
Boysun Tumani Hokimligi
❔
Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli
📃
Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish —
har bir rahbar xodimning ustuvor vazifalaridan
biridir. Shu maqsadda,
Boysun tumanida murojaatlar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
bu borada amaliy choralar ko‘rilmoqda.
🫥
Bugun 2026-yil 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida
tasdiqlangan haftalik
grafik asosida
tuman
hokimi B.Shukurov, tuman IIB boshlig'i F.Murtazoyev, tuman hokimining sohalar bo'yicha o'rinbosarlari, Boysun tumani Kengashi deputatlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari
ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
❕
Bugungi qabulda 30 nafardan ziyod fuqarolar tomonidan
ichki yo‘l ta’miri, elektr energiyasi uy joy ta’miri, ichimlik suvi, tibbiyot, kadastr, ish bilan ta’minlash, IIB faoliyati bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, bolalar nafaqasi tayinlash, moddiy yordam va sud huquq
masalalarida
og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.
📲
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib,
ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
❌
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat fosh etildi
1️⃣
Xorazm viloyatida
DXX
,
IIB
va
Bojxona boshqarmalari
hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda
“Surxondaryo – Xorazm”
yo‘nalishidagi
“Lasetti”
to‘xtatildi.
Tekshiruvda
Angor tumanida
yashovchi,
1960-yilda tug‘ilgan
, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun
ikki marotaba sudlangan
shaxsga tegishli paketdan
490 gramm “opiy”
moddasi topildi. U mazkur moddani qo‘shni davlatdan
kontrabanda
yo‘li bilan olib kirib,
Xorazmda sotishni
rejalashtirgani aniqlandi.
2️⃣
“Toshkent – Xorazm”
yo‘nalishidagi
“Oniks”
yo‘lovchisi —
Urganch shahrida
yashovchi,
1968-yilda tug‘ilgan
shaxsning yonidan
119 gramm “gashish”
moddasi olindi.
3️⃣
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida
DXX
va
IIB
xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda
“Sirdaryo – Jizzax”
yo‘nalishidagi
“Lasetti”
to‘xtatildi.
Avtomashina haydovchisi —
Jizzax shahrida
yashovchi,
1974-yilda tug‘ilgan
,
muqaddam sudlangan
shaxsning oyoq kiyimi ichidan
16 gramm “opiy”
moddasi topildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan
jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib
, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo
📌
TADBIRKORLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
Boysun tumanida
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Majidov Abdulaziz Abduraximovich
ishtirokida tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida tadbirkorlarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarning
loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish
bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
🕋
“Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish holatlari aniqlandi
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ayrim sayyohlik firmalarining tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.
1️⃣
Farg‘ona viloyati:
Qo‘qon shahridagi sayyohlik firmasi rahbari 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborishni va’da qilib,
2 200 dollar
talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
2️⃣
Namangan viloyati:
Chortoq tumanidagi sayyohlik firmasi ishchisi 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga
2 200 dollar
talab qilib,
400 dollar
olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo
✅
✅
✅
✅
✅
#Axborot24
Surxondaryo viloyatidagi Boysun koʻmir koniga 120 mln dollar investitsiya jalb qilinib, 6 ta shaxtada burgʻulash ishlari olib borilmoqda
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
Boysun tumani hokimi B.Shukurov va tuman hokimining oʻrinbosarlari tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun oʻtkaziladigan qabul kunlari.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
🔥
DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BOYSUN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI
🔔
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Boysuntumangaz” gaz bo‘limi ma’lum qiladi.
🚧
Kuzgi qishki mavsumga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Gaza mahallasidagi gaz quvurlari oʻzgartirilishi munosabati bilan
2026-yil 11-sentabr kuni soat 11:00 dan 14:00 gacha
tuman markazidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
❕
Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan
xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz
qoldirmang.
⚙️
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
#ob_havo
🌤
Assalomu alaykum!
Bugun 11-sentabr juma.
Boysun tumanida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI!
Mamlakatimiz rahbari tomonidan haftaning payshanba kuni
yoshlar bilan ishlash kuni
etib belgilanganligi munosabati bilan hududlarda yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📍
Bugun Boysun tumani prokurori
U. Begmatova
tomonidan Obi mahallasida joylashgan
1-sonli umumta’lim maktabida
Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Yoshlar ishlari boʻlimi hamkorligida 7–11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida qizlarning
jamiyatda munosib o‘rin egallashi, ta’lim-tarbiyasi, kelajakdagi maqsadlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
haqida fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchi qizlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
🎓
Tadbir yakunida tuman prokuraturasi,
Yoshlar ishlari bo‘limi
hamda tumandagi o‘quv markazlari hamkorligida bir guruh yoshlarning qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida
repetitorlik xarajatlarini qoplash uchun maxsus vaucherlar
topshirildi.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz
MAXSUS REPORTAJ.
Boysun tumani mahallalaridagi o‘zgarishlar.
👉
Kanalga ulanish
👉
https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅
Telegram
💬
Facebook
📹
YouTube
🌍
baysun.uz