
BUSA
E'LON: BUSANDAGI UCHRASHUV QOLDIRILDI
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
🇺🇿
🇰🇷
Ertaga, 9-oktabr kuni Busan shahrida bo'lishi kerak bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va "El-yurt umidi" jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashuv
ma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi
.
Noqulaylik uchun uzr so'raymiz.
💡
Lekin imkoniyat qo'ldan ketmaydi! Uchrashuv
10-oktabr
kuni
Seul shahrida
bo'ladi. Xohlasangiz
offlayn
yoki
onlayn
qatnashishingiz mumkin. Taklif va tashabbuslaringizni yetkazmoqchi bo'lsangiz, qatnashishingiz mumkin.
Busandagi uchrashuvga ro'yxatdan o'tgan barcha vatandoshlarimizga qiziqishingiz uchun katta rahmat!
Hurmat bilan,
BUSA jamoasi
📚
Busa Women Book Picnic
🌷
Bu safar kitob suhbatimizni to'rt devor orasida emas, tabiat qo'ynida o'tkazdik
🧺
🌿
Yashil maysazor, quyoshli kun, qo'lda sevimli kitob va yonimizda samimiy opa-singillar...
Bundan ham go'zal uchrashuv bo'lishi mumkinmi?
☀️
💚
Suhbatimiz markazida
Jorj Oruellning "1984" va Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat
va jazo
" asarlari bo'ldi
📖
Erkinlik va vijdon, inson va uning tanlovlari haqida birgalikda o'yladik. Har kim asarni o'z nigohi bilan ko'rgani, o'z yuragi bilan his qilgani suhbatimizni yanada qiziqarli qildi
✨
Har bir fikr tinglandi, har bir qarash qadrlandi. Kulgilar, iliq gaplar va samimiy kayfiyat ichida vaqt qanday o'tib ketganini bilmay qoldik.
Kelib, fikrlari bilan davramizni boyitgan barcha opa-singillarimizga chin dildan rahmat!
💗
Keyingi kitob, keyingi suhbatda yana ko'rishamiz
📚
🌷
🇺🇿
🇰🇷
Koreyada orttirgan tajribangiz, bilimingiz yoki loyihangiz bormi? Uni delegatsiya rahbariyatiga bevosita yetkazing!
Busanda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
💡
Uchrashuvda qanday imkoniyatlar bor?
• IT, sun’iy intellekt va FinTech: raqamli loyihangizni taqdim etish va O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilish. • Ta’lim va fan: “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyatiga savollar berish, bilim va tajribangizni yurt rivojiga yo‘naltirish bo‘yicha taklif bildirish. • Tadbirkorlik va startaplar: biznes g‘oyangizni tanishtirish, Koreya hamkorlari bilan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish. • Muhandislik, ishlab chiqarish va tibbiyot: Koreyada o‘rgangan texnologiya va amaliy tajribangizni taklif sifatida yetkazish.
Elchixona xodimlari barcha so‘rov va takliflaringizni tinglab, o‘z vakolatlari doirasida javob beradilar.
Mutaxassis, talaba, tadbirkor yoki tashabbuskor vatandosh bo‘lsangiz — bitta aniq g‘oya yoki savol bilan keling! Bu tajribangizni ulashish, yangi tanishlar orttirish va taklifingizni bevosita aytish imkoniyati.
🍛
Ishtirokchilar uchun palov dasturxoni ham yoziladi!
📅
9-oktabr 2026
🕑
14:00
📍
Busan shahri
👉
Ro‘yxatdan o‘tish
https://forms.gle/AuY4ce2Qt1Upxdm66
📲
Shu imkoniyat kerak bo‘lgan do‘stingizga ham yuboring!
📚
«Do‘st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish» — oy kitobi!
Insonlar bilan qanday qilib yaxshi munosabat o‘rnatish mumkin? Qanday qilib suhbatdoshlarimizda yaxshi taassurot qoldirish va chinakam do‘stlikni shakllantirish mumkin?
Mashhur yozuvchi Deyl Karnegi ushbu kitobida insonlar bilan muloqot qilish, ularning ishonchini qozonish va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashning amaliy usullarini yoritadi.
💡
Ushbu kitob orqali:
— odamlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish;
— suhbatdoshni tinglash va tushunish;
— yaxshi taassurot qoldirish;
— do‘stona munosabatlarni shakllantirish;
Dunyoni va insonlarni yaxshiroq tushunishni istagan har bir kitobxon uchun foydali mutolaa!
Bookmark – Har bir sahifa – yangi imkoniyat!
➥
Telegram
|
Instagram
KOREYADAGI FAOL VATANDOSHLAR BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Boshqaruv samaradorligi agentligi
hamda
“El-yurt umidi” jamg’armasi
rahbatiyati
Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan faol vatandoshlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganib, ularni mamlakatimiz rivojiga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.
Shu munosabat bilan
2026-yil 9-oktabr
kuni uchrashuv o‘tkaziladi.
📌
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar vakillari ishtirok etishi tavsiya etiladi:
▪️
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
▪️
Ta’lim va fan
▪️
Tadbirkorlik va startaplar
▪️
Tibbiyot
▪️
Muhandislik
📍
Manzil:
Busan shahri
🗓
Sana:
9-oktabr
⏰
Vaqt:
14:00
👥
Ishtirokchilar soni:
30 nafar
📝
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/AuY4ce2Qt1Upxdm66
📩
Koreyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, IT-ekspertlar hamda texnologik va innovatsion loyiha asoschilarini ushbu uchrashuvda ishtirok etishga taklif qilamiz.
BUSA – kuch birlikda!
💪
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
📚
Busa Women Book Picnic
🌷
Bu safar kitob suhbatimizni biroz boshqacha formatda —
tabiat qo‘ynida picnic tarzida o‘tkazamiz!
🧺
🌿
Birgalikda
Jorj Oruellning “1984” va Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”
asarlari haqida suhbatlashib, o‘z fikrlarimizni bo‘lishamiz.
📖
✨
Yoqimli muhit, mazmunli suhbat va samimiy davra sizni kutmoqda.
💗
Kitobingizni oling va bizga qo‘shiling!
🌷
🔗
Google form uchun link:
https://forms.gle/ncUuJGm711hjjSR6A
📅
20-sentabr | Yakshanba
⏰
11:00
📍
Busan Citizens Park
🧠
ZAKOVAT —
"MA'RIFAT DURDONASI"
Intellektual o'yinni jonli tomosha qilish imkoniyati!
🎟
Faqat 10 ta tomoshabin o'rni — boshqa joy yo'q.
📍
Manzil: BUFS
🗓
Sana: 2026.09.13
🕕
Vaqt: 10:00
Ro'yxatdan o'tish:
👉
[
Havola
]
🇺🇿
Mustaqillik bayramini Busan shahrida ko‘tarinki ruhda nishonladik!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining
35 yilligi
munosabati bilan Busan shahrida vatandoshlarimiz ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “
Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
va
BUSA
hamkorligida tashkil etildi.
Garchi Vatanimizdan olisda, musofir yurtda bo‘lsak-da, ushbu kunda o‘zbek diasporasi vakillari bilan birga jam bo‘lib,
o‘zbekona ruh, milliy qadriyatlar va Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr
bilan Mustaqillik bayramini nishonladik.
🇺🇿
Birgalikdagi bayram bizga Vatanimizning qadrini, xalqimizning birdamligini va O‘zbekiston farzandi ekanimizdan faxrlanish tuyg‘usini yanada chuqurroq his qilish imkonini berdi.
🇺🇿
Vatanimizdan uzoqda bo‘lsak ham, qalbimiz doimo O‘zbekiston bilan!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston!
🇺🇿
❤️
BUSA – kuch birlikda!
💪
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
«Ma'rifat durdonasi»
— zakovat o'yini
Tadbir mehmoni:
Ustoz Akrom Malik
— navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi.
Ustoz bilan zoom orqali yaqindan suhbat — savolingizni tayyorlab keling.
Bu zakovatda g'oliblar emas, balki
qimmatli hikmatlarni olib ketgan yutadi
.
Kelinglar, ma'rifat durdonalarni izlaymiz.
📅
Sana: 2026.09.13
⏰
Vaqt: 10:00 - 17:00
📍
Manzil: BUFS
BUSA – kuch birlikda!
💪
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
✨
XUSH XABAR!
Bir yillik tanaffusdan so’ng uzoq kutilgan kun nihoyat yetib keldi! “MA’RIFAT DURDONASI” — ilk bor siz bilan!
🧠
🔥
👥
JAMOALAR:
🔹
Jami 8 ta jamoa
🔹
Har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi
🏆
MUKOFOT JAMG‘ARMASI: 1 100 000+ KRW
🥇
1-o‘rin — 600 000 KRW
🥈
2-o‘rin — 300 000 KRW
🥉
3-o‘rin — 200 000 KRW
🎁
Shuningdek, maxsus nominatsiyalar va boshqa sovrinlar ham sizni kutmoqda!
📅
Sana: 2026.09.13
⏰
Vaqt: 10:00 - 17:00 (
⚠️
Har bir kechikkan a'zo uchun minus ballar beriladi!)
📍
Manzil: BUFS
💰
To'lov: 15,000won (Tushlik uchun)
📝
RO‘YXATDAN O‘TISH:
👤
Yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tish:
🔗
[
Havola
]
👥
Jamoaviy ro‘yxatdan o‘tish:
🔗
[
Havola
]
🤝
Hamkorlarimiz:
– Devex Academy
– RT Holdings
– IPPO Nature
– Muhajeer Books
Bir yil kutilgan ma’rifatli bahsga tayyormisiz?
Jamoangizni tuzing va “MA’RIFAT DURDONASI”da bilim, tafakkur va yangi taassurotlar sari yo‘l oling!
🧠
BUSA - Kuch birlikda!
💪
Telegram
|
Instagram
|
YouTube