
BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
Prezidentimiz kinoijodkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
—
Президент нашей страны провел диалог с деятелями кино.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
✅
✅
✅
✅
✅
#muhokama
Ijro intizomi va obodonlaştiriş işlari muhokama qilindi
💠
Böka tumani hokimi
Murod Abdazimov
boşçiligida ijro intizomini mustahkamlaş, hududlarda obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş hamda amalga oşirilayotgan loyihalarning ijrosini taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
🔺
Unda hokim örinbosarlari, tegişli korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
🔻
Yiğilişda quriliş va obodonlaştiriş işlarini yanada jadallaştiriş, belgilangan loyihalarni öz vaqtida va sifatli yakunlaş, hududlarda tartib va tozalikni taʼminlaş hamda aholi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş zarurligi taʼkidlandi.
🔸
Şuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga oliş, masʼullarning javobgarligini oşiriş va mavjud muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
#profilaktika
Bozor hududlarida maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi
Böka tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan
“Özbek” MFY
hududida joylaşgan “Istiqlol Dehqon Bozori” MChJ da hamkor taşkilotlar iştirokida maxsus-taktik öquv maşğuloti taşkil etildi.
Maşğulot davomida favqulodda vaziyatlar, yonğin yoki zilzila sodir bölgan taqdirda töğri harakat qiliş, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qiliş hamda birlamçi yonğin öçiriş vositalaridan foydalaniş tartiblari amaliy tarzda namoyiş etildi.
Şuningdek, bozorlar işçi-xizmatçilariga favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, yonğin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qiliş va yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarda tezkor hamda töğri harakatlaniş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Bunday öquv maşğulotlari aholi va xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oşiriş, insonlar hayoti va xavfsizligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
#jarayon
Maktablarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi
Böka tumani prokurori
Ş.Zunnurboyev
va hokim örinbosari
O.Djörayev
tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda taʼlim muassasalarining mavsumga şayligi masalalariga eʼtibor qaratildi.
Örganiş jarayonida maktab binolari va sinf xonalarining isitiş tizimi, qozonxonalar holati, yoqilği zaxirasi, elektr energiyasi taʼminoti, deraza va eşiklarning issiqlikni saqlaş holati hamda hududlarning obodonlaştirilganligi közdan keçirildi.
Mavsum davomida taʼlim muassasalarida barqaror issiqlik taʼminotini yölga qöyiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va öquvçilar uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş yuzasidan masʼullarga tegişli vazifalar belgilaşga alohida eʼtibor qaratildi.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
#diqqat
Davlat xizmatçilari uçun Yaponiyada magistraturada taʼlim oliş imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boşlandi
Yaponiyaning JDS (Project for Human Resource Development Sçolarşip by Japanese Grant Aid) stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatçilari uçun 2026-yilgi qabul boşlandi.
Dastur Özbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakçi universitetlarida magistratura bosqiçida bepul tahsil oliş, kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda xalqaro tajriba orttiriş imkoniyatini taqdim etadi.
🖼
Nomzodlarga qöyiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga köra)
Yoş: 25–40 yoş;
Maʼlumoti: bakalavr darajasi;
Iş tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
🖼
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgaça qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
🖼
Seminarlarda dastur, iştirok etuvçi universitetlar, ariza topşiriş talablari va tanlov jarayoni haqida batafsil maʼlumot beriladi. Iştirok etiş uçun oldindan röyxatdan ötiş talab etiladi.
Batafsil maʼlumot va ariza topşiriş:
https://jds-scholarship.org/
JDS loyihasi ofisi (Özbekiston)
Manzil: Toşkent şahri, Amir Temur köçasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
📞
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron poçta: jds.uzbekistan1@jice.org
Iş vaqti: duşanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib ötamiz: Özbekiston Respublikasi Prezidenti topşiriğiga muvofiq, Boşqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatçilarining xorijda taʼlim olişini qöllab-quvvatlovçi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oşiriş vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topşiriq ijrosini taʼminlaş doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha taşkiliy qömitasiga raislik qiluvçi sifatida Boşqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
#oav
Tibbiyot sohasida raqamlaştirişning samarasi qanday?
👍
👍
👍
Sohada amalga oşirilayotgan işlar
"Mahalla" telekanalining "Joyida" informatsion dasturi lavhasida
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
#Bilasizmi
Tarif özgarganda elektr uçun avans tölaganlar qöşimça tölovdan ozod etiladi
⚡️
Tarif özgargan taqdirda, elektr energiyasi (şu jumladan, aktiv va reaktiv energiya)ning tarifi özgargan kundan boşlab:
➖
maişiy isteʼmolçilar — 2 oydan ortiq bölmagan;
➖
boşqa isteʼmolçilar — 1 oydan ortiq bölmagan muddatga avans tariqasida tölangan hajm uçun qöşimça tölov tölaşdan
ozod etiladilar
.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
#ogohlik
FVV OGOHLANTIRADI!
Is gazi hayot uçun xavfli! Xonani isitiş vaqtida
texnika xavfsizligi qoidalariga
rioya qiling.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X
✅
✅
✅
✅
✅
Rasmiy xabar
Hurmatli kanalimiz obunaçilari!
Bugundan boşlab Böka tumani hokimligining rasmiy Telegram kanalida eʼlon qilinadigan barça postlar va xabarlar
yangi alifboda
yozib boriladi.
Yangiliklar, rasmiy maʼlumotlar va eʼlonlarni endilikda yangi alifboda kuzatib borişingiz mumkin.
✉️
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
YouTube
🌎
Web-sayt
📲
X