
Bukhara Tourism_Official
“The Independent” bosh muharriri O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishdi
Buyuk Britaniyaning “The Independent” nashri bosh muharriri Jorj Greyg rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keldi. Tashrif davomida mehmon Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrining turizm, madaniyat va infratuzilma salohiyati bilan tanishdi.
—
Editor-in-Chief of “The Independent” explores tourism potential of Uzbekistan
George Greig, Editor-in-Chief of the British publication “The Independent”, paid an official visit to the Republic of Uzbekistan. During his stay, he explored the tourism, cultural, and infrastructure potential of the Samarkand, Bukhara, and Khorezm regions, as well as the city of Tashkent.
—
Главный редактор “The Independent” ознакомился с туристическим потенциалом Узбекистана
Республику Узбекистан с официальным визитом посетил главный редактор британского издания “The Independent” Джордж Грейг. В ходе визита гость ознакомился с туристическим, культурным и инфраструктурным потенциалом Самаркандской, Бухарской, Хорезмской областей и города Ташкента.
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn
⚡️
Buxoroning turizm salohiyati Nyu-Yorkdagi Times Square maydonida namoyish etilmoqda
Buxoro viloyati delegatsiyasining 2025-yil 23-noyabr- 4-dekabr kunlari AQShga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida Buxoroning turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga qaratilgan loyiha amalga oshirildi.
Loyiha doirasida New York City markazida joylashgan Times Square maydonidagi yirik ekranlarda Buxoroning tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va zamonaviy turizm imkoniyatlarini aks ettiruvchi videorolik namoyish etilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, AQShdan Buxoroga 2026-yilning I choragida 3,9 ming nafar amerikalik sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri (2,6 ming nafar)ga nisbatan 1,5 baravar o‘sish kuzatildi.
Mazkur o'sish dinamikasi Buxoroda turizm xizmatlarining diversifikatsiya qilinishi, amerikaliklar uchun vizasiz rejim joriy etilishi, yuqori darajadagi xalqaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar bilan izohlanadi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#xalqaro_aloqalar
⚡️
O‘zbekiston–Qozog‘iston turizm hamkorligi doirasida navbatdagi tashrif
Mamlakatlar o‘rtasida turistik salohiyatni rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jomart Toqayev o‘rtasida joriy yilning 11-aprel kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari amaliy bosqichga chiqmoqda.
Mazkur kelishuvlar natijasida joriy yilning 25–26-aprel kunlari Turkiston viloyati delegatsiyasining “Ayg‘aq” teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari viloyatning boy tarixiy-madaniy merosi va turistik salohiyati bilan tanishish maqsadida, Bahovuddin Naqshband majmuasi, Ark qal'asi, Poyi Kalon ansambli, Labi Hovuz majmuasi hamda hunarmandchilik markazlarini hayrat va havas bilan tomosha qildilar.
Qayd etish joizki, mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda Buxoro viloyatining turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Fotoreportaj
Qorovulbozorda “Lola sayli” bo’lib o’tdi.
✍️
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
🇺🇿
“TRT-Avaz”:
Buxoro tobora sayyohlar qalbidan chuqur o‘rin egallab, ularning eng sevimli va jozibador maskaniga aylanib bormoqda.
🇬🇧
“TRT-Avaz”:
Bukhara is increasingly becoming one of the most beloved and attractive destinations for tourists.
🇹🇷
“TRT-Avaz”:
Buhara, turistlerin kalbinde giderek daha fazla yer edinmekte ve en sevilen, en cazip destinasyonlardan biri haline gelmektedir.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#lola_sayli
#qorovulbozor
⚡️
Qorovulbozor tumanida bahorning eng go‘zal bayramlaridan biri – “
Lola sayli”
bo‘lib o‘tadi.
📍
Tadbir ertaga soat 10:00 da Qorovulbozor sardobasi hududi hamda “Bo‘zachi” MFYda tashkil etiladi.
Sayl davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va rang-barang lolalar namoyishi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi.
🌷
Barchani ushbu saylga taklif etamiz!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram