Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Buvayda tuman hokimligi| rasmiy kanali

buvaydaaxborotxizmati
Buvayda tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, muhim voqealar va yangiliklar haqida rasmiy axborot manbai https://taplink.cc/buvaydatumanhokimligi 👤 Axborot xizmati @Asadbek_Shokirov ☎️ 735292522
Subscribers
8 476
24 hours
-8
30 days
-114
Post views
1 139
ER
13,44%
Posts (30d)
296
Characters in post
690
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
July 28, 15:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni
amaliy tashrif
bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева 29 июля посетит эту страну
с рабочим визитом.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Qozogiston
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

July 28, 14:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Suyultirilgan gazni yetkazib berish tizimi qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

July 28, 12:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Buvayda yosh futbolchilari chempionlikni qo‘lga kiritdi
Buvayda tumanining
“Buvayda Kids”
futbol jamoasi navbatdagi yirik muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.
Murabbiy
Ravshanjon Mamajonov
boshchiligidagi
2015-yilda tug‘ilgan futbolchilardan
iborat jamoa Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada Respublikaning turli hududlaridan hamda qo‘shni Qirg‘izistonning
“Barcelona”
jamoasi ishtirokidagi jami
12 ta jamoa
o‘rtasida kechgan bahslarda yuqori mahorat namoyish etib,
1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
Mazkur g‘alaba Buvayda yoshlar sport maktabining izchil mehnati, murabbiylar salohiyati hamda yosh futbolchilarning intilishlari samarasi bo‘lib, tumanda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasidir.
G‘olib jamoani ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
📱
YouTube
📱
Facebook
|
📱
Instagram

July 28, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Buvayda tumani tibbiyot birlashmasiga yangi rahbar tayinlandi
Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga
Mamajonov Baxtiyorjon Abdujabborovich
tayinlandi.
Mamajonov Baxtiyorjon Abdujabborovich
1976-yil 19-iyunda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda
Andijon davlat tibbiyot institutini
tamomlagan. 2004–2006-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining
klinik ordinaturasida jarrohlik
mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. 2013-yilda
akusher-ginekologiya
, 2022-yilda esa
jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish
yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib, mutaxassislikka ega bo‘lgan.
Mehnat faoliyati davomida Buvayda tumani tibbiyot birlashmasida umumiy amaliyot shifokori, shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi ordinatori, bo‘lim mudiri, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, davolash ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari hamda Buvayda tumani Tibbiyot birlashmasi KED bo‘limi mudiri lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2022-yilda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi”
ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Baxtiyorjon Mamajonovning ko‘p yillik tajribasi, kasbiy salohiyati va boshqaruv ko‘nikmalari Buvayda tumani tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
📱
YouTube
📱
Facebook
|
📱
Instagram

July 28, 07:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tahlilnoma
|
Quva tajribasi: millioner "Yangichek" mahallasi, qo‘shni "Qoraqum" nega orqada
Bizning sahifalarimiz
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook

July 28, 07:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

✈️
POYDEVOR
Mahalla – Yangi O‘zbekistonning yuragi
💬
@Kuranbayev_K
📹
Instagram.com/Kuranbayev_K

July 28, 04:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❗️
E’lon
Ta’mirlash ishlari sabab tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Buvayda tumani gaz ta’minoti bo‘limi

ma’lum qilishicha,
2026-yil 29-iyul kuni
gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan
soat 09:30 dan 17:00 ga qadar
quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Dodho, Maslahat, Yangiqoʻrgʻon, Beglar hamda Yashnarobod
mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar
da.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
📱
YouTube
📱
Facebook
|
📱
Instagram

July 28, 03:52
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Elektr ta’minotini yaxshilash ishlari nazoratda
Buvayda tumani hokimi
Behzodjon Ibragimov
ish rejasiga muvofiq
Ozod mahallasida joylashgan GKTP-292 (250 kVA)
hamda
265-transformator punkt
larida olib borilayotgan ta’mirlash va tayyorgarlik ishlari bilan joyida tanishdi.
O‘rganish davomida transformatorning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, avariya holatlarining oldini olish hamda aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
📱
YouTube
📱
Facebook
|
📱
Instagram

July 27, 17:17
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Buvayda mahsulotlari Afg‘oniston bozoriga kirib bormoqda
Afg‘onistonning
Mozori Sharif shahrida
Farg‘ona savdo uyi ochildi. Unda
Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya
tumanda ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar bilan ishtirok etdi.
Tashrif doirasida Buvayda brendlari
Afgʻoniston
bozorlaridan munosib o‘rin egallab
, mahalliy tadbirkorlar mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi.
Mazkur tashabbus hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, eksport salohiyatini oshirish hamda Buvayda mahsulotlarining xorij bozorlaridagi o‘rnini kengaytirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
📱
YouTube
📱
Facebook
|
📱
Instagram

July 27, 11:52
Media unavailable
10
Show in Telegram

Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!

Сегодня в Пусане на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО произошло важное для нашей страны событие.
Объекты модернистской архитектуры Ташкента официально внесены в престижный международный Список этой организации. За последние 25 лет данная национальная номинация от Узбекистана стала первой, получившей столь высокий статус.
Это признание ценности не только отдельных зданий, а целой эпохи, когда после землетрясения был создан новый облик Ташкента, сумевший объединить современную архитектуру, традиции Центральной Азии и особенности нашего климата.
Это большая победа для Узбекистана и важный шаг к сохранению нашего архитектурного наследия для будущих поколений.