Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

beshariq_takm
Farg'ona viloyati, Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi rasmiy kanali. 🏘 Manzil: Beshariq shahri, Buloqboshi MFY, 10-uy. 🗺 https://maps.app.goo.gl/Nveu1UkQVy6Z3RjQ8 📮 E-mail: beshariq_akm@natlib.uz 🙋 @Zakaz_akm_bot - admin bilan bog‘lanish uchun.
Subscribers
1 472
24 hours
-1
30 days
-14
Post views
32
ER
2,17%
Posts (30d)
129
Characters in post
688
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 28, 00:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Farg‘onada "Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 29–31-oktabr kunlari Marg‘ilon shahridagi "Vodiy gavhari" — "Burhoniddin Marg‘inoniy" ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida "Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik" shiori ostida "Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tadi.
Festivalda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tatariston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Belarus va boshqa mamlakatlardan tashrif buyuradigan yozuvchi va shoirlar, yurtimizning taniqli adabiyot namoyandalari hamda TURKSOY vakillari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida mamlakatimizning yirik markaziy nashriyotlari, xorijiy nashrlar hamda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan nashriyotlar tomonidan kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni, sevimli shoirimiz Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab, turk tilida nashr etilgan "So‘z latofati" kitobining taqdimoti shoir nomidagi Marg‘ilon shahridagi ijod maktabida o‘tkaziladi.
Farg‘ona davlat universitetida esa "Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik" shiori ostida mahalliy va xorijiy ijodkorlarning talabalar bilan ijodiy uchrashuvlari tashkil etiladi.
Adabiyot va do‘stlik bayrami, so‘z va badiiyat ayyomiga marhamat!
Fergana.gov.uz|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 27, 10:19
Media unavailable
6
Show in Telegram

#yoshlar_tanlovi_kelajak_poydevori
🗳️
O‘QUVCHILAR KENGASHI SAYLOVI — YOSHLAR TANLOVI, KELAJAK POYDEVORI!
🌟
📚
Beshariq tumani axborot-kutubxona markazida Beshariq tumani Kelajak markazining O‘quvchilar kengashi saylovi bo‘lib o‘tdi.
💡
Tadbir davomida o‘quvchilarning tashabbuslari va loyihalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
🗳️
Ochiq va demokratik ruhda o‘tgan saylovda ovoz berish orqali O‘quvchilar kengashi a’zolari saylandi.
🌱
Mazkur tadbir yoshlarning faolligini oshirish, ularning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jamoat ishlaridagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.
✨
Faol yoshlar — yurt kelajagi!

October 27, 09:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 08:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ruhiyat
Xayot saboqlari
CHarli CHaplin 88 yil yashagan edi. U bashariyatga yetkazmoqchi bo'lgan oxirgi so'zlarini qog'ozga yozib qoldirgan ekan. Mana o'sha so'zlar (tarjima)
- Dunyoda xech narsa mangu emas, xatto muammolarimiz xam.
- Men yomg'ir ostida sayr qilishni sevaman, chunki yomg'irda mening ko'z yoshlarimni xech kim sezmaydi.
- Inson uchun eng yo'qotilgan kun bu uning kulmagan kunidir.
- Dunyoning eng zo'r oltita tabibi bular......... Quyosh, xordiq, dieta (parxez va ro'za), mashq, do'stona suxbat va samimiy kulgudir. Umringizning barcha pog'onalarida shulardan doimoy foydalaning va xayotdan zavqlaning.
- Oyga qarasangiz xudoning go'zalligini ko'rasiz, quyoshga qarasangiz esa xudoning kuch-qudratini.
- Agar oynaga qarasangiz xudoning san'atini ko'rasiz, shuning uchun unga ishoning.
- Xayot bu bor yo'g'i sayoxatdir! SHuning uchun bugun yashang! CHunki ertaga bo'lmasligi xam mumkin
.

October 27, 05:07
Media unavailable
4
Show in Telegram

#davra_suhbati
INSON HUQUQLARI — ERKIN VA FAROVON HAYOT ASOSI
📚
📖
Beshariq tumani axborot-kutubxona markazida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, inson huquqlari va erkinliklari borasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
🤝
Tadbirda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Beshariq tuman Kengashi raisi U. Yo‘ldoshev hamda tuman adliya bo‘limi mutaxassisi ishtirok etib, yoshlar bilan inson huquqlari, qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va burchlari mavzularida suhbat olib bordilar.
💬
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🌟
Inson qadri — oliy qadriyat! Huquq va erkinliklar — farovon hayot kafolati!

October 27, 03:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kun_hikmati
Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda o‘qilgan kitob…
— bu shunchaki mutolaa emas.
Bu —
ichingizdagi sukut bilan suhbat,
yuragingizdagi bo‘shliqni to‘ldiradigan lahza.
Tomchilar derazaga urilar ekan,
siz sahifalar orasida yo‘qolasiz…
Va birdan tushunasiz:
ba’zi hikoyalar o‘qilmaydi —
ular his qilinadi.

October 26, 10:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

​
#to
‘garak_faoliyatidan​
✨
Beshariq tumani axborot-kutubxona markazida «Kitobsevarlar» klubi a’zolari ishtirokida atoqli yozuvchi Gʻafur Gʻulomning sevimli va mashhur «Shum bola» asari yuzasidan qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.​
🤝
Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida ishtirokchilar quyidagi mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar:​
📖
Asarning mazmun-mohiyati va bosh qahramonning sarguzashtlari;​
🧠
Shum bolaning topqirligi, zukkoligi va hayot sinovlariga bo‘lgan matonatli munosabati;​
🏛️
Asarda mahorat bilan ochib berilgan davr muhiti hamda xalqimizning o‘sha davrdagi turmush tarzi;​
💖
Asar zaminidagi ezgulik va insonparvarlik g‘oyalari.​
💡
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi!

October 26, 08:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kitobdan_parcha
📕
Haruki Murakami — “Norveg o‘rmoni”
“Agar inson o‘zini yolg‘iz his qilsa, bu uning yolg‘iz ekanini anglatmaydi.”
Ba'zan atrofingizda o‘nlab odamlar bo‘ladi.
Lekin baribir ichingizda nimadir yetishmayotgandek tuyuladi.
Bunday paytda o‘zingizni “noto‘g‘ri” deb hisoblamang.
Insonning ichki dunyosi boshqalarga ko‘rinmaydi.
Sizning jimligingizni hamma tushunishi shart emas.
Muhimi — o‘zingizni tushunishni boshlashingiz.
🌿
📚
Balki ba'zi javoblarni odamlar orasidan emas, o‘zingizdan izlash kerakdir.

October 26, 06:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
📝
O‘zbekiston Respublikasining
"Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”
gi qonuni qabul qilindi.
🔰
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf
va
1 ta tutuq belgisi
dan iborat
o‘zbek alifbosi
joriy etiladi.
☑️
Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g,
Ğ ğ
H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o,
Ö ö
P p, Q q, R r, S s,
Ş ş
Ç ç
T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va
(tutuq belgisi).

October 26, 05:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

#motivatsiya
Vaqt judayam tez o‘tmoqda!
Bugun vaqt bo‘lmaydi, ertaga kuch bo‘lmaydi, indinga balki o‘zimiz bo‘lmasmiz...
Hech narsani ertaga qoldirmang.
Hozirdan harakat qiling! Boshlang, vaqti allaqachon kelgan. Hozir kech emas. Hammasini uddalash mumkin!