
BOLALARGA SHE’RLAR
Xotira bor ekan…
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi,
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
Omon saqla onamni Alloh,
O‘zing bergin har neda panoh,
Ayirmagin bizlarni ey voh,
Kulib yursin onajonimiz.
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
Sodda onam, benuqson onam,
Deb yuradi hamisha bolam,
Ona bilan tirik bu olam,
Omon bo‘lsin onajonimiz
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
Otam so‘zin ikki qilmagan,
Xanuzgacha ishdan tinmagan,
Uyqu nima hali bilmagan,
Babehoyim onajonimsiz
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
Hol so‘rashga yarayman birrov,
Duo qilib qolasiz darrov,
Sochingizga qo‘nsa ham qirov,
Latofatli onajonimsiz.
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
Agar so'rasalar jannatni mendan,
Onajonim oyog'i ostida ana,
Bizni ulg'aytirib barkamol qilgan,
Aziz suyanchig'im, mehribon ona!
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
DOVUCHCHA
Hali xomman, g‘o‘rman picha,
Shuning uchun nomim DOVUCHCHA.
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
FUNDUK
Quyonning uyiga olmaxon do‘ndiq,
Olib keldi bir etak FUNDUK.
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
BANAN
Pishgunimcha jirafaning,
Bo'yidan ham balandman.
Pishgach esa qutilarda,
Dunyo kezgan BANANman.
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
ANJIR
Barg ostiga berkinishga abjirman,
Tusim sariq va yapaloq ANJIRman.
👉
@bolalarga_sherlar
– bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!