Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bellashuv.uz

bellashuvuz
Bellashuv.uz saytining telegramdagi kanali. Barcha yangiliklarni birinchilardan bo'lib telegramdan chiqmagan holda xabardor bo'ling. Admin: @mansurjon1112
Subscribers
1 070
24 hours
10
30 days
-40
Post views
786
ER
65,42%
Posts (30d)
3
Characters in post
663
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 09, 11:40

ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI TEST SAVOLLARI
🤩
Joriy o‘quv yilgi
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi
boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
⚡️
Shu munosabat bilan Markaz tomonidan 2024/2025-o‘quv yilidagi Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichida fanlar kesimida ishtirokchilarga taqdim etilgan
TEST SAVOLLARini
e'tiboringizga havola etamiz:
➡️
Ona tili va adabiyot - test savollari,
➡️
Qozoq tili va adabiyot - test savollari ,
➡️
Qoraqalpoq tili va adabiyot - test savollari,
➡️
Rus tili va adabiyot - test savollari,
➡️
O‘zbek tili - test savollari,
➡️
Tarix - test savollari,
➡️
Geografiya - test savollari,
➡️
Davlat va huquq asoslari - test savollari
➡️
Kimyo - test savollari
➡️
Fizika - test savollari
➡️
Biologiya - test savollari

February 27, 16:44

February 27, 16:42

February 03, 17:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Millionlab o’zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan bo’lishi mumkin Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yo’li bilan olingan ma’lumotlar darknetga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda aytilishicha, davlatning asosiy autentifikatsiya…

February 03, 17:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Millionlab o’zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan bo’lishi mumkin
Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yo’li bilan olingan ma’lumotlar darknetga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda aytilishicha, davlatning asosiy
autentifikatsiya tizimi bo‘lgan OAuth serveri buzib kirilgan
va 15 millionga yaqin foydalanuvchiga oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Ayrim manbalarda raqam bundan kamroqligi aytilmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilayotgani va bu bo’yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini
bildirdi.
“Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o'z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz”, – deya qo’shimcha qilinadi xabarda.

Qo’shimcha ma’lumot:
ushbu ma’lumotlar aholini va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish
census.stat.uz
saytidan olingani haqidagi
mish-mishlar noto’g’ri.
OAuth autentifikatsiya serveri umuman boshqa tizim bo’lib, undan bir nechta davlat tashkilotlari o’z tizimlarida foydalanuvchilarning shaxsini aniqlashda foydalangan.

Endi nima qilish kerak?
1️⃣
Imkoni bo’lsa, davlat tashkilotlari tizimiga, ayniqsa OneID tizimiga kirishdagi parolingizni almashtiring.
2️⃣
Bundan keyin 15 mln o’zbekistonlikning ma’lumotlarini sotib olgan
firibgarlarning kiberhujumi karrasiga oshib ketishi
kutilmoqda. Eng yomoni endi firibgarlar siz haqingizdagi juda ko’p shaxsiy ma’lumotlarni biladi va uni o’zingizga ham aytishadi.
Shu sababli, mabodo sizga kimdir telefon qilib, bankdanman, tergovdanman, vazirlikdanman desa va nimadir qilishni talab qilsa (ayniqsa, SMS-kodni aytishni),
ishonmang.
Sizning shaxsingiz haqidagi ma’lumotlarni to’liq aytishsa ham
ishonmang
. Voy, men haqimda shuncha narsani bilarkan, demak, rostdan ishonchli odam deb o’ylamang.
Xullas, o’zingizni ehtiyot tuting.
Yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Telefon qo’ng’iroqlari yoki Telegram yozishmalariga aldanib qolishmasin.
👉
@xushnudbek
👈

December 18, 04:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

emaktab.uz
saytiga 2-chorak baholarini qo'yish

December 08, 02:19

🇺🇿
Aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar!
Bugun,
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Asosiy Qonunimiz — yurtimiz taraqqiyoti, barqarorligi va fuqarolar farovonligining mustahkam poydevoridir. Konstitutsiyamiz ta’lim sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar, teng imkoniyatlar va sifatli ta’limni ta’minlashda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ta’lim sifatini oshirishda ustoz va murabbiylarimizning fidoyiligi, mehnati va mas’uliyatli xizmatini alohida e’tirof etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, ishlaringizda rivoj va yangi marralarni tilaymiz!
🎓
Bugun imtihonga kirayotgan barcha
informatika ustozlariga
— xususan IC3 imtihoni ishtirokchilariga
ulkan omad!
Imtihonlaringiz yengil, natijalaringiz esa quvonchli bo‘lsin. Ilohim yuzimiz yorug‘ bo‘lsin!
Aytishadiku, "Imtihon biz uchun bayram!" deb.
😊
Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi birligimiz, hamkorligimiz va ilmga bo‘lgan intilishimiz bardavom bo‘lsin!
🇺🇿

Informatika PRO

December 04, 17:30

❗️
Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til
28-dekabrdan
(boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan)
boshlanadi.
Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari
2026-yil 12-yanvar, dushanba
kunidan
boshlanadi.
👉
@xushnudbek
👈

November 25, 18:14

FAN OLIMPIADASI 2025 VILOYAT BOSQICHI
TOPSHIRIQLARI

INFORMATIKA — 11-SINF
— DASTURLASH

INFORMATIKA — 10-SINF
— DASTURLASH

INFORMATIKA — 9-SINF
— DASTURLASH

MATEMATIKA — 11-SINF
— YOZMA ISH va TEST

MATEMATIKA — 10-SINF
— YOZMA ISH va TEST

KIMYO — 10-SINF
— YOZMA ISH va TEST

KIMYO
— 9-SINF
— YOZMA ISH

BIOLOGIYA — 11-SINF
— YOZMA ISH va TEST

BIOLOGIYA — 10-SINF
— YOZMA ISH

FIZIKA — 10-SINF

YOZMA ISH va TEST

FIZIKA
— 9-SINF
— YOZMA ISH va TEST
(Xabar tahrirlab o'tkazilgan fanlar qo'shib boriladi)

November 02, 05:26

ASOSIY OLIMPIADANING HUDUDIY BOSQICHI OʻTKAZILADIGAN SANALARI MA'LUM BO'LDI.
⚡️
Asosiy olimpiadaning uchinchi - hududiy bosqichi 1-guruh fanlari boʻyicha reja-grafik asosida 24-29-noyabr kunlari o‘tkaziladi.