
Bilimni baholash agentligi
Haftaning eng muhim voqealari: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Raqamli iqtisodiyotda 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Qashqadaryoda – umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 161 ta loyiha.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Mámleketlik xatkeri Marko Rubio menen strategiyalıq sheriklikti rawajlandırıw máselelerin dodaladı. Sanlı ekonomikada 2030-jılǵa shekem jáne 500 mıń jumıs ornın jaratıw wazıypası qoyıldı. Qashqadáryada ulıwma bahası 6 milliard dollardan aslam bolǵan 161 joybar
—
Главное за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев обсудил с Госсекретарем США Марко Рубио развитие стратегического партнерства. Поставлена задача создать еще 500 тысяч рабочих мест в цифровой экономике к 2030 году. В Кашкадарье – 161 проект общей стоимостью свыше 6 миллиардов долларов.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev discussed the development of the strategic partnership with U.S. Secretary of State Marco Rubio. A target has been set to create an additional 500,000 jobs in the digital economy by 2030. In Kashkadarya Region, 161 projects worth more than $6 billion are planned.
Facebook
|
Instagram
|
X
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 452 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
‼️
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
📆
Ma’lumki, 2026-yil
24–26-oktyabr
kunlari barcha hududlarda
ona tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✅
Ushbu imtihon uchun test materiallari
amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida
tayyorlangan.
📝
Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim.
📌
Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo
6 oydan so‘ng
kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda
yangi alifbodan emas,
amaldagi alifbodan foydalaniladi
.
📝
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi!
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Sertifikat_natija
Musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari
🗓
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi
🆔
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹
65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹
55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹
46 - 49,9 ball — C daraja.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Milliy_sertifikat
📣
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!
✅
Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari uchun
milliy sertifikat malaka imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🆔
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha
milliy sertifikat imtihonlariga
ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –
my.gov.uz
orqali amalga oshiriladi.
💼
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
‼️
Eslatib o‘tamiz
:
✅
Imtihon natijalariga ko‘ra talabgorlarga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+ va C darajali milliy sertifikatlar beriladi;
✅
B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga lavozim maoshining 15 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
🌐
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://my.gov.uz
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Sayyor_qabul
#Yoshlar_kuni
Farg‘onada Agentlik direktorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
😎
Bugun, 22-oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida Agentlik direktori Madjit Malikovich Karimov hamda fuqarolar, yoshlar, o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish, rahbar bilan yoshlarning ochiq muloqoti tashkil etildi.
👥
Uchrashuv davomida ishtirokchilarni qiziqtirayotgan masalalar, xususan, ta’lim tizimi va jarayonlariga oid yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, bilim va malakalarni baholash, sertifikatlash, imtihonlarni tashkil etish hamda test sinovlari bilan bog‘liq savollar muhokama qilindi. Ularning murojaatlari tinglanib, taklif va fikr-mulohazalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumot va tushuntirish oldilar.
📚
Shuningdek, rahbarning yoshlar bilan tashkil etilgan ochiq muloqotida ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, imtihon jarayonlari, IT va sunʼiy intellektni rivojlantirish, kreativ iqtisodiyot, raqamli industriya kabi kelajak kasblarini egallash borasida fikrlar almashildi.
👥
Mazkur sayyor qabul hamda rahbar va yoshlar uchrashuvi ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi
📌
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2026-yil 19-oktyabrdagi PQ–380-son qarori qabul qilindi.
🇺🇿
Qaror bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etishning
asosiy yo‘nalishlari, tashkiliy tuzilmasi hamda tizim oldidagi ustuvor vazifalar
belgilandi.
🎓
Qarorga muvofiq, ta’limning barcha bosqichlarini qamrab olgan yagona
davlat siyosatini amalga oshirish, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirish, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda ta’lim tizimida samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish
nazarda tutilgan.
Shuningdek, qaror bilan:
🧑💻
aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish maqsadida
“Call-markaz”
;
➡️
aholi hamda ta’lim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlash, ta’lim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida
qayta aloqa tizimi
.
👥
Ta’lim va ilm-fan vaziri huzurida ta’lim oluvchilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va ish beruvchilar vakillaridan iborat
Ta’lim bo‘yicha jamoatchilik kengashi
tashkil etiladi.
🏛️
Vazirlik hay’ati
vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan
15 nafar
a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
💼
Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga
2027-yil 1-fevralga qadar
xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati beriladi.
Bundan tashqari:
🎓
Prezident Administratsiyasi huzurida
Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasini ishlab chiqish
bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etiladi;
🎓
Vazirlik huzurida
Inson kapitalini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim va ilm-fan bo‘yicha strategik tadqiqotlar va baholash markazi
tashkil etiladi;
😎
Vazirlik huzurida
Bilim va malakalarni baholash agentligi
tashkil qilinmoqda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika ta’lim markazi faoliyati
tugatilmoqda.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Ziroat Mirziyoyeva xalqaro nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi
“Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yo‘lida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga
onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun nufuzli xalqaro mukofotni
topshirdi
.
Mazkur mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik va yuksak yutuqlar uchun beriladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
The Scientific-Educational Practical Center is pleased to announce the launch of the Uzbek language proficiency examination for foreign citizens.
The examination is conducted for the following proficiency levels:
A1, A2, and B1
, providing candidates with the opportunity to officially confirm their level of
Uzbek language competence
in accordance with approved standards.
📝
Registration is now open and will continue until
November 16
🗓
Examination date:
November 18
🕙
Time:
10:00 AM
Applicants must complete their registration online via the official platform:
uzpro.uzbmb.uz
We encourage all interested candidates to register within the deadline and take advantage of this opportunity to obtain an officially recognized Uzbek language proficiency certificate.
✔️
Official Pages of the Scientific and Educational Practical Center:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube