
Bilimlar.uz
#Attestatsiya_2026
#Brifing
26-oktabr kuni bilimlar sinoviga start beriladi
✅
Xabaringiz bor
, joriy yilning 26-oktabridan 28-noyabriga qadar respublika böylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş böyiça navbatdagi sinov jarayonlari tashkil etiladi.
Uşbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasi hamda pedagogik mahorati baholanadi.
📊
Kuzgi attestatsiya jarayonlarida iştirok etiş uçun pedagoglar tomonidan jami 302 ming 422 ta murojaat kelib tuşgan.
Şundan 16 ming 604 tasi, ya’ni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyada, qolgan 285 ming 819 tasi, ya’ni 94,5 foizi navbatdan taşqari attestatsiyada iştirok etiş uçun yuborilgan.
🌐
Kelib tuşgan murojaatlar belgilangan tartibda örganib çiqilib, ularning 240 mingdan ortiği, ya’ni 79,4 foizi qabul qilindi.
➖
Ayni paytda attestatsiyada iştirok etişi belgilangan pedagoglarning
pedagog.uzedu.uz
platformasidagi şaxsiy kabinetlariga sinov ötkaziladigan sana va manzillar töğrisida xabarnomalar yuborilgan.
🔺
Sinovlarni yuqori saviyada taşkil etiş, iştirokçilarga qulay şaroitlar yaratiş hamda jarayonlarning şaffof va adolatli ötişini ta’minlaş maqsadida zarur taşkiliy va texnik çoralar körilmoqda.
📍
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida joylaşgan, maxsus jihozlangan 13 ta sinov markazida jami 2 ming 526 ta kompyuter tayyor holatga keltirildi.
✅
@Bilimlaruzofficial
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘p qavatli uylar qurilishida belgilangan me’yorlarga rioya etishga chaqirdi.
Talablarga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida har 10 ta xonadonga kamida 7 ta avtoturargoh ajratilishi, mavze hududining kamida 30 foizi ko‘kalamzorlashtirilishi shart.
Shuningdek, yangi qurilishlar qo‘shni uylarning tabiiy yoritilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. Talablarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
✅
@Bilimlaruzofficial
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
✅
@Bilimlaruzofficial
🏥
O‘zbekistonda 8,9 mingdan ziyod ambulatoriya-poliklinika muassasasi faoliyat yuritmoqda
🏢
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 8 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari faoliyat yuritmoqda.
🏥
Shundan 5 929 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
🇺🇿
Hududlar kesimida ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni:
Toshkent shahri — 1 238 ta;
Farg‘ona viloyati — 1 098 ta;
Samarqand viloyati — 860 ta;
Qashqadaryo viloyati — 790 ta;
Buxoro viloyati — 699 ta;
Andijon viloyati — 648 ta;
Toshkent viloyati — 646 ta;
Xorazm viloyati — 592 ta;
Namangan viloyati — 577 ta;
Navoiy viloyati — 426 ta;
Surxondaryo viloyati — 419 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 379 ta;
Jizzax viloyati — 298 ta;
Sirdaryo viloyati — 226 ta.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari — aholiga stasionar sharoitda yotish talab etilmaydigan, kelib-ketish asosida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalaridir.
✅
@Bilimlaruzofficial
#Sertifikat_natija
Musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari
🗓
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi
🆔
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹
65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹
55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹
46 - 49,9 ball — C daraja.
✅
@Bilimlaruzofficial
#Milliy_sertifikat
📣
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!
✅
Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari uchun
milliy sertifikat malaka imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🆔
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha
milliy sertifikat imtihonlariga
ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –
my.gov.uz
orqali amalga oshiriladi.
💼
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
‼️
Eslatib o‘tamiz
:
✅
Imtihon natijalariga ko‘ra talabgorlarga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+ va C darajali milliy sertifikatlar beriladi;
✅
B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga lavozim maoshining 15 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
🌐
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://my.gov.uz
✅
@Bilimlaruzofficial