Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BRB Info

brb_press
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Subscribers
1 934
24 hours
6
30 days
-27
Unusual 24 hours growth
Post views
354
ER
18,3%
Posts (30d)
54
Characters in post
1 105
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Economy and Finance
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 12, 13:50
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#yarmarka
#Yangiyer
Yangiyerda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi
1️⃣
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Kichik biznesga ko‘maklashish markazi hamda Yangiyer shahar hokimligi hamkorligida
“Mini texnologiyalar yarmarkasi”
tashkil etildi.
📌
Tadbirda
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari Oybek Voxidov, Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov,
shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.
💼
Yarmarka davomida yoshlar, ishsiz fuqarolar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki mavjud biznesini kengaytirish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
👥
Shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, zamonaviy mini texnologiyalardan foydalanish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
📌
Mazkur yarmarka aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish hamda hududda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan muhim amaliy tadbirlardan biri bo‘ldi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 12, 07:58
Media unavailable
7
Show in Telegram

#ochiq_muloqot
#Xorazm
#Xiva
🤝
Xivalik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: Prezident tashabbuslari amalda!
📍
Xiva tumanida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi.
💼
Uchrashuvda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari
B. Bobojonov
, Markaziy bankning Xorazm viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i
K. Kurbanov
hamda Xiva tumani hokimi
S. Palvanov
ishtirok etdi.
📈
Muloqot davomida:
🔹
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
🔹
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
🔹
imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish;
🔹
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
🔹
ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
🗣
Tadbirkorlar tomonidan kredit ajratish, ishlab chiqarishni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratishga oid qator taklif hamda murojaatlar bildirildi.

Har bir masala yuzasidan mas’ullar tomonidan batafsil tushuntirishlar berilib, tadbirkorlarning murojaatlarini amaliy hal etish, muammolariga yechim topish va kelgusida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
🇺🇿
Tadbirkor qo‘llab-quvvatlansa — yangi loyiha, yangi ish o‘rni va yangi imkoniyatlar yaratiladi!
💪
Xivada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va aholi bandligini ta’minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 12, 05:37
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#yarmarka
#Qoʻshrabot
#KichikBiznes
Qo‘shrabotda “Mini texnologiyalar yarmarkasi”
1️⃣
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB
tashabbusi bilan
Qo‘shrabot
tumani hokimligi va
Kichik biznesga ko‘maklashish markazi
hamkorligida navbatdagi
“Mini texnologiyalar yarmarkasi”
tashkil etildi.
⛳️
Asosiy maqsad
— aholi va tadbirkorlarga zamonaviy mini-texnologiyalarni yaqindan tanishtirish, yangi biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratish.
⚙️
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z biznesini boshlash uchun qulay bo‘lgan turli yo‘nalishdagi texnologiyalar bilan tanishib, ularni xarid qilish, imtiyozli moliyalashtirish va bank xizmatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
1️⃣
Biznesni rivojlantirish banki — sizning muvaffaqiyatli tadbirkorlik sari ishonchli hamkoringiz!
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 12, 04:30
Media unavailable
6
Show in Telegram

#ochiq_muloqot
#Farģona
#Quvasoy
🤝
Quvasoyda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Biznesning rivoji — avvalo, tadbirkorning tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlaydigan ishonchli hamkor borligiga bog‘liq.
📍
Quvasoy shahrida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ularning taklif va muammolarini joyida tingladi. Yangi loyihalarni ishga tushirish, faoliyatni kengaytirish va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan amaliy yechimlar muhokama qilindi.
🎋
Muloqot doirasida Quvasoy shahridagi “Bog‘bon” MFY hududida faoliyat olib boruvchu “OsiyoZaminSharbati” fermer xo‘jaligi tomonidan 55 sotix maydonga ekilgan qora malina yetishtirish loyihasi ham ko‘zdan kechirildi.
💼
Har bir tashabbus — e’tiborda, har bir istiqbolli loyiha — qo‘llab-quvvatlashga arziydi.
💯
“Biznesni rivojlantirish banki” — tadbirkor bilan birga, uning g‘oyasidan natijasigacha.
👉
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 11, 13:06
Media unavailable
5
Show in Telegram

#yarmarka
#Kókdala
Mini-texnologiyalar yarmarkasi Kókdalada  ham ótkazildi!
Prezidentimizning tadbirkorlikni qóllab-quvvatlash va lizing imkoniyatlarini kengaytirish bóyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Kókdala tumanida
«Mini-texnologiyalar yarmarkasi»
tashkil etildi.
🤝
Tashkilotchilar:
Tuman hokimligi, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB
Qashqadaryo viloyati "Kichik biznesga kómaklashish markazi"
🎯
Yarmarkaning asosiy maqsadi va yengilliklar:
Zamonaviy uskunalar:
Aholi va tadbirkorlarni yangi mini-texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish.
Moliyaviy kómak:
Zamonaviy texnikalarni xarid qilish uchun qulay kredit va lizing mehanizmlari, moliyalashtirish shartlari haqida batafsil tushuntirishlar berish.
Yangi loyihalar:
Hududda yangi biznes loyihalarini foydalanishga topshirishga amaliy kómaklashish.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 11, 10:27
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#yarmarka
#Andijon
Andijonda "Mini texnologiyalar yarmarkasi" o‘tkazildi
1️⃣
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo’jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida
"Mini texnologiyalar yarmarkasi"
tashkil etildi.
🎯
Maqsad:
Ishsiz va kam daromadli fuqarolarga o‘z biznesini boshlash va daromad manbasini yaratish uchun amaliy imkoniyat berish.
Yarmarka raqamlarda va imkoniyatlarda:
⚙️
100 dan ortiq texnologiya:
10 dan ziyod yetkazib beruvchilar tomonidan uy sharoitida va kichik ishlab chiqarish obyektlarini yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan uskunalar namoyish etildi.
👥
500 nafardan ortiq ishtirokchi:
Fuqarolar mahalla bankirlari va hokim yordamchilaridan manzilli maslahatlar olishdi.
💳
Moliyaviy ko‘mak:
Ishtirokchilarga lizing hamda imtiyozli kredit shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📄
Amaliy natija:
Yarmarkanining o‘zida
14 nafar fuqaro
tanlagan uskunasi bo‘yicha dastlabki shartnomalarni rasmiylashtirdi.
🤝
Tadbirlar doirasida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni daromadli faoliyatga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 11, 07:05
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#ochiq_muloqot
#Buxoro
#Jondor
1️⃣
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
boshqaruvi rahbariyati Prezidentimiz boshchiligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlarni jadal sur'tlarda davom ettirmoqda.
📍
Jumladan,
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi “Oxshix” sanoat zonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB
Boshqaruv raisi o‘rinbosari
O.Voxidov
ishtirokida mahalliy tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
💬
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotlar davomida fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning doimiy daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatida duch kelayotgan muammolariga yechim topish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
🎯
Hududda yangi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilinib, istiqbolli loyihalar shakllantirildi hamda ularni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratish masalasi joyida ijobiy hal etildi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 11, 06:35
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#ochiq_muloqot
#Ohangaron
Prezident topshiriqlari ijrosi: Kichik boʻgʻin rahbarlaridan tortib mahallagacha yagona tizim harakatda
🏦
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda
Davlatimiz rahbari tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi kompleks tarzda amalga oshirilmoqda.
💼
Jarayonga nafaqat Bank Boshqaruvi aʼzolari va oʻrinbosarlari, balki markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy boshqarmalar va BXM hamda BXO masʼullari ham toʻliq safarbar etilgan.
📍
Xususan, Ohangaron shahridagi “Umid” MFY hududida kambagʻallikni qisqartirish, aholining real daromadlarini oshirish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida xonadonbay xatlov ishlari oʻtkazildi.
🗂
Uchrashuvlar davomida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirgan takliflar umumlashtirilib, Respublika shtabiga yuborildi.
1️⃣
“Biznesni rivojlantirish banki” uchun asosiy maqsad — shunchaki muammoni aniqlash emas, balki har bir oilaga daromadli boʻlish yoʻlini koʻrsatish va manzilli amaliy koʻmak berishdir!
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 11, 06:03
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#ochiq_muloqot
#QQR
#Beruniy
Beruniyda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: Prezident topshiriqlari ijroda
1️⃣
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Boboxon Bobojonov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida mahalliy tadbirkorlar va tashabbuskor fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv Davlatimiz rahbari rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish boʻyicha belgilab berilgan ustuvor topshiriqlar ijrosini amalda taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
🎯
Muloqotda eʼtibor markazida boʻlgan asosiy yoʻnalishlar:
▫️
Biznesni qoʻllab-quvvatlash:
Kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish va qulay kredit instrumentlarini taklif etish;
▫️
Yangi ish oʻrinlari:
Aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga qaratilgan tashabbuslarga koʻmaklashish;
▫️
Muammolarga yechim:
Tadbirkorlar oʻrtaga tashlagan amaliy masalalar va bank xizmatlariga oid takliflarni joyida hal etish.
🫂
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ilgari surilgan loyihalarni jadal amalga oshirish va bank tomonidan manzilli yordam koʻrsatish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

September 11, 05:32
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#ochiq_muloqot
#Buxoro
#Jondor
1️⃣
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhlarning hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
📝
Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
Jondor tumanida
davom ettirildi.
Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari O.Voxidov
tumandagi
mahalla bankirlari hamda hokim yordamchilari bilan amaliy uchrashuv
o‘tkazdi.
📍
Mazkur muloqotda joylardagi real iqtisodiy vaziyat va muammolardan eng yaxshi xabardor bo‘lgan ushbu soha vakillarining fikr-mulohazalari hamda faoliyatidagi masalalar tinglandi.
📝
Uchrashuv yakunida hokim yordamchilari va mahalla bankirlarining tumanni yanada iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirgan barcha ma’lumot va takliflari to‘liq umumlashtirilib, tizimli hal etilishi uchun Respublika shtabiga yuborildi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube