Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

CHIROQCHI OVOZI

chiroqchiovozi
Subscribers
1 295
24 hours
-2
30 days
-37
Post views
257
ER
19,85%
Posts (30d)
69
Characters in post
698
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 12, 04:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar
www.dxxtmhal.uz
sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 11, 07:57
Media unavailable
4
Show in Telegram

Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 30-umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘quvchilar xavfsizligini taʼminlash va taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.
​Xususan, mahallaning nuroniysi Abdulla
Gʻaniyev homiyligida muassasaga 12 dona zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Ushbu videokuzatuv tizimi maktab hududida xavfsiz taʼlim muhitini yaratish hamda tartib-intizomni doimiy nazorat qilishga xizmat qiladi.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 11, 05:33
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Rahbar_yoshlar_uchrashuvi
#Jonajon_maktabimga_
kitob_ sovĝa_qilaman
#Maʼrifat
Yoshlar bilan ochiq muloqot:
Joriy yilning 10- sentabr  kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chiroqchi tuman bo‘linmasi rahbar va xodimlari tumandagi 8- umumta'lim maktabining yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda turli yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir sòngida esa bòlinma tomonidan maktabga kitoblar jamlanmasi sovĝa qilindi.
Zero, ma’rifatli yoshlar — jamiyatning mustahkam tayanchi va kelajak bunyodkorlaridir!
http://t.me/TARGIBOTNEWS

September 11, 05:33
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Jaholatga_qarshi_ma
'rifat
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
Joriy yilning 10-sentabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Chiroqchi tuman bo‘linmasi rahbari S.Obidjonov hamda bòlinma xodimlari M.Tuxtayev va  M.Ròziyevalar hamrohligida 8- umumta'lim maktabida
"Jaholatga qarshi – ma'rifat"
hamda
"Biz giyohvandlikka qarshimiz"
mavzularida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida jamiyatda sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, yoshlar va fuqarolarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, axborot makonida uchrayotgan turli tahdidlarga nisbatan ogohlikni oshirish hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz, mas'uliyatli foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida amaldagi tartib-qoidalarga rioya etish, xizmat vositalaridan maqsadli foydalanish hamda ishonchsiz va noqonuniy mazmundagi axborotlarni tarqatmaslik bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 11, 04:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Миллий сертификат имтиҳонларининг сентябрь–декабрь ойлари учун графиги
2026 йилнинг қолган қисмида қуйидаги фанлардан миллий сертификат имтиҳонлари ўтказилади:
🧬
Биология
— 26 сентябрь, 21 ноябрь
🧪
Кимё
— 27 сентябрь, 22 ноябрь

Математика
— 28–29 сентябрь, 23–24 ноябрь
⚛️
Физика
— 24 сентябрь, 24 ноябрь
🎵
Мусиқа маданияти
— 25 сентябрь, 30 ноябрь
🌍
География
— 23 октябрь, 25 декабрь
📚
Она тили ва адабиёт
— 24–26 октябрь, 26–28 декабрь
🏛
Тарих
— 27 октябрь, 29 декабрь
⚖️
Ҳуқуқшунослик
— 23 декабрь
👩‍🏫
Бошланғич таълим ўқитувчилари учун
— 20 ноябрь
💳
Имтиҳон тўлови:
— 1 сентябргача:
556 200 сўм
— 1 сентябрдан:
594 000 сўм
🌐
Рўйхатдан ўтиш:
my.gov.uz
❗️
Эслатма
: айрим фанларда имтиҳонлар электрон шаклда ўтказилиши мумкин. Рўйхатдан ўтиш ва тўлов муддатларига алоҳида эътибор беринг.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 10, 10:17
Media unavailable
4
Show in Telegram

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Chiroqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i,
mayor N.S.Asadov
tomonidan Chiroqchi tumanidagi 2
-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
yoshlar bilan navbatdagi
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
tashkil etildi.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda kelgusidagi maqsadlarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar o‘rtasida
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish
va xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda
"Yong'indan ogohlik umummilliy kompaniyasi oyligi"
da faol ishtirok etishlari bo'yicha tushuntirishlar berildi.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 09, 06:46
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔰
DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
Joriy
yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar
www.dxxtmhal.uz
sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 09, 02:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ота-оналар учун муҳим маълумот
!
Мактабларда янги баҳолаш тизими жорий қилинади
Энди боланинг чораклик натижаси битта “3”, “4” ёки “5” билан эмас, уч хил баҳолаш натижасидан йиғилган 100 балл билан аниқланади.
Янги тизимда ўқувчининг фақат маълумотни ёдлаб олгани эмас, мавзуни тушуниши, мустақил фикрлаши ва олган билимини амалда қўллай олиши ҳам баҳоланади. Чораклик натижа жами
100 баллдан
иборат.
🟢
Форматив баҳолаш — 10 балл.
Бу ўқувчининг кундалик дарсдаги ўзлаштиришини кузатиб боради. Муҳими, бола хатога йўл қўйса, уни дарҳол аниқлаш ва тузатиш имконига эга бўлади.
🔵
БСБ — боб бўйича сумматив баҳолаш — 50 балл.
Асосий улуш шу ерда: ўқувчи ўтилган мавзу ёки бўлимни қай даражада ўзлаштиргани текширилади.
🟣
ЧСБ — чорак бўйича сумматив баҳолаш эса 40 балл.
Унда бутун чорак давомида олинган билим ва амалий кўникмалар умумлаштирилади.
Демак, формула оддий:
10 + 50+ 40 = 100 балл.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 07, 12:51
Media unavailable
6
Show in Telegram

NAVOIY MAHALLASIDA XALQARO INNOVATSION TIBBIYOT TEXNIKUMINING FILIALI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
Navoiy mahallasida Xalqaro innovatsion tibbiyot texnikumining yangi va zamonaviy filiali faoliyatini boshladi.
Ushbu ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimida Chiroqchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sarvar Jovliyev ishtirok etdi. S.Jovliyev yig‘ilganlarni yangi o‘quv maskani faoliyat boshlagani bilan qutlab, mazkur innovatsion loyiha tuman ahli, ayniqsa, tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini, endilikda yigit-qizlar viloyat markaziga bormasdan o‘z hududlarida turib sifatli bilim olishlari mumkinligini alohida ta’kidladi.
Yangi tashkil etilgan filialda o‘quvchilarning xalqaro standartlar asosida nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

September 07, 02:41

❗️
Контракт учун тўланган маблағларга даромад солиғи солинмайди
Таълим учун тўлов қилинганида солиқ имтиёзидан қуйидаги ҳолларда фойдаланиш
мумкин
:

ўзингиз учун;

фарзандларингиз учун;

26 ёшгача бўлган турмуш ўртоғингиз учун.
Агар контракт тўлови иш жойингиз орқали иш ҳақингиздан тўғридан-тўғри таълим ташкилотига ўтказилса,
ушбу суммага даромад солиғи ҳисобланмайди
.
Агар контрактни ўзингиз электрон, нақд ёки нақдсиз шаклда тўлаган бўлсангиз, йил якуни бўйича декларация топшириб,
тўланган даромад солиғини қайтариб олиш мумкин
.
Солиқ имтиёзи тижорат банкларидан олинган
таълим кредитини ва унинг фоизларини қоплаш учун йўналтирилган даромадларга ҳам
татбиқ этилади.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI