Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

chizmachi | Bobur Asrorov

chizmachi1
Bobur Asrorovning Revit darslari kanali Youtube: www.youtube.com/@chizmachi
Subscribers
2 440
24 hours
30 days
-20
Post views
2 265
ER
90,04%
Posts (30d)
5
Characters in post
998
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Construction & Architecture
Summary
April 30, 14:19

AI sizning ishingizni olib qo‘yadimi yoki qanot bo‘ladimi?
"AI ishingizni tortib oladi" – bu gapni oxirgi paytlarda hamma joyda eshityapmiz. Hatto Revit 2027 versiyasiga AI-assistent qo‘shildi, yaqinda esa Kuki nomli yangi yordamchi taqdim etildi. Xo‘sh, bu bizning sohamizga qanday ta’sir qiladi? Biz ishsiz qolamizni?
Keling, vaziyatga real ko‘z bilan qaraymiz.
Instrument o‘zgaradi, usta esa qoladi
Yaqinda AI bo‘yicha kursni boshladim va muhim bir narsani angladim: AI – bu xuddi o‘z vaqtida AutoCAD’dan ustun kelgan Revit kabi bir instrument.
AI bilan ishlash sizga ulkan ustunlik beradi, lekin u sizning o‘rningizni bosa olmaydi. Buning bitta qat’iy sharti bor: Siz birinchi navbatda o‘z kasbingizning ustasi bo‘lishingiz kerak. Arxitektor, chizmachi yoki dizayner sifatida poydevoringiz mustahkam bo‘lmasa, hech qanday AI sizga yordam bera olmaydi.
"Yaxshi bo‘lardi"
dan
"Majburiy"
ga
Eslaysizmi, avval vakansiyalarda "Revit bilish – afzallik (приветствуется)" deb yozilardi. Hozir-chi? Hozir bu – asosiy talab. AI bilan ham xuddi shu jarayon takrorlanmoqda, faqat bir necha barobar tezroq!
Bugun AI – bu sizning ustunligingiz, ertaga esa u "Must have" (bo‘lishi shart bo‘lgan ko‘nikma)ga aylanadi.
AI sizning ishingizni yengillashtirishi uchun quyidagi zanjirga amal qilishingiz kerak:
Sohani mukammal bilish (Arxitektura/Dizayn asoslari).
Asosiy instrumentni egallash (Revit va boshqalar).
AI imkoniyatlarini ularga integratsiya qilish.
________________________
Men "Chizmachi" loyihasini tashkil qilganimda, asosiy maqsadim – sohamiz vakillariga sifatli va tizimli bilim berish bo‘lgan. Hozirgi tezkor o‘zgarishlar davrida bir joyda to‘xtab qolmasligingiz men uchun juda muhim:
Bilim almashish yo‘lida: Agar siz mustaqil o‘rganishni ma’qul ko‘rsangiz, Revit Interyer Pro darajasidagi darslarimiz siz uchun mutlaq bepul va
ochiq
.
Birgalikdagi amaliyot: Agar sizga mentor nazorati va
oflayn
muhit kerak bo‘lsa, guruhimizga qo‘shilishingiz mumkin.
Hozirda o‘quv dasturini yanada sodda va tushunarli qilish ustida ishlayapman. Buning uchun har kuni o‘tkazilayotgan so‘rovnomalarda qatnashishingizni so‘rayman. Bu sizni "imtihon" qilish emas, balki sizning hozirgi bilim darajangizga mos keladigan, sizga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydigan eng to‘g‘ri o‘quv yo‘nalishini birgalikda tanlashimiz uchun kerak.
Oflayn guruh:
https://t.me/+o1WAMTL7f0NkZTEy

April 28, 16:37

April 25, 04:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

April 25, 04:40

3TA MAVZU
🏗
1.
Revit 2027
va Sun’iy Idrok: Hali xomroq ekan...
Yaqinda Revit 2027’ni rosa titkilab ko‘rdim. Ichidagi AI (sun’iy idrok) imkoniyatlariga qiziqqandim, lekin ochig‘ini aytsam — hali biz kutgan darajada emas. Men xohlagan murakkab mantiqni tushunishga "aqli" yetmadi. Demak, hozircha bor e’tiborni bilimga qaratamiz, robotlarga tayanib qolmaymiz!
😊
(p.s. 2024 versiyadam hozir)
🎓
2.
Shogirdlar
va kursimizdagi o‘zgarishlar
Suhbat asosida 3 nafar yigitni stajirovkaga oldim. Ularning biri oflayn, ikkitasi esa onlayn kursimizni bitirgan bolalar.
Aynan ular bilan ishlash jarayonida kursimizdagi ba’zi kamchiliklar yaqqol ko‘rinib qoldi. Buni yashirish niyatim yo‘q. Hozir ular bilan o‘lcham olish va real loyihalar ustida ishlayapmiz. Shu tajribadan kelib chiqib, darslarimizdagi bo‘shliqlarni yangilangan programmada bartaraf qilyapmiz.
Iyun oyida yana 2 kishini jamoaga qo‘shib olish rejam bor. Kim o‘zini sinab ko‘rmoqchi?
🚀
3.
Oflayn Revit Interyer
kursda yangi davr!
27-aprel kuni 8-Oflayn Revit Interyer guruhimiz o'qishni tugatadi. Bu biz uchun yangi boshlanish! Oflayn kurs dasturini butunlay yangilayapmiz:
Optimallashtirilgan vaqt: Faqat eng kerakli bilimlar.
Yangi loyiha: Zerikarli bo'lmagan zamonaviy yondashuv.
Sifat nazorati: Shogirdlarimda kuzatilgan kamchiliklar bu dasturda to'liq tuzatilgan.
(p.s. ba'zi o'quv markazlari bizda dars o'tib bering degan taklif bilan chiqishdi - revit ustozlari kamligi sezilmoqda)
Siz nima deysiz? Yangilanishlar haqida fikringizni pastdagi so‘rovnomada belgilang. Har bir javob men uchun muhim!
👇

April 16, 08:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 23, 13:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ишимизга боғлиқ баъзи бир сабабларга кўра, планировка дарслари стрим формати, обмер дарслари, бир қанча вақт олдин эълон қилинган шогирдлик бўйича мавзулар очиқ қолган эди. Бунга бир қанча сабаблар бор, кейинроқ айтиб ўтаман.
Ҳозир эса, тепадаги мавзулар фонида,
РEВИТ ИНТЕРЬЕР ОФЛАЙН 8
ҳақида эълон қилиш кечикиб қолгани, бу ҳақида энди пост қилишим сабаби:
1) Рамазондан олдин гуруҳга ёзилиб қўйганлар бўлгани учун
2) Жойларимиз чекланган ва ҳозирги ўқувчилар сони 1та гуруҳ учун кўп
1-гуруҳ дарслари бугун бошланади
Агар, 2-гуруҳга улгуриб қолиш истаги бўлса, бугундан кечиктирмасдан алоқага чиқинг.
Маълумот учун :
@radjaboff

February 04, 07:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

147 кишидан умумий 38 киши соровномани толдиришибди. Раҳмат. Берилган жавоблар асосида шогирдликка кандидатларни танлаб, улар билан суҳбат қиламан.

January 28, 13:01

147 кишидан умумий 38 киши
соровномани
толдиришибди.
Раҳмат.
Берилган жавоблар асосида шогирдликка кандидатларни танлаб, улар билан суҳбат қиламан.

January 27, 08:39

Шогирд ва мутахассис: фарқлар нимада?
Касб ўрганиш жараёнида «шогирд» ва «мутахассис» тушунчалари кўп ишлатилади. Улар бир йўлнинг икки босқичи бўлсада, масъулият, билим ва мустақиллик даражаси жиҳатидан катта фарқларга эга.
Шогирд — бу ўрганиш жараёнида бўлган шахс. У устоз кўрсатмаларига амал қилади, хатолар орқали тажриба орттиради ва билимларини амалиётда синаб кўради. Шогирднинг асосий вазифаси — ўрганиш, савол бериш ва кузатиш, бажариш. Унинг қарорлари кўпинча устоз назорати остида бўлади.
Мутахассис эса маълум бир соҳада етарли билим ва тажрибага эга бўлган, мустақил қарор қабул қила оладиган профессионалдир. У ишнинг натижаси учун жавоб беради, муаммоларга ечим топади ва бошқаларга йўл кўрсатиши мумкин. Мутахассис нафақат билимга, балки масъулият ва профессионал фикрлашга ҳам эга бўлади.
Хулоса қилиб айтганда, шогирд — бу йўл бошида, мутахассис эса шу йўлни босиб ўтган инсондир. Ҳар бир мутахассис бир вақтлар шогирд бўлган, ва айнан шогирдлик даври келажакдаги профессионал муваффақиятнинг пойдеворини яратади.
Шогирдликка саралашни биринчи босқичида қуйидаги сўровномадан ўтиш талаб этилади:
https://forms.gle/T3ZbpCPFmT8ywQ9e8

January 26, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram