Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Buxoro tumani hokimligi

buxorotuman_offical
Buxoro tuman hokimligining rasmiy telegram kanali. Mazkur kanal orqali Buxoro tumani hayoti bilan bog‘liq muhim yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Murojaat yuborish uchun: https://t.me/Qosimov74
Subscribers
5 963
24 hours
1
30 days
-65
Post views
1 023
ER
17,16%
Posts (30d)
307
Characters in post
613
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 03:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

🗯
Ogoh bo’ling!
Is gazi
hayot uchun xavfli! Xonani isitish vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 25, 13:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

Xabar informatsion dasturi | Buxoro tumani 25-maktabda “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/Buxorotuman_offical

October 25, 06:43

#35_yillik
XALQ DEMOKRATIK PARTIYASIGA 35 YIL!
Buxoro tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan partiyaning Buxoro tuman Kengashi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda partiyaning tashkil topish tarixi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, partiyaning aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida partiya faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh faollar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yozilib, samimiy suhbatlar va ezgu tilaklar bildirildi.

October 25, 06:43
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 25, 06:43
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 25, 06:43
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 25, 06:43
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 25, 03:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, qadrli ichki ishlar organlari xodimlari va aziz faxriylar!
Sizlarni kasb bayramingiz — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugungi kunda yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Sizlarning mehnatingiz beqiyosdir. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingiz, Vatan va xalq oldidagi sadoqatingiz yuksak e’tirofga munosib.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Xonadonlaringizdan tinchlik va xotirjamlik arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Buxoro tuman hokimi
Anvarjon Ochilov

October 24, 09:57
Media unavailable
7
Show in Telegram

October 24, 09:57

Buxoro tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlandi
Buxoro tumanida 25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Ochilov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda soha faxriylari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi. Soha xodimlariga samimiy tabriklar bildirilib, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.
Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Barcha ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!