
BBA| Namangan viloyati bo'limi
Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan
tanishdi.
Eʼtirof etib o‘tilganidek, markaz talabalar xavfsizligini taʼminlash, hududdagi ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida kuzatish, davomatni nazorat qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks tizim sifatida faoliyat yuritadi.
Markaz 17 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu turli maʼlumotlarni yagona raqamli platforma orqali tezkor tahlil qilish va vaziyatga qarab zarur choralar koʻrish imkonini beradi.
Ushbu tajribani respublikadagi boshqa talabalar turar joylarida ham joriy etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
📆
2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha
bo‘lib o‘tishi beigilangan
chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔
Imtihon natijalari
my.gov.uz
saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz
sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida
my.gov.uz
sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
📣
DIQQAT! E'LON!
🏢
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari
tashkil etilmoqda
🗓
iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari
17- sentabr
sanasida bo‘lib o‘tadi
🗓
Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗
https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2026-yil
15- sentabr
soat 9:00 ga qadar
📍
Imtihon :
Toshkent shahrida
☎️
Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
🎓
Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
hamda
College Board
hamkorligida
2026-yil 12-oktabr
kuni
College Board SAT | AP Day
xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🤝
Tadbir davomida:
✅
SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
✅
xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
✅
ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.
📅
Sana:
12-oktabr, 2026-yil
🕘
Vaqti:
09:00
📍
Manzil:
Azimut Grand Hotel, Toshkent
📝
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:
https://shorturl.at/MFfKM
💪
Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
#OnlaynTest
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha
test sinovlari o‘tkazildi
📆
2026-yil 10-avgust kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
⛳
Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🧑💻
Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✅
Test sinovida 48
0
nafar talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 111 nafari belgilangan talabni bajardi.
🎧
Eslatma:
xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin:
🕊
@NostrifikatsiyaBBA_bot
https://t.me/NostrifikatsiyaBBA
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Sayyor_qabul
#Yoshlar_kuni
Samarqandda sayyor qabul va yoshlar bilan ochiq muloqot tadbirlari
🌙
2026-yil 10-sentyabr kuni Samarqand viloyatida fuqarolar va yoshlar bilan bevosita muloqotga qaratilgan sayyor qabul hamda ochiq suhbatlar tashkil etildi.
😎
Mazkur tadbirlar Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i
o‘rinbosari
Baratov Akmal Avdumajitovich
ishtirokida boʻlib oʻtadi.
🔶
Tadbirlarning asosiy maqsadi — hududdagi fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, murojaatlarni bevosita eshitish va mavjud muammolar yuzasidan amaliy yechimlar izlash.
🔶
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilish, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga mutaxassislardan javob olish hamda takliflarini bildirdilar.
👥
Yoshlar bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlarda esa ularning fikrlari, tashabbuslari va takliflariga alohida e’tibor qaratiladi. Ta’lim, imtihon jarayonlari, bilim va malakalarni baholash hamda yoshlarning kelgusidagi imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
📝
Umuman, uchrashuvlar orqali hududlarda mavjud muammolarni chuqurroq anglash, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash uchun zarur takliflarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
“Yoshlar kuni” — ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar sari qadam!
Bilimni baholash agentligining Namangan viloyati bo‘limida
yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot
bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bo‘lim bosh mutaxassisi
Mirtojiyev Miroqil
test sinovlarining shaffofligi, OTMga kirishdagi imtiyozlar va sertifikat tizimi haqida ma’lumot berdi.
✅
Shuningdek uchrashuvda davomida:
✔️
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi
“Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 411-son qarorining mazmun-mohiyati;
✔️
Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
✔️
Mustaqilligimizning 35 yilligi davomida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar uchun yaratilayotgan yangi istiqbollar:
✔️
test sinovlarining
shaffof, xolis va adolatli
tashkil etilishi haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
⚖️
Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va bu borada har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.
🎤
Tadbirlar davomida, yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha va asosli javob berildi.
👥
Mazkur uchrashuvlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirish hamda kelajakka ishonch bilan odimlashlariga mustahkam zamin yaratadi.
✍️
@bbanamangan
#Milliy_sertifikat
DIQQAT, E'LON!
Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
✍️
imtihonning yozma qismi — 13-14-sentyabr kunlari;
🎙
gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 15-sentyabrdan 25-sentyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
🆔
Talabgorlar
my.gov.uz
saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
⏰
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⛳️
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/chet-tili-09-10-4
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Sayyor_qabul
#Yoshlar_kuni
Navoiy viloyatida fuqarolar va yoshlar bilan uchrashuv
📆
2026-yil 9-sentyabr kuni Navoiy viloyatida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Boboyev Orzikul Mirzoyevich hamda murojaatlar mualliflari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar ishtirokida sayyor qabul va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📝
Mazkur tadbir davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilindi va ko‘tarilgan har bir masala joyida ko‘rilib, batafsil o‘rganib chiqildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga davlat dasturlari, oliy ta’lim olish, milliy sertifikatlash tizimi, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dolzarb, izchil islohotlar samarasi, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi bilan yoshlarning zamonaviy tahsil olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar, ularga doir asoslovchi hujjatlar mazmun-mohiyati, ta’limni rag‘batlantirish omillari, sunʼiy intellekt imkoniyatlari, raqamlashtirishning taraqqiyot shartlaridan ekanligi xususida tushuntirishlar berildi.
👥
Shuningdek, tadbirning keyingi qismida umumta’lim o‘quv dargohlarining bitiruvchilari, o‘qituvchilar va yoshlar bilan samimiy suhbat va ochiq muloqot tashkil etildi.
🧑💻
Qabul davomida o‘qituvchilarning test tizimi, bilim va malakalarni baholashga doir takliflari o‘rganildi hamda yechim yuzasidan birgalikda tahlil qilindi.
🤝
Yoshlarga Yangi O‘zbekiston yoshlarining huquq va burchlari, ular uchun ko‘zda tutilgan maqsadlar, imkoniyatlar va loyihalar bo‘yicha muhim huquqiy ma’lumotlar berildi. Navoiy viloyati yoshlarining bilimga, zamonaviy kasblarni egallash yo‘lidagi intilishi, sa’y-harakati e’tirof etilib, taʼlim sohasida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishlariga ishonch bildirildi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube