
bimm.uz
🛑
Korrupsiya – jamiyat duşmani!
↪️
U rivojlanişni töxtatadi, tenglikni buzadi va adolatga putur yetkazadi.
✔️
Har birimiz şaffoflik, halollik va vijdon bilan harakat qilsakkina, korrupsiyasiz kelajakka erişamiz.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Tajriba va amaliyot uyg’unligi: ko’chma mashg’ulot
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Ta’lim sifati menejmenti” hamda “Ilmiy-innovatsion faoliyat menejmenti” yo’nalishlari bo’yicha malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ko’chma mashg’ulot tashkil etildi.
🔗
https://bimm.uz/d/news/seminars/4055-tajriba-va-amaliyot-uygunligi-kochma-mashgulot
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Ilmiy-amaliy seminar: zamonaviy ta’limga yangicha nigoh
Joriy yilning 21-oktabr kuni “Ta’lim sifati menejmenti” va “Ilmiy-innovatsion faoliyat menejmenti” yo‘nalishlari tinglovchilari uchun navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarni
Sankt-Peterburg davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlari nomzodi V.V. Tereshkova
“Ta’limga zamonaviy nigoh” mavzusida olib bordi. Seminar davomida zamonaviy ta’lim tizimidagi global o‘zgarishlar, innovatsion yondashuvlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda oliy ta’limda qo‘llanilayotgan ilg‘or xalqaro tajribalar atroflicha yoritildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar universitetlarining boshqaruv strategiyalari, ta’lim sifatini baholash mezonlari hamda akademik mobillikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
21 oktyabr - Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Oʻzbek tili
— xalqimizning bebaho maʼnaviy merosi, milliy oʻzligimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasidir. Asrlar davomida sayqallanib, boyib kelgan ona tilimiz bugun davlat boshqaruvi, qonunchilik, ilm-fan, taʼlim va jamiyat hayotining barcha jabhalarida munosib oʻrin egallamoqda.
Davlat tilining nufuzini oshirish, uning sofligi va boyligini asrab-avaylash, rasmiy ish yuritishda oʻzbek tilidan toʻgʻri va samarali foydalanishni taʼminlash har birimizdan masʼuliyat va eʼtibor talab etadi. Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom, ona tiliga sadoqat esa milliy qadriyatlarga sadoqatdir.
Oʻzbek tilimiz hamisha barhayot, jozibador va taraqqiyotimizning mustahkam maʼnaviy tayanchi boʻlib qolsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
📢
“SINERGIYA” UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA QO‘SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI BOSHLANDI
📅
Joriy yilning 20-oktabr kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi va Rossiyaning “Sinergiya” universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma malaka oshirish kursiga start berildi.
Mazkur kurs
“Sun’iy intellekt” va “Axborot tizimlari”
yo‘nalishlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Kurs davomida zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda axborot tizimlariga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
🌐
Qo‘shma kurs xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
Bugun Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔗
https://bimm.uz/d/news/events/4054-qadring-baland-bolsin-ona-tilim
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
#Kutubxona_faoliyati
#Malaka_oshirish
#Kurs
Bugun, 2026-yilning 19-oktyabridan oliy taʼlim tashkilotlari ARM xodimlari uchun “
Axborot-kutubxona faoliyati
” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kursining navbatdagi mavsumi o‘z faoliyatini boshladi.
Unda respublikamizdagi
45 ta
oliy taʼlim tashkilotidan ARM xodimlari ishtirok etmoqda. Mazkur malaka oshirish kursi 19-31-oktyabr kunlari onlayn hamda oflayn (an’anaviy) shakllarda olib boriladi.
Jumladan, bugun bo‘lib o‘tgan onlayn mashg‘ulotlarda professor B.I.Ganiyeva hamda PhD Sh.B.Normatovlar ishtirokida
“
Zamonaviy tendensiyalar va raqamli transformatsiya" hamda “Ilmiy kommunikatsiya: ilmmetriya, ochiq fan va ilmiy nashr” kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri
Erkinjon Turdimov
maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga
mas’ul rahbarlarning taqdimotlari
bilan tanishdi. Ularda
tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar
va ularning
yechimiga doir takliflar
ko‘rib chiqildi.
Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil.
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Vazirning_shaxsiy_qabuli
Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning ilk shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
Qabul davomida maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan
36 nafar tadbirkorning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarni atroflicha o‘rganish, qonunchilik doirasida hal etish hamda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ishchi guruh tuzish belgilandi.
Ishchi guruh har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqadi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi.
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak!
Koreyaning Incheon shahrida
190 ta davlat
ishtirok etgan
“FIRST Global Challenge — 2026”
musobaqasida O‘zbekiston jamoasi g‘olib alyans tarkibida
oltin medalni qo‘lga kiritdi
va eng ko‘p ball to‘plab,
xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi
.
Bugun
“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida
Prezident Farmoniga asosan g‘oliblar va ularning murabbiylariga
yuksak davlat mukofotlari
tantanali ravishda
topshirildi
.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram