Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Telegram: Contact @bintu_muxtor_aliy

bintu_muxtor_aliy
Subscribers
1 670
24 hours
30
30 days
Unusual 24 hours drop
Post views
286
ER
0,14%
Posts (30d)
7
Characters in post
533
October 14, 14:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Namoz_vaqtlari
Toshkent vaqti bilan
Namoz taqvimi:
14.10.2025
@Bintu_Muxtor_Aliy
Manba:
Islom.uz
Alloh ibodatlaringizni qabul qilsin

October 13, 14:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Namoz_vaqtlari
Toshkent vaqti bilan
Namoz taqvimi:
13.10.2025
@Bintu_Muxtor_Aliy
Manba:
Islom.uz
Alloh ibodatlaringizni qabul qilsin

October 13, 10:20

"Dushanba- ogʻir kun" degan tushuncha haqida qisqacha gaplashamiz.
Xoʻsh, haqiqatda qanday?
Dushanba kuni judayam ahamiyatli. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida shu kuni koʻp ajoyib voqealar roʻy bergan:
Olamlarga rahmat etib yuborilgan Payg‘ambarimiz alayhissalom dushanba kuni dunyoga kelganlar. Bu haqda: “U kun dushanba men tug‘ilgan va payg‘ambar qilib yuborilgan kundir”, deganlar.
(Imom Muslim).
U zotning payg‘ambar bo‘lishlaridan biroz oldin Ka’ba ta’mirlanganida Hajarul asvad (qora tosh)ni o‘rniga qo‘yib, qabilalaridagi muqarrar nizoning oldini olgan kunlari ham dushanba edi (Muhammad Hamidulloh, “Hijriy taqvim va uning tarixi”). Bu jihatdan dushanba biz uchun ham muammolarimizni hal qiladigan va ezgulik elchisi bo‘ladigan kun.
Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Qur’oni karim menga dushanba kuni nozil qilindi”, deganlar.
Imom Termiziy.
Biz ham dushanba kuniga zimmamizdagi mas’uliyatning ahamiyatini yodga soladigan xayrihox do‘st deb qarashimiz mumkin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafot etgan kunlari ham dushanba edi.
Imom Buxoriy.
Shunday ekan, dushanba insonlarning eng afzali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot yuboradigan, tilovatlarimiz savobini bag‘ishlaydigan fursat bo‘lishi mumkin emasmi?
Dushanba safar, tijorat va rizq axtariladigan kundir. Zero, Allohning rasuli sollallohu alayhi vasallam: “Dushanba safar va tijorat kunidir”, deb marhamat qilganlar.
Sahobalar buning sababini so‘rashganida: “Chunki o‘sha kuni Shuayb alayhissalom tijorat qilish va rizq topish uchun safarga chiqqanlar”, deb javob berganlar.
Ibn Mojadan rivoyat qilingan.
Demak, dushanbani halol rizq umidida ishga sho‘ng‘ish bilan sunnatga ergashib, savob olish kuniga aylantirish o‘zimizga bog‘liq.
Dushanbada bandalar kechiriladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: «Jannat eshiklari dushanba va payshanba kunlari ochiladi. Alloh taologa hech narsani sherik qilmagan har bir banda mag‘firat qilinadi. Faqat birodari bilan oralarida dushmanlik bo‘lgan kimsalar mustasno! Ular haqida: “Shu ikkisi yarashib olgunicha muhlat bering”, deyiladi»
Imom Muslim.
Dushanba – amallar taqdim qilinadigan kun. Payg‘amba­rimiz sollallohu alayhi vasallam: “Amallar har dushanba va payshanba Allohga ko‘rsatiladi”, deganlar
(Imom Muslim).
Demak, dushanbani munosib taqdirlash kuni desa ham bo‘ladi.
Dushanba ro‘za kunidir. Oysha (r.a.) onamiz xabar berishicha: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dushanba va payshanba kungi ro‘zalarni mushtoq bo‘lib kutardilar”
(Imom Termiziy).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham: “Bandalarning amallari dushanba va payshanba kunlari Alloh taologa ro‘baro‘ qilinadi. Men amallarimning Alloh taologa ro‘zador holimda ro‘baro‘ qilinishini yaxshi ko‘raman”, deganlar.
Imom Termiziy.

October 13, 07:34

Oʻz fikringizni bildiring! Keyinroq shu mavzuda suhbatlashamiz Inshaalloh!

October 13, 07:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 13, 07:33

Aziza xonimlar Sizlar bilan bir soʻrovnomamiz bor...

October 13, 07:32

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
☺️
Xayrli kun!!

October 11, 14:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Namoz_vaqtlari
Toshkent vaqti bilan
Namoz taqvimi:
12.10.2025
@Bintu_Muxtor_Aliy
Manba:
Islom.uz
Alloh ibodatlaringizni qabul qilsin

October 11, 07:31

#Quron_saboqlari
#Oli_Imron_surasi
#Manolar_tarjimasi
📖
Oli Imron surasi | 149-153-oyatlar
149. Ey iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon koʻrguvchilarga aylanib qolursiz.
150. Yoʻq! Alloh xojangizdir. Va U yordam beruvchilarning yaxshisidir!
151. Tezda kufr keltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, qoʻrquvni solurmiz. Ularning qarorgohi doʻzaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon!
152. Batahqiq, Alloh vaʼdasi ustidan chiqdi. Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani koʻrsatganidan soʻng, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. Soʻngra sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh moʻminlarga fazl egasi boʻlgan Zotdir.
153. Rasul ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. Oʻtgan narsaga va yetgan musibatga xafa boʻlmasligingiz uchun sizga gʻam ustiga gʻam berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir.
Manba: Tafsiri Hilol
Bintu Muxtor Aliy rasmiy sahifalari
Telegram
Instagram
YouTube

October 11, 06:33

#Quron_saboqlari
#Oli_Imron_surasi
#Audio_saboq

Oli Imron surasi | 149-153-oyatlar
🎙
O'zbek qoriya — Bintu Muxtor Aliy
Saboqlar mundarijasi
Bintu Muxtor Aliy rasmiy sahifalari
Telegram
Instagram
YouTube