
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
Talaba-yoshlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim muloqot
👍
Buxoro davlat pedagogika institutiga
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i,
podpolkovnik Umidjon Yusupovich
tashrif buyurdi.Tashrif davomida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, kiberxavfsizlik, internet tarmog‘ida uchrayotgan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda zamonaviy axborot tahdidlarining oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🛡
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga
kiberjinoyatlardan himoyalanish, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish va raqamli madaniyatni yuksaltirish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Mazkur tashrif yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
#Kiberxavfsizlik
#KiberjinoyatlargaQarshiKurash
#Yoshlar
#Buxoro
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
👍
Buxoro davlat pedagogika institutida kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Buxoro davlat pedagogika institutida ish va o‘quv jarayonlari yurtimiz ramzi bo‘lgan davlat madhiyasini birgalikda ijro etish bilan boshlandi. Bu an’ana nafaqat kunni ruhiy ko‘tarinkilikda boshlash, balki yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
👍
Buxoro davlat pedagogika institutining
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining himoya jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi.
🎓
🎨
Himoya davomida bitiruvchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, amaliy loyihalari va ijodiy ishlanmalarini taqdim etib, ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilim va kasbiy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Taqdim etilgan ishlarda sohaning dolzarb masalalariga qaratilgan innovatsion yondashuvlar, metodik tavsiyalar hamda amaliy yechimlar o‘z aksini topdi. Jarayon ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalari, ijodiy salohiyati va mustaqil fikrlash qobiliyati munosib baholandi.
👏
Barcha bitiruvchilarni bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BitiruvMalakaviyIshi
#TasviriySanat
#MuhandislikGrafikasi
#Bitiruvchi2026
#DavlatAttestatsiyasi
#OliyTalim
#KelajakPedagoglari
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Buxoro davlat pedagogika institutida rektoroldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
👍
Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi rektoroldi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda institut faoliyatining muhim va dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish davomida talabalar turar joylaridagi to‘lov intizomini mustahkamlash, bahorgi semestr yakuniy nazoratlari va davlat attestatsiyasi jarayonlarini sifatli tashkil etish, Qabul–2026 shtabi faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning kontrakt to‘lovlari holati, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, institutda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida ijro intizomini kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Xalqaro professional almashinuv dasturida faol ishtirok
👍
Buxoro davlat pedagogika instituti
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Nasiba Raximova
2026-yilgi
Uzbekistan Business Leaders (UBL)
xalqaro professional almashinuv dasturi ishtirokchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
🇺🇿
🤝
🔝
Mazkur nufuzli dastur O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi professional hamkorlikni rivojlantirish, yetakchilik salohiyatini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan.
Dastur doirasida
N.B. Rahimova
xalqaro ekspertlar, ta’lim va biznes sohasi vakillari bilan uchrashuvlar, seminar-treninglar hamda tajriba almashish tadbirlarida ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, liderlik va hamkorlik yo‘nalishlaridagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganmoqda. Mazkur ishtirok nafaqat pedagogning kasbiy rivojlanishiga, balki institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishga ham xizmat qilmoqda.
XalqaroHamkorlik
#UBL2026
#UzbekistanBusinessLeaders
#ProfessionalExchange
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
“Sharq gavhari” ansamblining hisobot konserti yuqori saviyada tashkil etildi
👍
Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchisi
Shavkat Qodirov
rahbarligidagi
“Sharq gavhari” ansamblining hisobot konserti
bo‘lib o‘tdi.
🎼
Konsert dasturida o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari bilan bir qatorda turk va yevropa xalqlari musiqiy namunalari ham talaba-yoshlar tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi. Musiqiy chiqishlar tomoshabinlarga milliy va jahon madaniyatining betakror uyg‘unligini his etish imkonini berdi.
🎶
Tadbirning yana bir muhim jihati sifatida konsert dasturidan o‘rin olgan
“O‘tkan kunlar”
spektaklidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazkur chiqishlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, milliy adabiyotimiz va teatr san’atiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. Shuningdek, konsert davomida turkman, qozoq, tojik, qirg‘iz, ozarbayjon va o‘zbek xalqlarining milliy qo‘shiqlari ijro etilib, qardosh xalqlar madaniyati va san’atining o‘ziga xos jihatlari keng targ‘ib qilindi. Rang-barang, mazmunli va yuksak badiiy saviyada tashkil etilgan chiqishlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
🌟
Mazkur hisobot konserti yosh ijodkorlarning iste’dodi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati hamda san’at orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
#SharqGavhari
#HisobotKonserti
#MusiqaTalimi
#MadaniyatVaSanat
#Dolzarb90Kun
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram