasiga darvoza o‘rnatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, tuman sport maktabiga kompyuterlar ajratilishi, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish belgilandi.
Tuman hokimi mas’ullarga yoshlar murojaatlari bo‘yicha qog‘ozda emas, amalda natija ko‘rsatish vazifasini yukladi.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 10, 09:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

KIBERXAVFSIZLIK – RAQAMLI DAVRNING MUHIM TALABI
Bag‘dod tuman sudi sudyalari aholini kibertahdidlardan ogoh bo‘lishga chaqiradi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Shu bilan birga, internetdagi firibgarlik va kiberhujumlar ham ortib bormoqda.
Eng ko‘p uchraydigan tahdidlar:
• Fishing — soxta havolalar va xabarlar orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritish;
• Zararli dasturlar — qurilmalar va akkauntlarga zarar yetkazish;
• Ijtimoiy muhandislik — ishonchga kirib, shaxsiy yoki bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish.
O‘zingizni himoya qilish uchun:
• murakkab parollardan foydalaning;
• ikki bosqichli himoyani yoqing;
• shubhali havola va fayllarni ochmang;
• bank karta va shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermang;
• qurilma va dasturlarni muntazam yangilang;
• muhim ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlang.
Raqamli savodxonlik — kiberxavfsizlikning muhim garovi.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati

September 10, 08:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toshkent–Andijon–Toshkent yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezd qatnovi
yo‘lga qo‘yildi.
Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mediatur tashkil etildi. Tadbir davomida temir yo‘l sohasida, xususan, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-391-son qarorida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Qaror ijrosi doirasida rejadagi 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdning 3 tasi mamlakatimizga olib kelindi.
Shu jumladan, Xitoydan olib kelingan 2 ta “CRRC-Dalian” tezyurar elektropoyezdning biri 9-sentabrdan Xiva–Buxoro–Xiva yo‘nalishida qatnay boshladi. 10-sentabrdan esa ikkinchi elektropoyezd ilk bor Toshkent–Andijon–Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
730/729-sonli elektropoyezd mazkur yo‘nalishda amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga yo‘lga qo‘yildi. 730-sonli Toshkent–Andijon poyezdi har kuni soat 09:20 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanib, Angren, Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon vokzallarida to‘xtaydi. Poyezd soat 13:35 da Andijonga yetib boradi. Safar davomiyligi 4 soat 15 daqiqani tashkil etadi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 10, 08:16
Media unavailable
10
Show in Telegram

BAG‘DODDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILMOQDA
Bag‘dod tumani hokimligi binosida tadbirkorlar, biznes vakillari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Unda Respublika ishchi guruhi vakili S.Muhammedovich, Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M.Ubaydullayev, Bag‘dod tumani hokimi M.Isaqov, shuningdek, viloyat va tuman darajasidagi tegishli tashkilotlar hamda banklar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar, kredit va moliyaviy xizmatlar, yer va bino ajratish, infratuzilma, soliq, ruxsatnomalar, eksport-import hamda investitsiyaviy loyihalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinmoqda.
Tadbir davomida tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✍️
Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati