Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BFAUZ

bfauz
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz
Subscribers
11 496
24 hours
53
30 days
566
Post views
3 735
ER
32,49%
Posts (30d)
67
Characters in post
2 482
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 11, 05:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

📣
ОБЪЯВЛЕНИЕ!
Сделайте уверенный шаг навстречу своему будущему — станьте обладателем международного диплома!
🎓
Продолжается приём документов на совместную магистерскую программу Академии банковского и финансового дела Республики Узбекистан и престижного российского Национального исследовательского университета «Высшая школа экономики» (НИУ ВШЭ).
🌍
Вас ждут образование, признанное во всём мире, международный опыт и возможность стать высококвалифицированным специалистом.

Преимущества программы:

Дипломы двух университетов;
🎓
По итогам успешного завершения программы выпускникам выдаются дипломы о присвоении степени магистра по следующим специальностям:
🇺🇿
Академии банковского и финансового дела Республики Узбекистан — по специальности «Финансы»;
🇷🇺
Национального исследовательского университета «Высшая школа экономики» — по специальности «Финансы и кредит».

Возможность получить диплом престижного университета, входящего в ТОП-500 лучших университетов мира;

Возможность пройти практику и стажировку в ведущих организациях Узбекистана и России;

Получение знаний и навыков, обеспечивающих конкурентоспособность на международном рынке труда.
Требование:
наличие диплома бакалавра по специальности «Экономика».
Порядок проведения вступительных испытаний: на основе собеседования и тестирования.
1-й этап:
мотивационное письмо и эссе.
2-й этап:
тест по русскому языку (тест проводится Агентством по оценке знаний и навыков).
⚠️
При наличии сертификата, подтверждающего знание русского языка на уровне B2 и выше, сдавать тест по русскому языку не требуется.
Срок обучения:
2 года.
Стоимость обучения:
32,5 млн сумов за 1 год.
💻
Кандидаты, желающие поступить в магистратуру, могут подать заявление в приёмную комиссию через сайт
admission.bfa.uz
.
❗️
Документы принимаются в онлайн-формате до
12 сентября 2026 года
включительно через платформу
admission.bfa.uz
.
❗️
Более подробную информацию о программе можно получить по ссылке.
👉
Распространите эту новость!
📣
EʼLON!
Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — xalqaro diplom sohibi bo‘ling!
🎓
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE) ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul davom etmoqda!
🌍
Dunyoda e’tirof etilgan ta’lim, xalqaro tajriba va yuqori malakali mutaxassisga aylanish imkoniyati sizni kutmoqda.

Dasturning ustunliklari: Ikki universitetning diplomi;
🎓
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi:
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining “Moliya” mutaxassisligi
🇷🇺
“Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik diplomlari beriladi.

Jahonning Top-500 talik nufuzli universiteti diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati;

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tashkilotlarida amaliyot va stajirovka;

Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalar.
Talablar:
Bakalavr diplomi mutaxassisligi iqtisodiyot bo‘lishi lozim.
Qabul sinovlari tartibi: Suhbat va test asosida
1-bosqich:
motivasion xat va essey
2-bosqich:
rus tili fanidan test (Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test olinadi)
⚠️
Agar B2 va undan yuqori rus tilini bilish bo‘yicha sertifikati bo‘lsa test topshirmaydi.
O‘qish muddati:
2 yil
Shartnoma (Kantrakt) puli
:  1 yil uchun 32 million 500 ming so‘m
💻
Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga
admission.bfa.uz
sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.
❗️
Hujjatlar
2026-yil 12-sentyabrgacha
(shu kuni ham)
https://admission.bfa.uz/
platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
📲
Batafsil ushbu
👉
havola orqali tanishing.
👉
Xabarni tarqating!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 10, 18:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

📣
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO‘YICHA TEST NATIJALARI E’LON QILINDI!
🗓
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
2026 yil 5 sentyabr kun
i O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari natijalari ma’lum bo‘ldi.
Test sinovlarida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalari, shuningdek, o‘qishga tavsiya etilganlar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishlari mumkin:
👉
Kunduzgi ta’lim shakli:
👉
Kechki ta’lim shakli
:
👉
Masofaviy ta’lim shakli:
🎓
Kirish test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Bank-moliya akademiyasi magistraturasida tahsil olish uchun tavsiya etilgan nomzodlar uchun qabul jarayonlarini rasmiylashtirish tartibi, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, ularni topshirish muddatlari hamda boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy Telegram kanalida bosqichma-bosqich e’lon qilib boriladi.
⚠️
Eslatma:
Test natijalari va imtihon javoblarini ko‘rishda ma’lumotlarni to‘liq va qulay aks ettirish maqsadida kompyuter qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi.
👉
Barcha abituriyentlarga natijalarini tekshirish va qabul jarayonlarini belgilangan muddatlarda rasmiylashtirishlarini so‘raymiz.
👉
Xabarni tarqating!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 10, 10:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

#
YAPONIYA
#TOKIO
🇯🇵
TINGLOVCHILAR YAPONIYADA NAZARIY BILIMLARINI AMALIYOT BILAN MUSTAHKAMLAMOQDA
🎓
Ayni kunlarda
Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari
Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti
tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
🇯🇵
Dastur doirasida tinglovchilar Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyot tajribasi, zamonaviy iqtisodiy siyosati hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishmoqda. Interaktiv ma’ruzalar, amaliy seminarlar va keys-tahlillar orqali nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlanmoqda. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, innovatsion yondashuvlar, bozor tahlili, biznes modellari va investitsiyalarni jalb etish masalalari chuqur o‘rganilmoqda.
🏢
Tinglovchilar Yaponiyaning yirik kompaniya va tashkilotlarida amaliy tajriba orttirib, zamonaviy boshqaruv usullari hamda ilg‘or iqtisodiy yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda.
🏙
Mazkur xalqaro dastur tinglovchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirish hamda samarali amaliyotlarni milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🇯🇵
ТИНГЛОВЧИЛАР ЯПОНИЯДА НАЗАРИЙ БИЛИМЛАРИНИ АМАЛИЁТ БИЛАН МУСТАҲКАМЛАМОҚДА
🎓
Айни кунларда Банк-молия академияси тингловчилари
Япония Молия вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий сиёсат тадқиқотлари институти
томонидан ташкил этилган малака ошириш дастурида иштирок этмоқда.
🇯🇵
Дастур доирасида тингловчилар Япониянинг иқтисодий тараққиёт тажрибаси, замонавий иқтисодий сиёсати ҳамда таълим тизими билан яқиндан танишмоқда. Интерактив маърузалар, амалий семинарлар ва кейс-таҳлиллар орқали назарий билимлар амалий кўникмалар билан мустаҳкамланмоқда.
Шунингдек, халқаро иқтисодий ҳамкорлик, инновацион ёндашувлар, бозор таҳлили, бизнес моделлари ва инвестицияларни жалб этиш масалалари чуқур ўрганилмоқда.
🏢
Тингловчилар Япониянинг йирик компания ва ташкилотларида амалий тажриба орттириб, замонавий бошқарув усуллари ҳамда илғор иқтисодий ёндашувларни ўзлаштирмоқда.
🏙
Мазкур халқаро дастур тингловчиларнинг касбий салоҳиятини юксалтириш, илғор хорижий тажрибани ўзлаштириш ҳамда самарали амалиётларни миллий иқтисодиёт тараққиётига татбиқ этишда муҳим аҳамият касб этмоқда.
👉
Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 10, 05:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎓
QO‘SHMA MAGISTRATURA DASTURLARIGA QABUL YAKUNLANISHIGA 2 KUN QOLDI!
Xalqaro ta’lim muhitida bilim olish, nufuzli xorijiy universitetlar tajribasini o‘zlashtirish va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni istaganlar uchun muhim imkoniyat!
🇷🇺
Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning
«Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)
qo‘shma magistratura dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE) hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma magistratura dasturi zamonaviy iqtisodiy bilimlarni xalqaro akademik tajriba bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Batafsil
🇲🇾
Bank-moliya akademiyasi va Malayziyaning
Utara universiteti
qo‘shma ta’lim dasturi
Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning nufuzli Utara universiteti (Universiti Utara Malaysia) hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida tahsil olish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirish va kasbiy salohiyatni yuksaltirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Batafsil

Qabul yakunlanishiga atigi 2 kun qoldi!
Imkoniyatni keyinga qoldirmang! Zamonaviy bilim, xalqaro tajriba va yangi kasbiy istiqbollar sari bugun qadam qo‘ying.
📌
Bank-moliya akademiyasi — sifatli ta’lim va xalqaro imkoniyatlar maskani!
👉
Kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlovni bugun qiling!
❗️
Hujjatlar
2026-yil 12-sentyabrgacha
(shu kuni ham)
https://admission.bfa.uz/
platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
🎓
ҚЎШМА МАГИСТРАТУРА ДАСТУРЛАРИГА ҚАБУЛ ЯКУНЛАНИШИГА 2 КУН ҚОЛДИ!
Халқаро таълим муҳитида билим олиш, нуфузли хорижий университетлар тажрибасини ўзлаштириш ва замонавий касбий кўникмаларни ривожлантиришни истаганлар учун муҳим имконият!
🇷🇺
Банк-молия академияси ва
«Олий иқтисодиёт мактаби» Миллий тадқиқот университети (NIU VSHE)
нинг қўшма магистратура дастури
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ҳамда Россиянинг нуфузли «Олий иқтисодиёт мактаби» Миллий тадқиқот университети (NIU VSHE) ҳамкорлигида ташкил этилган қўшма магистратура дастури замонавий иқтисодий билимларни халқаро академик тажриба билан уйғунлаштириш имконини беради.
Батафсил
🇲🇾
Банк-молия академияси ва
Утара университетининг
қўшма таълим дастури
Банк-молия академияси ҳамда Малайзиянинг нуфузли Утара университети (Universiti Utara Malaysia) ҳамкорлигида ташкил этилган қўшма таълим дастури халқаро стандартлар асосида таҳсил олиш, илғор хорижий тажрибани ўзлаштириш ва касбий салоҳиятни юксалтириш учун кенг имкониятлар яратади.
Батафсил

Қабул якунланишига атиги 2 кун қолди!
Имкониятни кейинга қолдирманг! Замонавий билим, халқаро тажриба ва янги касбий истиқболлар сари бугун қадам қўйинг.
📌
Банк-молия академияси — сифатли таълим ва халқаро имкониятлар маскани!
👉
Келажагингиз учун тўғри танловни бугун қилинг!
❗️
Ҳужжатлар
2026-йил 12-сентябргача
(шу куни ҳам)
https://admission.bfa.uz/
платформаси орқали онлайн қабул қилинади.
👉
Хабарни тарқатинг!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 09, 14:23
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇰🇷
Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari Janubiy Koreyada xalqaro tajriba orttirmoqda
🎓
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilarining Janubiy Koreyadagi xalqaro stajirovkasi davom etmoqda. Mazkur stajirovka tinglovchilarning zamonaviy bank-moliya tizimi, sanoat va kapital bozori sohalaridagi ilg‘or tajribani o‘rganishi, nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishi uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
❗️
Stajirovka dasturi doirasida tinglovchilar Janubiy Koreyaning yirik sanoat va energetika kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Jumladan, Doosan Enerbility korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va korxona faoliyatini samarali boshqarish mexanizmlari haqida amaliy tasavvurga ega bo‘ldilar.
🏙
Shuningdek, tinglovchilar POSCO korxonasida bo‘lib, yirik ishlab chiqarish korxonasida zamonaviy boshqaruv, texnologik jarayonlar va sanoat taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishdilar. Bunday tashriflar nazariy bilimlarni real ish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or korporativ tajribani bevosita o‘rganish imkonini bermoqda.
Stajirovkaning yana bir muhim yo‘nalishi — Janubiy Koreyaning iqtisodiy va moliyaviy institutlari faoliyatini o‘rganishdir.
🔰
Tinglovchilar
Koreya taraqqiyot instituti (KDI)da
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, strategik rejalashtirish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar bilan tanishmoqda. Shu bilan birga,
Koreya birjasi (KRX)
hamda
Koreya qimmatli qog‘ozlar tizimini kompyuterlashtirish korporatsiyasi (KOSCOM
)ga tashriflar davomida kapital bozori, fond birjasi faoliyati, raqamli moliyaviy infratuzilma va zamonaviy axborot texnologiyalarining moliya sohasidagi o‘rni haqida amaliy bilimlar egallanmoqda.
🇰🇷
Банк-молия академияси тингловчилари Жанубий Кореяда халқаро тажриба орттирмоқда
🎓
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси тингловчиларининг Жанубий Кореядаги халқаро стажировкаси давом этмоқда. Мазкур стажировка тингловчиларнинг замонавий банк-молия тизими, саноат ва капитал бозори соҳаларидаги илғор тажрибани ўрганиши, назарий билимларини амалий кўникмалар билан бойитиши учун муҳим имконият яратмоқда.
❗️
Стажировка дастури доирасида тингловчилар Жанубий Кореянинг йирик саноат ва энергетика компаниялари фаолияти билан яқиндан танишмоқда. Жумладан,
Doosan Enerbility
корхонасига ташриф буюриб, ишлаб чиқариш жараёнлари, замонавий технологиялар ва корхона фаолиятини самарали бошқариш механизмлари ҳақида амалий тасаввурга эга бўлдилар.
🏙
Шунингдек, тингловчилар
POSCO
корхонасида
бўлиб, йирик ишлаб чиқариш корхонасида замонавий бошқарув, технологик жараёнлар ва саноат тараққиётининг ўзига хос жиҳатлари билан танишдилар. Бундай ташрифлар назарий билимларни реал иш жараёнлари билан уйғунлаштириш, илғор корпоратив тажрибани бевосита ўрганиш имконини бермоқда.
📍
Стажировканинг яна бир муҳим йўналиши — Жанубий Кореянинг иқтисодий ва молиявий институтлари фаолиятини ўрганишдир. Тингловчилар
Корея тараққиёт институти (KDI)
да мамлакатнинг иқтисодий тараққиёти, стратегик режалаштириш ва давлат иқтисодий сиёсатини шакллантириш бўйича илғор ёндашувлар билан танишмоқда.
🌇
Шу билан бирга,
Корея биржаси (KRX)
ҳамда
Корея қимматли қоғозлар тизими компютерлаштириш корпорацияси (KOSCOM)
га ташрифлар давомида капитал бозори, фонд биржаси фаолияти, рақамли молиявий инфратузилма ва замонавий ахборот технологияларининг молия соҳасидаги ўрни ҳақида амалий билимлар эгалланмоқда.
👉
Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 08, 16:02
Media unavailable
7
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi
ordeni
bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной
наградой
Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#mukofot
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 16:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 12:41
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

✍️
Yangi o‘quv yili: Bank-moliya akademiyasi oldida qanday vazifalar turibdi?
🎓
Bank-moliya akademiyasi Kengashining 1-sonli majlisida
2026/2027 o‘quv yilida ta’lim, ilm-fan va ilmiy kadrlar tayyorlash sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
❗️
Kengash majlisida Akademiyaning 2026/2027 o‘quv yili uchun ish rejasi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq qator muhim masalalar muhokama qilindi.
📚
Bugungi kunda bank-moliya tizimi jadal o‘zgarib, sohada yangi bilim, zamonaviy yondashuv va ilmiy salohiyatga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu jihatdan, Akademiyada ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik tizimini takomillashtirish strategik ahamiyat kasb etadi.
📍
Majlisda 2026-yil IV choragi uchun
PhD va DSc bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul
, doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari dasturlarini tasdiqlash, shuningdek, ilmiy izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Akademiyada ilmiy muhitni yanada rivojlantirish maqsadida
ilmiy seminarlarni tashkil etish tartibini
tasdiqlash masalasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. Bu, o‘z navbatida, ilmiy fikr va tajriba almashinuvini kuchaytirish, tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirish hamda ilmiy maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun muhim zamin yaratadi.
🏛
Majlisda
davlat xaridlarini samarali tashkil etish, xarid jarayonlarida qonuniylik, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash
, shuningdek, belgilangan talab va tartiblarga qat’iy rioya qilish masalalari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.
⚠️
Kengash majlisi yakunida Akademiyaning kelgusi faoliyati uchun aniq maqsadlar, ustuvor yo‘nalishlar va mas’uliyatli vazifalar
belgilab olindi
.
✍️
Янги ўқув йили: Банк-молия академияси олдида қандай вазифалар турибди?
🎓
Банк-молия академияси Кенгашининг 1-сонли мажлисида
2026/2027 ўқув йилида таълим, илм-фан ва илмий кадрлар тайёрлаш соҳасидаги стратегик устувор йўналишлар белгилаб олинди.
❗️
Кенгаш мажлисида Академиянинг 2026/2027 ўқув йили учун иш режаси, янги ўқув йилига тайёргарлик ҳолати, таълим жараёнини самарали ташкил этиш, илмий-тадқиқот фаолиятини ривожлантириш ҳамда юқори малакали илмий кадрлар тайёрлаш билан боғлиқ қатор муҳим масалалар муҳокама қилинди.
📚
Бугунги кунда банк-молия тизими жадал ўзгариб, соҳада янги билим, замонавий ёндашув ва илмий салоҳиятга эга мутахассисларга бўлган эҳтиёж тобора ортиб бормоқда. Шу жиҳатдан, Академияда илмий-тадқиқот фаолиятини кучайтириш, докторантура ва мустақил изланувчилик тизимини такомиллаштириш стратегик аҳамият касб этади.
📍
Мажлисда 2026 йил IV чораги учун
PhD ва DSc бўйича мустақил изланувчиликка қабул
, докторантура, таянч докторантура ва мустақил изланувчиликка кириш имтиҳонлари дастурларини тасдиқлаш, шунингдек, илмий изланувчиларнинг диссертация мавзуларини ўзбек, рус ва инглиз тилларида тасдиқлаш масалалари кўриб чиқилди.

Академияда илмий муҳитни янадв ривожлантириш мақсадида
семинарларни ташкил этиш тартиби
ни тасдиқлаш масаласи ҳам кун тартибидан ўрин олди. Бу, ўз навбатида, илмий фикр ва тажриба алмашинувини кучайтириш, тадқиқотларнинг амалий аҳамиятини ошириш ҳамда илмий мактаблар ўртасидаги ҳамкорликни кенгайтириш учун муҳим замин яратади.
🏛
Мажлисда
давлат харидларини самарали ташкил этиш, харид жараёнларида қонунийлик, шаффофлик ва очиқликни таъминлаш
, шунингдек, белгиланган талаб ва тартибларга қатъий риоя қилиш масалалари юзасидан ҳам фикр-мулоҳазалар билдирилди.
⚠️
Кенгаш мажлиси якунида Академиянинг келгуси фаолияти учун аниқ мақсадлар, устувор йўналишлар ва масъулиятли вазифалар
белгилаб олинди
.
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 08, 12:00
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

✍️
Yangi o‘quv yili: sifat va zamonaviy yondashuv — ustuvor vazifa
🎓
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 2026/2027 o‘quv yilini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
❗️
Yig‘ilishda
Akademiya rektori Elmurod Hoshimov
ta’lim jarayonini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovasion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Akademiyaning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligini jadallashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va benchmarking asosida samarali amaliyotlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🔰
Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati, dars o‘tish uslubi, kiyinish madaniyati va kasbiy etikasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Yangi o‘quv yilida ta’lim sifati, mas’uliyat, intizom va professional yondashuvni yangi bosqichga olib chiqish Akademiya jamoasining ustuvor vazifasi etib belgilandi.
✍️
Янги ўқув йили: сифат ва замонавий ёндашув — устувор вазифа
🎓
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида 2026/2027 ўқув йилини самарали ташкил этиш, таълим сифатини янада ошириш ва ўқув жараёнини замонавий талаблар асосида йўлга қўйиш масалаларига бағишланган йиғилиш ўтказилди.
❗️
Йиғилишда Академия ректори
Элмурод Ҳошимов
таълим жараёнини босқичма-босқич трансформация қилиш,
сунъий интеллект имкониятларидан самарали фойдаланиш
, инновацион ва рақамли технологияларни кенг жорий этиш, профессор-ўқитувчиларнинг касбий ва рақамли кўникмаларини ривожлантириш зарурлигини таъкидлади. Шунингдек, Академиянинг
халқаро аккредитация жараёнларига тайёргарлигини жадаллаштириш
, илғор хорижий тажрибани ўрганиш ва бенчмаркинг асосида самарали амалиётларни жорий этиш масалалари муҳокама қилинди.
🔰
Йиғилишда профессор-ўқитувчиларнинг касбий салоҳияти, дарс ўтиш услуби,
кийиниш маданияти ва касбий этикаси
га ҳам алоҳида эътибор қаратилди. Кун тартибидаги масалалар юзасидан масъулларга аниқ вазифалар юклатилиб, уларнинг сифатли ва ўз вақтида ижро этилишини таъминлаш бўйича тегишли топшириқлар берилди. Янги ўқув йилида таълим сифати, масъулият, интизом ва профессионал ёндашувни янги босқичга олиб чиқиш Академия жамоасининг устувор вазифаси этиб белгиланди.
👉
Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in

September 08, 04:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

#
Janubiy
Koreya
#
SEUL
SHAHRI
🇺🇿
🇰🇷
Koreyada xalqaro stajirovka: zamonaviy bank-moliya tajribasi va iqtisodiy taraqqiyot saboqlari
🌇
Ayni paytda
Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari Janubiy
Koreyaning "Handong Global" universiteti
tomonidan tashkil etilgan
“2026 BFA G-BEX KOREA ORIENTATION”
xalqaro stajirovka dasturida ishtirok etmoqda. Dastur doirasida tinglovchilar bank-moliya sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, moliyaviy texnologiyalar, raqamli bank xizmatlari, moliya bozorlarini boshqarish va risklarni baholashning ilg‘or usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
❗️
Stajirovkaning muhim yo‘nalishlaridan biri — Janubiy Koreyaning iqtisodiy rivojlanish tajribasini o‘rganishdir. Qisqa tarixiy davrda yuqori texnologiyalarga asoslangan va eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirgan Koreya tajribasi, innovatsiyalar, inson kapitali, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni tinglovchilar uchun muhim amaliy saboq bo‘lmoqda.
🎓
Stajirovka jarayonida tinglovchilar Koreya Respublikasining bank-moliya tizimi, zamonaviy moliyaviy institutlari, shuningdek, yirik kompaniya va korporatsiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Xususan, yirik biznes subyektlarida korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish, moliyaviy boshqaruv, investitsiyalarni jalb etish, risklarni boshqarish hamda samarali qarorlar qabul qilish mexanizmlari o‘rganilmoqda.
👤
Amaliy tashriflar va uchrashuvlar davomida tinglovchilar Koreya kompaniyalarining raqobatbardoshlikni ta’minlash, innovatsiyalarni joriy etish, zamonaviy boshqaruv texnologiyalaridan foydalanish va global bozorlarda o‘z mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan yondashuvlari bilan bevosita tanishmoqda.
🇺🇿
🇰🇷
Кореяда халқаро стажировка: замонавий банк-молия тажрибаси ва иқтисодий тараққиёт сабоқлари
🌇
Айни пайтда Банк-молия академияси тингловчилари Жанубий Кореянинг "
Handong Global"
университети томонидан ташкил этилган
“2026 BFA G-BEX KOREA ORIENTATION”
халқаро стажировка дастурида иштирок этмоқда. Дастур доирасида тингловчилар банк-молия соҳасидаги замонавий тенденсиялар, молиявий технологиялар, рақамли банк хизматлари, молия бозорларини бошқариш ва рискларни баҳолашнинг илғор усуллари бўйича билим ва кўникмаларга эга бўлмоқда.
❗️
Стажировканинг муҳим йўналишларидан бири — Жанубий Кореянинг иқтисодий ривожланиш тажрибасини ўрганишдир. Қисқа тарихий даврда юқори технологияларга асосланган ва экспортга йўналтирилган иқтисодиётни шакллантирган Корея тажрибаси, инновациялар, инсон капитали, таълим ва илмий тадқиқотларга йўналтирилган инвестицияларнинг иқтисодий ўсишдаги ўрни тингловчилар учун муҳим амалий сабоқ бўлмоқда.
🇰🇷
Стажировка жараёнида тингловчилар Корея Республикасининг банк-молия тизими, замонавий молиявий институтлари, шунингдек, йирик компания ва корпорациялари фаолияти билан яқиндан танишмоқда. Хусусан, йирик бизнес субъектларида корпоратив бошқарув, стратегик режалаштириш, молиявий бошқарув, инвестицияларни жалб этиш, рискларни бошқариш ҳамда самарали қарорлар қабул қилиш механизмлари ўрганилмоқда.
👤
Амалий ташрифлар ва учрашувлар давомида тингловчилар Корея компанияларининг рақобатбардошликни таъминлаш, инновацияларни жорий этиш, замонавий бошқарув технологияларидан фойдаланиш ва глобал бозорларда ўз мавқейини мустаҳкамлашга қаратилган ёндашувлари билан бевосита танишмоқда.
👉
Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
🌐
www.bfa.uz
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
|
Linked in